O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
ISMLARNING SINTAKTIK (MUNOSABAT) SHAKLLARI
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
ISMLARNING SINTAKTIK (MUNOSABAT) SHAKLLARI
Egalik, Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi- xususiyat, harakat- holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan shakllar tizimi EGALIK QO‘SHIMCHALARI hisoblanadi: Ilmning nihoyasi yo‘q. (Abdurauf Fitrat) O‘qishda, madaniyatda ilg‘or, sog‘lom, siyosiy yuqori saviyali yoshlarimiz bizning iftixorimizdir. (Oybek) Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo‘llangan III shaxs egalik qo‘shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanilmaydi. Masalan: Bobur bog‘i; Orol dengizi. -i, -si egalik qo‘shimchasi bir qator so‘zlarda qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydi. Bunday so‘zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O‘z vazifasini yo‘qotgan: kechasi, kunduzi kabi. Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so‘zning qo‘llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo‘lmaydi. Terak, qishloq, bolalik singari ikki va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismning oxirgi k,q tovushi g va g‘ tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Qorin, o‘g‘il, singil kabi ikkinchi bo‘g‘inida i unlisi ishtirok etgan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi tushib qoladi va shunday yoziladi. Nok, chok singari bir bo‘g‘inli, idrok, ishtirok singari ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda, asos qismda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Avvallari, tuni, kechasi, kunduzi - bularda egalik qotib qogan. Sifatdosh, harakat nomida egalik – shaxs,son bildiradi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling