O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rus tilshunoslar
- ISMLAR: Ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi, sifatdosh, taqlid so’z
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
Arastu ham so‘zlarni ana shunday uchga ajratadi. Keyinchalik faqat yunonlar ismlar ichidan sifatlarni, sonlarni va olmoshlarni chiqaradilar. G‘arb tilshunosligida yunonlarning keyingi tasnifi keng tarqaldi. Rus tilshunoslari ham ana shu an’anaga amal qilib, mustaqil so‘zlarni ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’lga ajratadilar. Aslida, dastlabki to‘rtta so‘z turkumining barchasi nomlar sanaladi: narsaning nomi (ot), belgining nomi (sifat), miqdorning nomi (son), nomlar o‘rnida almashinib keluvchi so‘zlar (olmosh). Rus tilshunoslari shuning uchun ularni bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so‘zlar nomi bilan birlashtiradilar. Bizning ajdodlarimiz qadimdan ot, sifat, son va olmoshlarni birlashtirgan holda ismlar nomi bilan o‘rganib kelganlar. Bu so‘z turkumlarining deyarli hammasi egalik, kelishik va ko‘plik shakllari bilan o‘zgaradi. Shuning uchun bu shakllar faqat otlargagina emas, balki sifat, son, olmoshlarga, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so‘zlarga ham daxldordir. Egalik va kelishik shakllari ana shu so‘zlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lab keladi. Bu esa egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlarni ismlar atamasi ostida birlashtirish zarurligini ko‘rsatadi. ISMLAR: Ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi, sifatdosh, taqlid so’z Ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash, belgining darajasi kabi ma’nolarini bildiruvchi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakli lug‘aviy shakl sanaladi. Egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakli esa munosabat shakllari hisoblanadi. Ism asoslariga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga bog‘lab kelish va gap bo‘laklarini shakllantirishga xizmat qilgani uchun egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shimchalari munosabat shakllari deyiladi. Ismlarning munosabat shakllariga quyidagilar kiradi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi -man, -miz, -san, -siz, - dir qo‘shimchalari, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so‘zlari. Uchinchi turdagi qo‘shimchalar bog‘lamalar deb ham yuritiladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling