O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

QO’SHMA OT sanaladi. Masalan: qo’lqop, oltingugurt, beshiktervatar. Bir-biriga yaqin yoki qarama-
qarshi ma’noli asoslardan tarkib topgan otlarga JUFT OTLAR deyiladi. Masalan: o’g’il-qiz, idish-tovoq,


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
ota-ona. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o’zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan
otlar TAKRORIY OTLAR sanaladi. Masalan: tuz-puz, tovoq-povoq, uy-puy. 
Qo’shma otlar imlosi. Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar har doim qo’shib yoziladi: qorbo’ron, 
qizilishton, ko’ksulton, kungaboqar, o’rinbosar. 
Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar qo’shib yoziladi: Beshariq, Qorqiz, 
Qashqadaryo. 
Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo’lgan qo’shma otlar esa ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Quyi 
Chirchiq. 
Juft va takroriy otlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Es-es, chelak- chelak, qator-qator kabi 
takror kelgan otlar ravish so’z turkumiga o’tadi. 
ATOQLI OTLAR
Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo’yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. Atoqli otlar nimani atab 
kelishiga ko’ra shaxs nomlari, joy nomlari va narsa nomlariga bo’linadi. Kishilarning ismi, otasining 
ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvchi otlar shaxs nomlari sanaladi. Familiyalar shaxs ismidan so’ng 
otasining ismin qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), -yev(a) qo’shimchasini qo’shish 
(Erkin Vohidov) bilan ifodalanadi. 
Ma’lum bir geografik hududga atab qo’yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi. 
Mamlakat, o’lka, nomlari qo’shma so’z shaklida bo’lganda, tarkibidagi har bir 
so’z bosh harf bilan yoziladi. Tarkibida bo’yi, orti ,oldi so’zlari ishtirok etgan joy nomlari qo’shib 
yoziladi. 
Xalqaro tashkilot, oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi 
har bir so’z bosh harf bilan yoziladi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi
tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, 
transport vositalari kabilaga berilgan shartli nomlar qo’shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali 
holatlarda faqat birinchi so’z) yoziladi: “Turkiston” (saroy), “Sharq gullari” (firma). 
Berilgan tashkilot nomlarini qanday harf bilan yozilishiga e’tibor bering! 
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi, O‘zbekiston Oliy Majlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent traktor zavodi. 
O‘zbekiston Oliy Majlisi, «Bahor» konsert zali, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Oliy xo‘jalik sudi, Buxoro 
viloyati hokimligi, Osiyo Taraqqiyot Banki, «O‘qituvchi» nashriyoti, «Umid» firmasi, «Istiqbol» 
fermer xo‘jaligi, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, «Nuroniy» jamg‘armasi, Samarqand chinni
zavodi, Quvasoy sement zavodi, «Turkiston» saroyi, 
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat universiteti. Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, «Qo‘shchinor» mas’uliyati cheklangan ishlab 
chiqarish birlashmasi, Bulung‘ur tumani hokimligi, Urganch davlat universiteti, «Lazzat» oshxonasi,
«Afrosiyob» mehmonxonasi, Toshkent davlat agrar universiteti. 
Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan 
yoziladi: 1-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mart — Navro‘z bayrami; 9-may — Xotira va qadrlash kuni; 
1-sentabr — Mustaqillik kuni; 8-dekabr — Konstitutsiya kuni; 
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; Ro‘za hayiti; Qurbon hayiti. 
Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling