O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
- son-sana, o`yin-o`yna, ot-ata, yosh-yasha kadi so`zlarda otdan fe`l yasovchi
qo`shimcha.
- qah-qah – qahqaha so`zida taqliddan ot yasovchi qo`shimcha.
- Qiyin – qiyna so`zida sifatdan fe`l yasovchi qo`shimcha.
- ko`tar – ko`tara so`zida fe‘ldan sifat yasovchi qo`shimcha.
- Pir-pir – pirpira, g`uldur-g`uldur - g`uldura so`zlarida taqliddan fe`l yasovchi 
qo`shimcha.
Eslatma! –y omonim:
- Ikkita fe‘lni bir-biriga bog`lasa ravishdosh: o`qiy olmoq, sanay olmoq.
- Fe‘lga qo‗shilib undan so`ng –man, -san, -di, -miz, -siz shaxs-son qo`shimchalari kelsa 
kelasi zamon qo`shimcha: o`qiydi, sanaydi.
- Qora-qoray so`zida sifatdan fe`l yasovchi qo`shimcha.
- Fe‘lga qo`shilib undan so`ng hech qanday qo`shimcha kelmasa birinchi shaxs buyruq-
istak mayli qo`shimchasi: o`qi – o`qiy, sana- sanay.
Eslatma! –b, -ib omonim.
- Ikkita fe‘lning o`rtasida kelsa ravishdosh qo`shimchasi: olib kelmoq, o‘qib chiqmoq.
- Fe‘lga qo`shilib undan so`ng –man, -san, -di, -miz, -siz shaxs-son qo`shimchalari kelsa 
o`tgan zamon qo`shimchasi: kel- kelibsiz, o‘qi- o‘qibsiz.
Eslatma!- la fe‘lga qo`shilsa lug`aviy shakl yasovchi: quvla, savala, cho‘qila, ishqala, irg’ishla. 
Qolgan barcha hollarda so‘z yasovchi qo`shimcha: gulla, sizla, egovla.
Eslatma! -lik omonim:
- lik qo`shimchasi – moq qo`shimchasidan keyin kelsa fe`lning kuchli – kuchsizligi (lug`aviy 
shakl yasovchi) qo`shimchasi: o`qimoqlik, aytmoqlik.
- lik yaxshilik, do`stlik so`zlarida ot yasovchi; qishlik(kiyim), kuzlik so`zlarida esa sifat 
yasovchi (so`z yasovchi qo`shimcha) qo`shimcha.
Eslatma! – i omonim.
- Tin- tini, to‘z- to‘zi so`zlarida fe‘lning kuchli- kuchsizligi qo`shimchasi.
- Kitob- kitobi, uy- uyi, qishloq – qishlog’i so`zlarida III shaxs egalik qo`shimchasi.
- Boy- boyi, tinch- tinchi so`zlarida fe‘l yasovchi qo`shimcha.
- Qishloq- qishloqi, qozoq-qozoqi, jannat-jannati so`zida otdan sifat yasovchi
qo`shimcha.
Eslatma! –ay omonim:
- Fe‘l asosiga qo‘shilsa birinchi shaxs-buyruq istak mayli qo‘shimchasi Kel – kelay, yoz – 
yozay, bil – bilay.
- Past – pastay, sust – susay, keng – kengay, ulug’ – ulg’ay so‘zlarida sifatdan fe‘l
yasovchi.
- Ko’p – ko’pay, oz – ozay, kam – kamay so‘zlarida ravishdan fe‘l yasaydi.
- Kuch – kuchay so‘zida otdan fe‘l yasovchi.
Eslatma! -ng, -ing, ngiz, -ingiz omonim:
- To‘g‘ridan to‘g‘ri fe‘lga qo‘shilsa, II shaxs buyruq-istak mayli qo‘shimchasi. O’qi – o’qing, bor 
– boring, yoz – yozingiz, qara-qarangiz.
- Agar ng, -ing, ngiz, -ingiz ot yoki otlashgan so‘zlarga so‘zlarga qo‘shilsa II shaxs egalik 
qo‘shimchasi. Kitob – kitobing, bola – bolang, o’g’il – o’g’lingiz, ko’pingiz, kelganlaringiz.
- -ng, -ngiz qo‘shimchasi –di zamon qo‘shimchasi va –sa shart maylidan keyin kelsa II shaxs 
shaxs-son qo‘shimchasi. Yozding, kelsang, kelsangiz.
Eslatma! -sa omonim:
- Suv – suvsa faqat shu so‘z tarkibida otdan fe‘l yasovchi. Qolgan barcha holatlarda shart 
mayli qo‘shimchasi. (sintaktik shakl yasovchi).
Eslatma! -di omonim qo`shimcha:
- -di fe‘lga qo‘shilib, undan so‘ng –m, -ng, -k,-ngiz shaxs-son qo‘shilsa, -di o‘tgan
zamon qo‘shimchasi . Sot – sot-di-k, bor-di-m.
- Agar –di qo‘shimchasi –a, -y, -b, -ib zamon qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shilsa di
III shaxs shaxs-son qo‘shimchasi hisoblanadi. Sot-a-di, qara-y-di, bor-ib-di, kel-a di.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling