O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
Vazifa shakllari
Fe’llar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo‘ladi. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi. Fe’llarning to‘rt vazifa shakli mavjud: 1) sof fe’l shakli o‘qidi; 2) harakat nomi shakli o‘qimoq 3) sifatdosh shakli o‘qigan 4) ravishdosh shakli o‘qib Fe’lning otga xoslangan shakli harakat nomi deyiladi va fe’l asoslariga -(i)sh, - (u)v, -moq qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi. Masalan: yasha+sh, kel+ish, ayt+uv, bil+moq. a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga -v qo‘shimchasi qo‘shilganda, a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi .(tovush almashishi) Masalan, ishla – ishlov, tani —tanuv. Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo‘laklari vazifasida keladi. Masalan: Chiroyli yozishni o‘rgan! Yozuving yomon emas. Fe’lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe’l asoslariga O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA -gan (-kan, -qan), -ydigan (-adigan ), -(a)yotgan, -(a)r qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga o‘xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg‘un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o‘zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtiring: katta (sifat) daryo, oqar (sifatdosh) daryo. Sifatdoshlar fe’l shakli bo‘lganligi uchun fe’lga xos bo‘lgan zamon, bo‘lishli- bo‘lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi. Sifatdoshning -gan (-kan, -qan) qo‘shimchasi shaxs-narsalarning o‘tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi. Bu qo‘shimcha unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -gan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (o‘qigan, yashagan kabi). Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -kan holida talaffuz qilinsa ham, -gan yoziladi (ko‘chgan, o‘sgan kabi). Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda, -qan k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda, -kan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: (tovush almashishi: tiq — tiqqan, tik — tikkan). Jarangli g‘ undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda, -qan holida talaffuz qilinsa ham -gan yoziladi (tug‘ — tug‘gan). Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -(a)yotgan qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi. Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -ydigan, -adigan, -(a)r qo‘shimchalarini qo‘shish bilan yasaladi. Sifatdoshning bo‘lishsiz shakli sifatdosh hosil qiluvch qo‘shimchalardan oldin - ma qo‘shimchasini keltirish orqali yasaladi: aytgan — aytmagan, oqayotgan — oqmayotgan, o‘qiydigan — o‘qimaydigan. - (a)r qo‘shimchasining bo‘lishsiz shakli -mas qo‘shimchasi (oqar – oqmas) Fe’lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o‘xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog‘lanib, uning belgisini bildiradi. Solishtiring: piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi. Ravishdoshning -(i)b, -a//-y shakllari ko‘proq harakatning holatini, ba’zan payt, sababini, -gancha (- kancha, -qancha) shakli holatini, -gach, (-kach, -qach), - guncha (-kuncha, -quncha) shakllari paytini, - gani (-kani, -qani, -gali) shakli maqsadini anglatadi. Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning -gach, - guncha, -gancha, - gani qo‘shimchalari qo‘shiladi. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga bu qo‘shimchalar qo‘shilganda, - kach, -kuncha, -kancha, -kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha, -gancha, -gani tarzida yoziladi. Bu qo‘shimchalar faqat k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -kach, - kuncha, -kancha, -kani holida; q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -qach, -quncha, -qancha, - qani shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Fe’lning VAZIFA shakli 4 ta: 1. Harakat nomi (nisbat va bo’lishsizlik shakllari bor): -(i)sh, -(u)v, moq/mak, -maslik(inkor) 2. Sifatdosh shakli (nisbat, bo’lishsizlik va zamon shakllari bor): O’tgan zamon: -gan Hozirgi zamon: -ayotgan Kelasi zamon: -adigan/ - ydigan/ -ar(mas) 3. Ravishdosh shakli (nisbat, bo’lishsizlik shakllari bor): -b,-ib,-a,-y – holat, payt, sabab -gancha – holat -gach/-guncha – payt -gani – maqsad -magach – sabab -may/-masdan – holat Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling