O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Shuning uchun ko‘makchi ohang tomonidan
o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko‘makchi doimo ajratib
yoziladi. Ba’zan bilan, uchun ko‘makchilari badiiy uslubda -la, ila, birla, -chun shaklida qo‘llanadi. -la, -
chun chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Vazifadosh ko‘makchilar: ost, yon, ust, old, orqa, ro‘para, qosh ot so‘z turkumidan, oldin,
avval, keyin, so‘ng, tomon ravish so‘z turkumidan, bo‘ylab, qarab, ko‘ra, deya, deb, atab fe’l so‘z
turkumidan hosil bo‘lgan. Bunday so‘zlar ko‘makchi vazifasida kelganda, o‘z ma’nosini yo‘qotadi,
shuning uchun ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydi. O‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birgalikda bitta
so‘roqqa javob bo‘ladi. Ko‘makchilar yetakchi so‘zga bog‘lanib, unga turli qo‘shimcha ma’nolar
yuklaydi.
Sababli, tufayli sabab ma’nosini, uchun sabab va maqsad ma’nosini; tomon, qarab, sari, bo‘ylab
yo‘nalish ma’nosini; haqida, to‘g‘risida ko‘makchilari mavzu ma’nosini; kabi, singari ko‘makchilari
o‘xshatish, qiyoslash ma’nosini; qadar ko‘makchisi chegara ma’nosini beradi.
-dek qo‘shimchasi narsa-hodisa, belgi-xususiyatga o‘xshatishni ifodalaydi va shu
ma’noda kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari bilan ma’nodoshlikni hosil qiladi. Jo‘nalish kelishigi (-ga)
qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo‘ylab ko‘makchilari bilan ma’nodoshdir.
-dan + RAVISH = KO’MAKCHI
Keyin uyga ketdi – ravish
Shundan keyin uyga ketdi – ko’makchi.
-ning + KO’CHMA MA’NO = KO’MAKCHI
Uyning ustida mushuk yuribdi – o’z ma’no – ot
Qarindoshlar uyning ustida talashishdi– ko’chma ma’no – ko’makchi
Sababli, tufayli --- SABAB
Uchun --- SABAB, MAQSAD, YO’NALGANLIK, ATALGANLIK
Tomon, qarab, sari, bo’ylab --- YO’NALISH
Haqida, to’g’risida --- FIKR MAVZUSI
Do'stlaringiz bilan baham: |