O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
- Chiqish kelishigi
Tushum tushib qolmaydi:
1. Orasida so’z kelsa Kitobning eski varag’i 2. Atoqli ot(shaxs nomi) Karimning kitobi 3. Olmosh Mening kitobim 4. Sifatdosh (Otlashgan so’z) Kechikkanning kitobi Jo`nalish kelishigi Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanadi. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k,q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA qo‘shilganda, -ka, -qa shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. G‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, masalan, tog‘+ ga > toqqa tarzida -qa shaklida talaffuz qilinsa ham, -ga tarzida yoziladi. O`rin-payt O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning o‘rnini bildiradi. Bunday otlar gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib,qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimda? nimada? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Chiqish kelishigi Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan? nimadan? so‘roqlariga javob bo‘ladi va to‘ldiruvchi bo‘lib keladi. Ba’zan ayrim otlar, sifatdoshlar va boshqa so‘zlarga qo‘shilib, nima sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sabab holi vazifasida keladi. Ba’zan tushum kelishigi o‘rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi. ni – dan Uzumni yedi – uzumdan yedi ni -ga otni mindi – otga mindi ni – da dalani aylandi – dalada aylandi ning – dan kelganlarning biri – kelganlardan biri ga – dan kelganingga xursandman – kelganingdan xursandman Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling