O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
- Fe‘lga qo`shilib nima? So`rog`ini olsa ot yasovchi: ek – ekin, yig` - yig`in; - Fe‘lga qo`shilib qanday? So`rog`ini olsa sifat yasovchi qo`shimcha: to`k – to`kin, To`l – to`lin. - Erk – erkin otdan sifat yasalgan. - Birin-ketin, qishin-yozin, oldin ravish yasovchi qo`shimcha. Eslatma! – l omonim. - Faqat tuga – tugal so`zida sifat yasovchi ; Qolgan barcha holatlarda nisbat (lug`aviy shakl yasovchi) qo`shimcha: oqildi, sanaldi. Eslatma! – sh omonim. Fe‘lga qo`shilib nima? So`rog`ini olsa harakat nomi : sana – sanash, o`qi – o`qish; fe‘lga qo`shilib nima qildi? So`rog`ini olsa birgalik nisbat qo`shimcha: o`qish + di - o`qishdi, sanash + di – sanashdi; tani – tanish so‘zida sifat yasagan. Eslatma! – t omonim. Faqat to`la sifatiga qo`shilib to`lat fe‘lini yasaydi. Qolgan barcha holatlarda nisbat (lug`aviy shakl yasovchi) qo‗shimcha: qara – qarat, sana – sanat, o‘qi – o‘qit. Eslatma! – it omonim. - Faqat chiq –chiqit so`zi tarkibida ot yasovchi qo`shimcha. - Kir – kirit, yur – yurit faqat shu ikki fe‘l tarkibida orttirma nisbat qo`shimchasi. Eslatma! – ir omonim. - Gap – gapir so`zida otdan fe‘l yasagan; - Ko`p – ko`pir so‗zida ravishdan fe‘l yasagan;. - Qolgan barcha holatlarda nisbat qo`shimcha: o‘ch – o‘chir. Eslatma! – ar omonim. - Ko‘k - ko‘kar, oq – oqar, qizil – qizar so`zlari tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha. - Agar –ar qo`shilgan fe‘l qanday? So`rog`ini olgan va otga bog`langan bo`lsa sifatdosh qo‘shimchasi: aytar so`z, qaytar dunyo; - -ar faqat qayt, chiq fe‘llari tarkibida nisbat qo‘shimchasi hisoblanadi: Uni ortiga qaytar. Ular yuqoriga suv chiqardi. - Agar –ar qo`shilgan fe‘l gap oxirida kelsa zamon qo`shimchasi: Kitobni olarman. Bugun kelarsiz. Eslatma! –iz omonim. Faqat bo`g`-bo`g`iz so`zida fe‘ldan ot yasovchi qo`shimcha. Qolgan barcha holatlarda nisbat qo`shimchasi: oq – oqiz, tom – tomiz. Eslatma! –moq omonim: - Quymoq (taom), chaqmoq (yashin), topishmoq (janr) shu so`zlar tarkibida ot yasovchi qo`shimcha. - Yozmoq, o`qimoq, bormoq fe‘llarida harakat nomi qo‘shimchasi. Eslatma! -gan, -kan, -qan farqlash kerak. (lekin bu qo‘shimcha omonim emas). - Gap o`rtasida kelib, otga bog`lansa qanday? qaysi? So`rog`ini oladi va sifatdosh qo‘shimchasi: o`qigan bola, shoshgan qiz; - Agar gap oxirida kelsa o`tgan zamon (sintaktik shakl yasovchi) qo`shimchasi hisoblanadi. M-n: Sinfimizdagi bola o`qigan. Eslatma! –r omonim. - Eski – eskir, qisqa – qisqar so`zlarida fe`l yasovchi ( so`z yasovchi); - Agar –r qo`shilgan fe‘l gap o`rtasida kelib otga bog`lansa sifatdosh (lug`aviy shakl yasovchi): qaynar buloq; - Agar gap oxirida kelsa kelasi zamon (sintaktik shakl yasovchi) qo`shimchasi: U bu kitobni o`qir. Eslatma! – a omonim. - Agar ikki fe‘lni bir-biriga bog`lasa ravishdosh qo`shimcha: qila oladi, yig‘lab gapirmoq, yoza olmoq. - Agar fe‘lga qo`shilib, undan so`ng –man, -san, -di, -miz, -siz shaxs–son Qo`shimchalari kelsa kelasi zamon qo`shimchasi: keladi, boribsiz, - bur-bura shu fe‘l tarkibida fe`lning kuchli-kuchsizligi va takroriyligini hosil qiluvchi qo`shimcha. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling