O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh kelishik
- Tushum kelishigi
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
KELISHIK SHAKLLARI Ot, olmosh va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi grammatik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doimo tobe so‘zga qo‘shiladi. O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har qaysisining o‘z nomi va shakli bor. Ot va otlashgan so‘zlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi. (EGALIK, KELISHIK - TURLANISH) Bosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?, qayer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi va gapda ko‘pincha ega, ot kesim, undalma vazifalarida keladi. Masalan: 1. Men 7-sinf o‘quvchisiman. 2. O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. 3. Tosh-kent, munchalar go‘zalsan! Qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z – qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelashtirib bog‘lab keladi va qaralmishda ifodalangan narsa-hodisa, belgi- xususiyat, harakat-holatlarning qaratqich shaklidagi ismlarga qarashli ekanini bildiradi. Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda, ko‘p hollarda qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin. Lekin qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llanilsa, qaratqich qo‘shimchasi tiklanadi. Masalan: Maktabimizning chiroyli bog‘i. Qaratqich kelishigi shaxs nomlari, otlashgan so‘zlar va olmoshga qo‘shilganda, belgisiz qo‘llanmaydi. Tushum kelishigi shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga bog‘lanadi. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonma-yon turganda, ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi. Masalan: Kitobni o‘qidim – Kitob o‘qidim. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa bir so‘z ishlatilsa, tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo‘lsa, tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qolmaydi. Tushum kelishigidagi so‘z gapda doimo to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Egalik qo‘shimchasini olgan ismlarga bog‘lanuvchi so‘z qaratqich kelishigi shaklida, o‘timli fe’llarga bog‘lanuvchi so‘z tushum kelishigi shaklida keladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling