O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- So`roq olmoshlari
- Belgilash olmoshlari
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
U kishi keldi – Qaysi kishi?=ko’rsatish O`zlik olmoshlari Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko‘rsatuvchi o‘z so‘zi o‘zlik olmoshi sanaladi. O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari ba’zan egalik qo‘shimchalariga mos kishilik olmoshlari bilan mening o‘zim, sening o‘zing, sen o‘zing, uning o‘zi, u o‘zi tarzida qo‘llanadi va bu vaqtda ko‘pincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanadi. So`roq olmoshlari Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi. So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Siz qaysi kitoblarni o‘qigansiz? Belgilash olmoshlari Har so‘zi so‘roq olmoshlariga, bir so‘ziga qo‘shilib to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi. Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi, harakatlarni jamlab ifodalaydi. Demak, to‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar BELGILASH OLMOSHLARI sanaladi. So`roq olmoshlari So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi. Alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari oldidan, -dir qo‘shimchasi esa so‘roq olmoshlari so‘ngidan qo‘shiladi. (allamahal - ravish) Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi. Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‘zi gumon olmoshi o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Shu bilan birga birov so‘zi ham kimdir so‘zi bilan erkin almashina olgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling