O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Ayrim fe’l yasovchi qo’shimchalar imlosi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

Ayrim fe’l yasovchi qo’shimchalar imlosi. 
Fe’l yasovchi aa qo’shimchasi o’yin, qiyin kabi ikki bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda, bu 
so’zlarning ikkinch bo’g’inidagi i unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi. Fe’l yasovchi -ay 
qo’shimchasi past, sust so’zlariga qo’shilganda, bu so’zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va 
shunday yoziladi. - illa qo’shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga 
qo’shilganda, -ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi: shovulla 
Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari. 
Fe’llar tuzilishiga ko’ra to’rt xil bo’ladi: 
a) sodda fe’llar; b) qo’shma fe’llar; d) juft fe’llar; e) takroriy fe’llar. 
Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub fe’llar asos holatida ish-harakat va holatni 
anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq. Sodda yasama fe’llar so’z yasovchi qo’shimchalar 
yordamida boshqa so’z turkumlaridan yasaladi: shod-shodlanmoq, yangi-yangilamoq, gap-gapirmoq, 
guv-guvvalamoq, tez-tezlamoq. 
Qo’shma fe’llar. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni
qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar qo’shma fe’llar sanaladi. Masalan: sayr
etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq. Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va taqlid 
so’zlarga qil, et, bo’l singari so’zlarni, fe’l shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe’llarni qo’shish bilan hosil
bo’ladi. Masalan: tarbiya qilmoq, eski bo’lmoq, bir bo’lmoq, yaxshi chiqmoq, kim bo’lmoq, dod 
solmoq, chirs etmoq kabi. Qo’shma fe’llarning har ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nosini saqlagan 
bo’ladi. 
1-Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o’z ma’nosida qo’llanilganda qo’shma 
fe’l bo’ladi. 
2-Masalan: o’qib chiqdi(o’qidi, lekin chiqmadi, balki o’qishni tamomladi, tugatdi). 2-qismi o’z
ma’nosida qo’llanilmaganda ko’makchi fe’lli so’z shakli hosil bo’ladi. Qo’shma fe’l qismlari ajratib 
yoziladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling