O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


ISMLARNI KESIMGA XOSLOVCHI SHAKLLAR


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

ISMLARNI KESIMGA XOSLOVCHI SHAKLLAR 
Kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar 
shaxs-sonni bildiruvchi maxsus -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shimchalari, shuningdek, bo‘lmoq, 
sanalmoq, hisoblanmoq; edi, ekan, emish, emas so‘zlari vositasida ega bilan moslashadi. Ot kesimlarni 
ega bilan moslashtiruvchi bunday vositalar BOG‘LAMALAR hisoblanadi. Harakat nomi bilan 
ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, shart so‘zlari bo‘lganda, kesimni ega bilan 
moslashtiruvchi egalik qo‘shimchalari harakat nomiga qo‘shiladi. 
KESIMLIK SHAKLLARI – BOG’LAMALAR 
1) man, -miz, -san, -siz, -dir 
2) bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq; 
3) ekan, emish, emas 
4) Harakat nomi (-ish) + kerak, lozim, darkor, shart (bunda egalik qo‘shimchalari harakat
nomiga qo‘shiladi) 
YORDAMCHI SO‘ZLAR 
Atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlar yoki ular o‘rnida qo‘llanib, ma’lum 
so‘roqlarga javob bo‘luvchi va gapda ma’lum gap bo‘lagi vazifasida keluvchi so‘zlar mustaqil 
so‘zlar sanaladi. 
Atash ma’nosiga ega bo‘lmagan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, gap 
bo‘lagi vazifasida kelmaydigan so‘zlar yordamchi so‘zlar hisoblanadi. Yordamchi so‘zlar mustaqil 
so‘zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog‘lash, ularning ma’nolariga qo‘shimcha ma’no yuklash vazifalarini 
bajaradi.Yordamchi so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar kiradi. 
KO‘MAKCHILAR 
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga 
bog‘lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so‘zlar ko‘makchi 
hisoblanadi. Sof ko‘makchilar bilan bir qatorda ayrim so‘zlar ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi va ular 
vazifadosh ko‘makchilar sanaladi. 
Atash ma’nosini tamoman yo‘qotgan va faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga 
tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan ko‘makchilar: 
Sof ko‘makchilar sanaladi. Bilan, sari, sayin, uchun, kabi, qadar, singari, uzra, tufayli, haqida kabi
ko‘makchilar shular jumlasidan. Sof ko‘makchilar urg‘u olmaydi. Urg‘u ko‘makchi bilan birga



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling