«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Gul leksemasining okkazional ma'noda qo'llanishi quyidagi gapda yanada ko'proq voqe bo'ladi: «Gul yuzing ochib, ey gul


Download 445.56 Kb.
bet12/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Gul leksemasining okkazional ma'noda qo'llanishi quyidagi gapda yanada
ko'proq voqe bo'ladi: «Gul yuzing ochib, ey gul, majlisim guliston qil» . (Feruz). 
Demak: a) uzual ma'no til birligi (leksik ma'no), okkazional ma'no esa nutq
birligi (leksik qo'llash) sanaladi; b) uzual ma'no (yoki ma'nolar) kontekstgacha 
shakllangan bo'ladi, okkazional ma'no esa kontekstning o'zida yuzaga keladi, shu
kontekst doirasidagina leksemaga biriktiriladi; d) uzual ma'no leksemaning biror 
predmet yoki hodisani nomlashi bilan bog'langandir (unda obrazlilik ifodasi
bo'lishi ham mumkin, bo'lmasligi ham mumkin), okkazional ma'no esa 
nomlamaydi, unda obrazlilik ifodalanadi, xolos; e) uzual ma'no tilning lug'at
boyligidan o'rin oladi, okkazional ma'no esa vaqt o'tishi bilan lug'at boyligiga kirib 
qolishi mumkin bo'lgan (hozirgacha kirmagan) potensial imkoniyatdir. Bunday
imkoniyat amalga oshishi ham, oshmay qolishi ham mumkin. Chunonchi, 


o'girmoq leksemasining tilda quyidagi leksik ma'nolari bor: 1) bir tomonga
qaratmoq, burmoq. Ra'no yuzini chetga o'girib, boshidagi ro'moli bilan yuzini 


artdi, uzun entikdi. («Mehrobdan chayon»dan); 2) aziz-avliyolarga atab boshi yoki
ustidan pul yoki biror buyumni aylantirib sadaqa qilmoq: Oftob oyim erining bu 


so'zini eshitishi bilan Xo'ja Bahoviddin yo'liga o'girib qo'ygan yetti tanga pulini 

To'ybekaga berib, darrov eshonnikiga jo'natdi. («O'tkan kunlar»dan). Biroq,

o’girmoq leksemasi keyingi yillarda «tarjima qilmoq» ma'nosida ham
qo'llanmoqda: Shunisi diqqatga sazovorki, XIX asrlarda rus yozuvchilarining 


asarlari ham xorijiy tillarga ko'plab tarjima qilina boshlandi. Masalan, XVIII asr 

va XIX asrning boshlarida yaratilgan rus lirikasi namnalari va «Revizor» 





komediyasi nemis tiliga, N. V. Gogolning bir qancha nasriy asarlari fransuz tiliga 

o'girildi. (G'. Salomov).
Bu nutqiy parchada o'girmoq leksemasining uslubiy qiymati ham yo'q emas: 
tarjima qilmoq leksemasining kontekstda ikki marta takrorlanmasligiga erishish
(leksik tavtalogiyaga barham berish) maqsadida ishlatilgan, shuning uchun bo'lsa 
kerak o'girmoq leksemasining «tarjima qilmoq» ma'nosida qo'llanishi asta-sekin
odat tusiga kirib bormoqda. Demak, bu leksemaning ana shu okkazional ma'nosi 
uzual ma'noga o'tish jarayonini boshidan kechirmoqda deyishga asos bor.


Tekshirish savollari va topshiriqlar 
1.

Uzual va okkazional ma'nolar qanday farqlanadi ? 


2.
Nima uchun uzual ma'no til birligi, okkazional ma'no esa nutq birligi 


sanaladi ?


3.

Okkazional ma'nolar qanday yuzaga keladi ?


4.

Okkazional ma'no uzual ma'noga aylanishi mumkinmi ?


5.

Birorta badiiy asar tilidan uzual va okkazional ma'nolarda qo'llangan


leksemalarni toping. 
Tayanch tushunchalar


Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling