O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamon shaklining uchta turi bor
- O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
- Mayl shakllari.
- Buyruq-istak mayli
Kelasi zamon shakllari. Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan
so’ng yuz berishini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga -a, -y, -(a)r qo’shimchalarini va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. Bu shakllar ba’zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi. Masalan: Akam kollejda o’qiydi. Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning -a, -ar, unli bilan tugagan fe’l asoslariga -y, -r, bo’lishsiz fe’l shakliariga esa -s qo’shimchasi qo’shiladi. -(a)r shakli kelasi zamonni gumon, taxmin yo’li bilan ifodalaydi. Zamon shaklining uchta turi bor: 1.O’tgan zamon: -di – o’zi ko’rgan ish -gan – ilgariroq bo’lgan ish -ib – birovdan eshitgan ish 2.Hozirgi zamon: -yapti (ayapti imloviy xato) -moqda, -yotir, -yotib O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 3.Kelasi zamon: -moqchi, -jak, -ar, -ur, -gusi, -gay -ar, -a, - y – bu qo’shimchalar ham kelasi zamon, ham doimiy zamon ma’nosini beradi: Akam kitobni ertaga o’qiydi (kelasi) Akam litseyda o’qiydi (doimiy zamon) Mayl shakllari. Fe’l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari mayl shakllari sanaladi. Fe’llarning uchta mayl shakli mavjud: 1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli. Xabar mayli. Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar, darakni bildiruvchi fe’l shakli xabar mayli shakli hisoblanadi.Xabar mayli shakli maxsus qo’shimchaga ega emas. Zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qabul qilgan fe’llar xabar maylidagi fe’llar sanaladi. Buyruq-istak mayli. Harkat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq-istak mayli shakli sanaladi. Buyruq-istak mayli shakllari fe’l asoslariga quyidagi qo’shimchalarni qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi: -(a)y, -(a)yin, -gin (kin, -qin), -(i)ng, -sin, -(a)ylik, (i)inglar. II shaxs buyruq-sitak mayli qo’shimchalarining qo’llanilishi va ma’nolari. Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi II shaxs (yoz, tur, bor) buyruq- istak maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-istak ma’nosini kuchaytirish uchun - gin qo’shimchasini (yozgin, turgin) qo’shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma’nodosh sanaladi. Shart mayli. Boshqa bir harakat va holatning bajarilish yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe’l shakli shart mayli shakli sanaladi, u -sa qo’shimchasi yordamida yasaladi. Shart mayli edi, ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda, orzu-istak ma’nosini bildiradi. -sa edi shakli ba’zan -saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Shart mayli shakli kerak so’zi bilan kelganda, taxmin-gumon ma’nosini bildiradi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling