dayus. (S. Ahm.) Hosilboyvachchaga aytib qo'y: o'zinikini eplasin. Kelib-kelib
o'shandan panoh izladingmi, e so'tak! (T. M.) Anavi to'nkani nima qilamiz?- dedi
Asadbek, jahlidan tushib... (T.M.)
Tekshirish savollari va topshiriqlar
1.
Ishlatilish doirasiga ko'ra leksemalar qanday guruhlanadi ?
2.
Qanday so'zlarning ishlatilish doirasi chegaralanmaydi ?
3.
Qaysi so'z turkumlarida ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar bor?
Ularning turlari ?
4.
Dialektizmlalr nima? Uning qanday turlari bor ?
5.
Dialektizm-so'z va dialektizm-ma'no qanday farqlanadi?
6.
Fonetik dialektizm va leksik-fonetik dialektizmning farqlarini tushuntiring.
7.
Grammatik dialektizm haqida ma'lumot bering.
8.
Dialektizmlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladimi?
9.
Kasb-hunar leksikasi qanday so'zlarni o'z ichiga oladi?
10.Terminlar qo'llanishi chegaralangan leksikaning qaysi turiga kiradi?
11.Argotizm va jargonizmlar nima? Vulgarizmlar-chi?
12.Dialektizm, professionalizm, argotizm, jargonizm va vulgarizmlardan
nutqning qaysi turlarida uslubiy vositalar sifatida foydalaniladi ?
Tayanch tushunchalar
Umumxalq lug'aviy birliklar- ishlatilish doirasi chegaralanmagan so'z va
iboralar.
Dialektizmlar- qo'llanishi territoriyaga ko'ra chegaralangan til birliklari.
Dialektizm-so'z- shevaga xos so'z.
Dialektizm-ma'no- so'zning shevadagi ma'nosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |