O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
YUKLAMA
So‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o‘xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi. Yuklamalarga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go‘yo, go‘yoki, naq, hech, sira, nahotki, na ... na so‘zlari; 2) -mi, -chi, -gina (-kina, -qina), -dir, -u, -yu, -da, -a singari qo‘shimchalar kiradi. Ularning birinchi guruhi so‘z-yuklamalar, ikkinchi guruhi esa qo‘shimcha- yuklamalar sanaladi. -u (-yu), -da yordamchilari o‘rniga va bog‘lovchisini qo‘yish mumkin bo‘lsa,bog‘lovchi vazifasida, boshqa holatlarda yuklama vazifasida keladi.-da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda, ko‘pincha uning o‘rniga ham yuklamasini qo‘yish mumkin bo‘ladi. Gapning mazmuniga so‘roq-taajjub ma’nosini yuklovchi yordamchi so‘zlarga so‘roq yuklamalari deyiladi. Yozuvda -mi yuklamasi so‘zga qo‘shib, qolgan yuklamalar esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi. O‘zi qo‘shilayotgan so‘zning ma’nosini ayirib-chegaralab keluvchi faqat va - gina (-kina, -qina) yuklamalari ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi. Bulardan faqat sof yuklama, -gina (-kina, - qina) vazifadosh yuklamadir. Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari hisoblanadi. Hatto, nahotki, ham, g‘irt singari so‘zlar, -ku, -u (-yu), - da, -oq (-yoq) qo‘shimchalari kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridir. Yozuvda -ku, -u (-yu), -da yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq) yuklamasi esa qo‘shib yoziladi. So‘z yoki gapga o‘xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go‘yo(ki) kabi yordamchi so‘zlar o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi. Shuningdek, ular ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida ham kelishi mumkin. O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA Gap mazmuniga gumon ma’nosini yuklovchi –dir qo‘shimchasi gumon yuklamasi hisoblanadi. Bu yuklama -man, -san qo‘shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo‘shimchasi -dir bilan shakldoshdir. -dir yuklamasi urg‘u olmaydi. Gap mazmunidagi inkor ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, na...na kabi so‘zlar inkor yuklamalari sanaladi. Bunday yuklamalar qo‘llanganda, gapning kesimi inkor shaklida bo‘ladi. Yuklamalar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil: 1) so’z yuklama 2) qo’shimcha yuklama Yuklamalar qanday yozilishiga ko’ra 2 xil: 1) so’zga qo’shib yoziladigan yuklama 2) so’zdan chiziqcha bilan yoziladigan yuklama 1.SO’ROQ – TAAJJUB YUKLAMALARI: -mi, -chi, -a(ya) 2.KUCHAYTIRUV-TA’KID YUKLAMALAR: hatto, -ku, -u(yu), -da, g’irt 3.AYIRUV-CHEGARALOV YUKLAMALAR: Faqat, gina, atigi, xolos 4.O’XSHATISH-QIYOSLASH YUKLAMA: go'yo, go’yoki, xuddi, naq 5. GUMON YUKLAMASI: -dir (so’roq olmoshiga qo’shilmaydi) 6. INKOR YUKLAMASI: hech, sira, na…na (kesimi inkor(bo’lishsiz) bo’lishi kerak) Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling