O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

Ko’makchi fe’llar. 
Ravishdoshning -a//-y, -(i)b shakllariga qo’shilib, o’z mustaqil ma’nolarini yo’qotgan, asosdan
anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, 
imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari fe’llar ko’makchi
fe’llar hisoblanadi. 
Ko’makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe’l hisoblanadi. Ko’makchi fe’l faqat yetakchi
fe’l bilan birgalikda qo’llaniladi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo’llanuvchi olmoq (xatni olmoq), 


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
tugatmoq (o’qishni tugatmoq), turmoq (o’rnidan turmoq), tashlamoq (qog’oz tashlamoq) fe’llaridan 
farq qiladi. 
Ko’makchi fe’lning ma’nolari. 
Ravishdoshning -a//-y shakliga qo’shiluvchi boshlamoq ko’makchi fe’li harakatning boshlanishi, 
olmoq ko’makchi fe’li esa harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi. Yutmoq,
yurmoq, turmoq ko’makchi fe’llari ravishdoshning -(i)b shakliga qo’shilib, harakatning davomiyligini
bildiradi. Yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq ko’makchi fe’llari harakatning tez va oson bajarilishini
ifodalaydi. Chiqmoq ko’makchi fe’li harakatning to’la yakunlanganligini bildiradi. 
Nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko’makchi fe’l tarkibida ham kelishi
mumkin, Zamon, shaxs-son qo’shimchalari faqat ko’makchi fe’llarga qo’shiladi. 
Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi 
O’qib chiqdi – o’qigan lekin chiqmagan 
Asosiy ish o’qish, shuning uchun o’qish yetakchi fe’l, chiqdi – ko’makchi fe’l 
Haraktni bosqichlari 3 ta: 
1. Kirishish – o’qiy boshladi 
2. Davomiyligi – o’qib yotib/turib/yuribdi 
3. Tugashi – o’qib chiqdi 
Harakatni tarzi 2 ta: 
1.Imkoniyat – o’qiy oladi 
2.Tez va oson – o’qib qo’y/tashla/yubordi
Fe’llarning yasalishi.
-la, -a qo’shimchalari ot, sifat, undov so’zlardan. 
-(a)y, -i, -sira, -sa qo’shimchasi ot va sifatlardan, ba’zan ravishlardan, 
-(a)r qo’shimchasi sifatlardan, -illa, -ira qo’shimchasi taqlid so’zlardan fe’l yasaydi. 
-sira qo’shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe’l yasaydi. 
–lan, -lash, -ir - bular ham fe’l yasovchi qo’shimchalar 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling