«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet3/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Leksikologiyaning obyekti- tilning lug'at boyligi, leksik tizimi.

Lug'aviy birliklar- so'z va iboralar (leksema va frazemalar).

Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar) –tilning strukturaviy va sistemaviy
xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.


Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar) – til taraqqiyotiga (shu
jumladan, leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta'sir o'tkazuvchi omillar: ijtimoiy-
siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot,
san'at va boshqalar. 


Umumiy leksikologiya – leksikologiyaning barcha (yoki ko'pchilik) tillar
lug'at boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlarni aniqlash va yoritish bilan 
shug'ullanuvchi turi.

Xususiy leksikologiya – leksikologiyaning muayyan bir til lug'at boyligi
haqida ma'lumot beruvchi turi. 


Tavsifiy leksikologiya – ayrim olingan bir tilning lug'at boyligini shu til
leksikasining avvalgi taraqqiyoti bilan bog'lamay o'rganadigan leksikologiya. 


Tarixiy leksikologiya – ayrim olingan bir tilning lug'at boyligini tarixiy
taraqqiyot jarayoni bilan bog'lab o'rganadigan leksikologiya. 


Semasiologiya – leksik birliklarning semantik tarkibi va u bilan bog'liq
masalalarni o'rganuvchi soha. 


Onomasiologiya- leksik birliklarni nomlash va tushuncha anglatish
prinsiplari va qonuniyatlari haqida ma'lumot beruvchi soha. 


Etimologiya – tilshunoslikning so'z va morfemalarning kelib chiqishini
o'rganuvchi bo'limi.
SO’ZNING LEKSIK BIRLIK SIFATIDAGI MOHIYATI 

So’z – tilning eng muhim nominativ birligi
So’z tilning eng muhim nominativ birligidir, chunki u borliqdagi narsa-
buyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni,
harakat-holatni, rang-tus, maza-ta’m, hajm-miqdor, xislat kabi belgi-xususiyatlarni 
nomlaydi: daraxt (predmet nomi), ong (mavhum tushuncha), ishlamoq (harakat
nomi), oq (rang-tus nomi), shirin (maza-ta’m nomi), katta (hajm nomi), besh 
(miqdor nomi) kabi. Tilning lug’at boyligidagi bunday so’zlar leksik birliklar
sanaladi. 
Tilda nomlash xususiyatiga ega bo’lmagan, binobarin, leksik birlik
sanalmaydigan so’zlar ham bor, ular faqat grammatik yoki modal ma’nolarini 
ifodalaydi, shunga ko’ra grammatik so’zlar yoki morfema-so’zlar hisoblanadi:
yordamchi so’zlar, taqlidiy so’zlar, modal so’zlar, undovlar, olmoshlar shular 
jumlasidandir. Bular tilshunoslikda ifodalovchi so’zlar (undovlar, modal so’zlar,
yuklamalar), ko’rsatuvchi so’zlar (bog’lovchilar, ko’makchilar), olmoshlovchi 
so’zlar (olmoshlar) va atovchi so’zlar (atoqli otlarning ma’lum turlari) kabi
guruhlarga ajratiladi. 


Leksik mazmunli so’zlar leksikologiyada, grammatik mazmunli so’zlar esa


grammatikaa (so’z turkumlari bilan bog’lab) o’rganiladi. 
Tilshunoslikda leksik mazmunli so’zlarning strukturasi har xil ta’riflanmoqda:
ayrim manbalarda leksik mazmunli so’zlarning ifoda plani (tovushlardan tarkib 
topgan moddiy tomoni) leksema deb, mazmun plani (ifodalanuvchisi) esa semema
deb ta’riflanadi. Demak, leksema va semema leksik birlikning (so’zning) o’zaro 
aloqada bo’lgan ikki tomoni ekanligi aytiladi.
1
Boshqa manbalarda esa leksema 

so’zning ifoda planigina emas, balki uning ifoda va mazmun planlari birligidan


iborat yaxlit butunlikekanligi ta’kidlanadi. Bu butunlik nominativ funksiyadagi 
so’z yoki so’z birikmasi shaklida bo’ladi. U onomasiologiyada tilning lug’at
tarkibidagi bir komponent (vokabula) sifatida, semasiologiyada esa ma’lum 
ma’nolar tarkibidan iborat birlik (semantema) sifatida o’rganiladi.
1

O’zbek tilshunosligida leksemaning ifoda va mazmun planlari birligidan


iborat bir butun leksik birlik sifatida qaralishhi keng tarqalgan, bunda uning ifoda 
plani (tovush tomoni) nomema termini bilan, mazmun plani esa semema termini
bilan nomlanmoqda. Mazkur darslikda ham shu an’anaga amal qilindi.

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling