leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika... xitoyi chinnida moy
olib keldi. (J. Sh.).
Kontekst doirasida sinonimlashish
hodisasi ayniqsa,
muallif leksemasining
nutqdagi qo’llanishida ko’p uchraydi. Ma’lumki,
muallif leksemasining sistemasi
tarkibida “yozuvchi”, “shoir”, “hikoyanavis”, “olim”, “ixtirochi”
kabi qator
semalar mujassamlashgan. Demak, uning ma’no ko’lami ancha keng. Kontekst
ichida esa
muallif sememasining shu
semalaridan biri aktuallashadi, qolganlari
reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy
asarlar haqida gap ketganda
muallif leksemasi faqat “yozuvchi” ma’nosida qo’llanadi, demak,
yozuvchi
leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi, kontekstdan tashqarida esa bu ikki
so’z sinonim bo’la olmaydi, chunki ularning ma’no ko’lami o‘zaro teng emas.
Tilda leksik manolari o’zaro teng bo’lib, farqlovchi semalari bo’lmagan
leksemalar ham uchraydi:
so’roq va savol, xabar va darak, tema va mavzu, ot va
nom kabi. Tilshunoslikda
bu kabi leksemalar absolut sinonimlar yoki
leksik
dubletlar deb ikki xil nomlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: