«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hosila ma’no
- LEKSIK SINONIMIYA Leksik sinonimiya Leksik sinonimiya
Hozirgi leksik ma’no- leksemaning hozirgi o’zbek tilidagi ma’nosi.
Avvalgi leksik ma’no- leksemaning o’tmishdagi leksik ma’nosi. Bosh ma’no- leksemaning semantik tarkibidagi hosila ma’nolarning o’sib chiqishiga asos bo’lgan ma’no. Hosila ma’no- bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan ma’no. Eski leksik ma’no- leksemalarning hozirgi paytda arxiaklashib qolgan ma’nosi. Etimologik leksik ma’no- leksemalarning kelib chiqishida uning mazmun planiga asos bo’lgan dastlabki ma’no. U ma’no etimoni deb ham ataladi. Shakl etimoni- leksemaning yuzaga kelishida asos bo’lib xizmat qilgan dastlabki shakl. LEKSIK SINONIMIYA Leksik sinonimiya Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko’ra guruhlanishidir: yelka, kift, o’miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi guruh); nur, shu’la, yog’du, ziyo (uchinchi guruh) kabi. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi. Har bir sinonimik qatorda: a) leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda semalari (ma’no qirralari, uslubiy bo’yoqlari, subyektiv baho, qo’llanish doirasi) har xil bo’ladi. Masalan, ozod, erkin, hur, sarbast leksemalari bitta denotatni- “o’z erki, haq- huquqiga egalik”ni ataydi. Biroq ularda o’zaro farqlanuvchi ifoda semalari ham bor. Xususan, erkin leksemasi bir qadar betaraf ma’noli bo’lsa, ozod leksemasida ko’tarinki ruhni ifodalash, hur leksemasida badiiy uslubga xoslik sezilib turadi, sarbast leksemasi esa eskirgan, kitobiydir. Qiyos qiling: Erkin nafas olmoq (O’TIL, 2-tom,-451). Toki, bizdan olis avlodlarga ozod va obod Vatan qolsin! (I. Karimov). Yashnagan el tillarda doston, Qutlug’ nomi hur O’zbekiston (M. Sh.). Podshohning nikohida bo’lgan xotinlari posbonlar bilan uncha hisoblashmay, ko’pincha ularni qo’lga olib, sarbast yashaydilar (O.); b) ifoda semalari ba’zan darajalanadi: yuz, bet, aft, bashara, turq leksemalarining barchasida (“yuz”dan boshqalarida) salbiy bo’yoqli semalar bor, biroq bu semalarda salbiy bo’yoqning ifodalanish darajasi har xil: u “bet”dan “turq”qa tomon ortib, kuchayib boradi. Qiyos qiling: U betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni o’zining qirq yillik umr yo’ldoshiga o’xshata olmadi. (M. Ism.) Sherbekning ko’ziga Xo’jabekovning aftidan nahs tomayotgandek jirkanch bo’lib ko’rinib ketdi. (S. An.). U bir ko’ngli, borib, muttaham qozining tumshug’iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M. Ism). Devor ustida turgan o’n ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak ko’chirib olib, Mulla Norqo’ziga o’xtaldi: “Xu o’l, turqing qursin!” (A. Q.) d) ifoda semalari bo’lmagan, uslubiy betaraf ma’noli leksemalar sinonimik qatorning dominantasi sanaladi. Chunonchi yuz, bet, aft, bashara, turq (dominanta-yuz); nur, shu’la, yog’du, ziyo (dominanta-nur); yolg’iz, yakka, tanho (dominanta-yolg’iz) kabi. Bulardan yuz, nur, yolg’iz betaraf ma’nolidir; e) leksemalarning turkumlik semalari bir xil bo’ladi, bu hol sinonimlarning bir so’z turkumiga birlashishini taqozo qiladi: bahor va ko’klam (ot), chiroyli va go’zal (sifat), gapirmoq va so’zlamoq (fe’l) kabi. Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, lekik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi: Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling