O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAQLID SO‘ZLAR
- MODAL SO‘ZLAR
UNDOV SO‘ZLAR
His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirishni ifodalovchi so‘zlar undov so‘zlar sanaladi. Undovlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) his-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari. Yozuvda undov so‘zlardan keyin vergul qo‘yiladi. Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin vergul qo‘yilmaydi: Ey Karim, bu yerga kel. His-hayajon undovlari kishining quvonchi, erkalash- erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g‘azab-nafrat, og‘riq singari hissiyotlarini ifodalaydi. His-hayajon undovlarining o‘zi undov gap bo‘lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday gaplar oxiriga doimo undov belgisi qo‘yiladi. dod, voy, eh, uf, obbo, o‘- hu, urra, voy, Hay-hay Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to‘xtatish uchun qo‘llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari hisoblanadi. Chu, o‘h-ho‘, ey, kisht, pisht, chuh-chuh, hey, o‘v, hoy, ey, chip-chip, chu, pish-pish TAQLID SO‘ZLAR Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar hisoblanadi. Taqlid so‘zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) tovushga taqlid so‘zlar; 2) holatga taqlid so‘zlar. Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‘zlar tovushga taqlid so‘zlar sanaladi. Masalan, g‘a-g‘a (o‘rdak ovoziga taqlid), di-dit (mashina signaliga taqlid). Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‘zlar holatga taqlid so‘zlar hisoblanadi. Masalan, lip-lip (chiroq holati), jimir-jimir (suv holati). Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‘zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo‘lgan taqlid so‘zlar takroriy taqlid so‘zlar sanaladi. Masalan: gumbur-gumbur, gurs-gurs, chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq. Takroriy taqlid so‘zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Taqlid so’zlar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1) SODDA taqlid so’zlar 2) TAKRORIY taqlid so’zlar Hamma taqlid so’zlardan fe’l yasaladi, ko’pchiligidan esa ot ham MODAL SO‘ZLAR Ifodalanayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlardan vergul bilan ajratiladi. Modal so‘zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish fikrning tartibi, xulosasi kabi ma’nolarni bildiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling