O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
- Bilardi, aytgandi, bormasdi kabi fe‘llardagi –di qo‘shimcha emas, edi to‘liqsiz fe‘linng 
qisqaragan shakli.
Eslatma! -m omonim qo‟shimcha:
- -di zamon va –sa shart maylidan so‘ng qo‘shilsa, I shaxs shaxs-son qo‘shimchasi. Bor-di-m
bor-sa-m.
- -m ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilsa I shaxs egalik qo‘shimchasi . Kitob – kitobim, 
bola – bolam,
- Chida – chidam, to’pla – to’plam, ho’la – ho’plam, o’ra – o’ram, qopla – qoplam
kabi so‘zlarda fe‘ldan ot yasagan.
- Qara – qaram so‘zida feldan sifat yasovchi.
Eslatma! -k omonim qo`shimcha:
- -di zamon va –sa mayldan so‘ng kelsa I shaxs shaxs-son qo‘shimchasi. Bordi – bor-di-k, 
bor – bor-sa-k.
- Ela – elak, tila – tilak so‘zlarida fe‘ldan ot yasovchi qo‘shimcha.
- Chiri – chirik, iri – irik, chuchi – chuchuk so‘zlarida fe‘ldan sifat yasaydi.
- Junji – junjik so‘zida fe‘lning kuchli-kuchsizligi qo‘shimchasi.
Eslatma! -man, -san, -miz, -siz omonim qo`shimcha:
- Fe‘lga zamon qo‘shimchalarida so‘ng qo‘shilsa shaxs-son qo‘shmchasi (sintaktik shakl 
yasovchi). Borganman, bilgansiz, o’qiymiz, kelasan, aytyapman.
- Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilsa bog’lama hisoblanadi (sintaktik shakl yasovchi) 
Talabaman, yaxshimiz, kelmaganlardansiz.
Eslatma! -im omonim qo`shimcha:
- Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilsa I shaxs egalik qo‘shimchasi. Do‘st – do‘stim,
kitob – kitobim, go‘zalim, shirintoyim..
- Bil – bilim, yig’ – yig’im, bit – bitim, ter – terim, chiq – chiqim so‘zlarida fe‘ldan
ot yasalga.
Eslatma! -si omonim qo`shimcha:
- Men – mensi so‘zida olmoshdan fe‘l yasagan.
- Bola – bolasi, ona – onasi so‘zlarida III shaxs egalik qo‘shimchasi.
QO`SHIMCHALARDA SINONIMLIK (MA`NODOSHLIK)
Qo`shimchalarda shakldoshlikdan tashqari ma‘nodoshlik hodisasi ham uchraydi.
Ba‘zan ma‘lum bir so`z yasash ma‘nosini ifodalash uchun birdan ortiq
qo`shimchalardan foydalanishga to`g`ri keladi. Masalan, -li qo`shimchasi o`rniga -kor, -dor, bo-
, ba-, ser- qo`shimchalarini qo`llash mumkin:
itoatli — itoatkor
shirali — shirador
savlatli — basavlat
sutli — sersut
obro‘li — boobro‘
Eslatma! Shuningdek, -chi o`rnida -shunos, -kash, -kor; -siz o`rnida esa be-, no- old 
qo`shimchalarni qo`llash kuzatiladi.
adabiyotchi — adabiyotshunos
aravachi — aravakash
g‘allachi — g‘allakor
hayosiz — behayo
o`rinsiz — noo`rin
Eslatma! Hamma holatlarda ham yuqoridagicha ma‘nodoshlik yuzaga kelavermaydi.
Masalan, nodavlat tashkilotlari deyish o`rniga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy 
g`alizlik yuzaga keladi.
QO`SHIMCHALARDA ZID MA`NOLIK (ANTONIMLIK)
Eslatma! Nutqni ravon, ta‘sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan bo`yoqdor bo`lib 
chiqishida zid ma‘noli qo`shimchalardan foydalanishning ahamiyati katta.
1. -li qo‗shimchasi -siz, be- no- qo`shimchalariga nisbatan qarama-qarshi qo`yiladi.
Aqlli — aqlsiz, iboli — beibo, o‘rinli — noo‘rin



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling