O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
Modal so‘zlar ham sof modal so‘zlar va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Faqat modal ma’no
uchun xoslangan so‘zlar sof modal so‘zlar sanaladi: haqiqatan,
darhaqiqat, afsuski, attang, albatta,
shekilli, avvalo,
avvalambor, xullas, koshki, masalan kabi.
Modal ma’noda ham qo‘llangan aftidan, chamasi, umuman, ehtimol,
taxminan,
shubhasiz singari so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.
TASDIQ VA INKOR SO‘ZLAR
Ha, xo‘p, mayli singari so‘zlar tasdiq so‘zlar; yo‘q, mutlaqo singari so‘zlar inkor
so‘zlar sanaladi. Bunday so‘zlar dialogik nutqda -mi so‘roq
yuklamasi orqali
ifodalangan so‘roq gaplarning javobi bo‘lib keladi.