Argotizmlar va jargonizmlar
Argotizmlar va jargonizmlar- biror argo yoki jargonga xos leksemalar.
Argo va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar,
o'g'rilar, olibsotarlar, poraxo'r va boshqalarning «yasama tili»dir. Shuning uchun
argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi.
Argotizmlar yashirin ma'no ifodalaydi. Mas., otarchilar orasida- yakan
(«pul»), ichuvchilar orasida- novcha («araq»), qizil («vino») kabi.
Jargonizmlarda yashirin ma'no bilan birgalikda tinglovchini yoki o'zga bir
shaxsni kamsitish yoxud uning xislatlarini bo'rttirib baholash ottenkalari ham
mavjud bo'ladi. Mas., talabalar jargonida: dum-«topshirilmagan imtihon», «qarz»;
jonli so'zlashuvda: yo'r'ga- «yengil tabiatli», «buzuq» va b.lar.
Argotizm va jargonizmlar, asosan, jonli so'zlashuvda, tor doirada ishlatiladi.
Undan badiiy asarda obraz va personajlarni tipiklashtirish maqsadida foydalanish
hollari ham uchraydi. Mas: Bu qora yeryutkurning yo'rg'a chiqarishini yetti uxlab
tushida kim ko'ribdi. (Hamza. Paranji sirlari.) Gapni aylantirmang. Yog'liq joy.
Yakan katta bo'ladi! («Mushtum», 1960, №2).
Bir maktabda gap mish-mish,
Turg'unning dumi bormish.
Xo'sh, bu ajab, qanday dum,
Hech kimda yo'q-ku bu dum?
Bilsam voqea o'zga,
Ilinmas qo'lga, ko'zga!
«Ikki» degan oti bor,
Na o'zi, na zoti bor... (Q. M.)
Vulgarizmlar
Vulgarizmlar-haqorat ma'nosida qo'llanadigan so'zlar: xunasa, dayus, so'tak,
to'nka kabilar. Bunday leksemalar yoki ularning vulgar ma'nolari adabiy til birligi
sanalmaydi, ularni qo'llash nutq madaniyatiga xilof deb qaraladi, ammo badiiy asar
tilida bunday so'zlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Mas: U qizig'ar
mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi. (T.M.) Yolg'on gapirasn, xunasa, uyida
bo'lmagansan. Ayvoni yo'q uning (T.M.) . Dayus, dayus Vali tog'a, Mirvali tog'a
Do'stlaringiz bilan baham: |