«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet21/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

kartoshka leksemasi tarixida xuddi shunday bo'lgan: tartufolo (italyancha:

tartyfolo- «yer qo'ziqorini») so'zi nemis tiliga o'tgach, kartofiel shakliga kirgan,
so'ng rus tiliga kartоfеl shaklida o’zlshgan, ammo rus dehqonlari uni soddalashtirib 


kartoshka deb qo’llay boshlagan, o’zbek tiliga ham u shunday shaklda kirib kelan,
farqi shuki, rus tilida kartofel adabiy til birligi, kartoshka esa uning jonli 
so’zlashuvdagi varianti bo’lsa, o’zbek tilida kartoshka adabiy til birligi, kartishka 
esa uning jonli so’zlashuvdagi varianti tarzida ishlatilmoqda. Demak: o’zbek 
tilidagi kartoshka so’zining shakl etimoni italyancha tartufolo so’zi, ma’no
etimoni (etimologik ma’nosi) esa “yer qo’ziqorini”dir: ma’lumki, kartoshkaning 
vatani – Janubiy Amerika. U yerdagi mahalliy hindular kartoshkani potata 
deyishgan, shu nom bilan u XVI asrda Ispaniyaga keltirilgan,keyinchalik kartoshka 
Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqalgan, natijada Yevropadagi ayrim
xalqlar kartoshkaga yangi nom qo’yishgan: fransuzlar uni pom de ter (pommes de 


terre- “yer olmasi”) deb, italyanlar esa tartufolo (“yer qo’ziqorini”) deb atashgan,
bunda uning shakli qo’ziqoringa o’xshash bo’lganligi, ammo qo’ziqorindan farqli 
ravishda yer ustida emas, tuproq orasida yetilishi nazarda tutilgan.
1

Leksemalarning etimonini aniqlash bilan tilshunoslikning etimologiya bo’limi


shug’ullanadi. Bunday tadqiqot natijalari til sistemasi va strukturasidagi turli 
jarayonlarni hamda so’zlarning etimologik ma’nolarini aniqlashda, etimologik
lug’atlar tuzishda ahamiyatlidir (darslikning “Leksikografiya” bo’limiga ham 
qarang).
So’z etimologiyasining ilmiy (faktlar tahliliga asoslangan), soxta (g’ayri 
ilmiy) va xalq etimologiyasi (xalqning taxminiga tayangan etimologiya) kabi
turlari bor. 


Tekshirish savollari va topshiriqlar 
1.

Leksemaning hozirgi va avvalgi ma’nolari qanday farqlanadi ?


2.

Bosh ma’no nima ? Hosila ma’no-chi ?


3.

Kontekst talabiga ko’ra ma’noning qanday turlari o’zaro farqlanadi ?


4.

To’ng’ich bosh ma’no va nisbiy bosh ma’no haqida ma’lumot bering.


5.

Avvalgi leksik ma’noning qanday turlari bor ?


6.

Eski leksik ma’no va etimologik leksik ma’no haqida ma’lumot bering.


7.

Etimon nima ?


1
Bu haqda qarang: Феллер М. Как рождаются и живут слова. –М.: «Просвещение», 1964, С. 47-48. 


8.
Shakl va ma’no etimonlari haqida ma’lumot bering. 


9.
Tilshunoslikning qaysi bo’limi leksemalarning etimonini aniqlash bilan 


shug'ullanadi ?



Tayanch tushunchalar 

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling