O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
-la Taqliddan – gumburla -sira Sifatdan – begonasira -ra Taqliddan – ho‘ngra -t//-it Sifatdan – to‘lat, berkit -shi Taqliddan – g‘ingshi -iq Sifatdan –namiq, dimiq -ik Sondan – birik -lan Sondan –ikkilan Omonim qo’shimchalar (qo’shimchalarni farqlash): Eslatma! – xon, - voy omonim qo`shimcha hisoblanadi: - Agar kishi ismiga qo`shilsa erkalash-lug‗aviy shakl yasovchi: Bo`rivoy; - Agar narsa otlariga qo`shilsa ot yasovchi qo`shimcha hisoblanadi: kitobxon, novvoy. Eslatma! – cha omonim. - cha qo`shilgan so`z kim? nima? So`rog`ini olsa lug`aviy shakl yasovchi hisoblanadi: bolacha (kim?), kitobcha (nima?); -cha qo`shilgan so`z qanday? So`rog`ini olsa ravish yasovchi qo`shimcha hisoblanadi: yangicha, eskicha. -cha qo‘shilgan fe‘l nima? so‘rg‘iga javob bo‘lsa fe‘l yasovchi hisoblanadi: tushun- tushuncha. Eslatma! – chak, - choq omonim. - Kelinchak, qo‗zichoq, toychoq kabi so‗zlarda kichraytirish lug‘aviy shakl yasovchi - Belanchak, o`yinchoq so`zlarida ot yasovchi; - Kuyunchak, erinchoq, maqtanchoq so`zlarida qanday? So`rog`ini oladi va sifat yasovchi. Eslatma! – lab, - larcha omonim. - Agar songa qo`shilsa lug`aviy shakl yasovchi. Agar sondan boshqa so`z turkumiga Qo`shilsa ravish yasovchi qo`shimcha: yillab, soatlab, mardlarcha, bolalarcha; - - lab ravish yasovchisi qachon? So`rog`ini oladi. M-n: Ertalab keldi; - -larcha ravish yasovchisi qanday? So`rog`ini oladi. M-n: Bolalarcha yig`ladi. Eslatma! – ish omonim. - Agar sifatga qo`shilsa sifatning daraja (lug`aviy shakl yasovchi) qo`shimchasi: Sarg`ish, qizg`ish; - Agar fe‘lga qo`shilib nima? So`rog`ini olsa harakat nomi (lug`aviy shakl yasovchi), nima qildi? So`rog`ini olsa birgalik nisbat (lug`aviy shakl yasovchi) qo`shimchasi: bilish(harakat nomi), yozishdi(birgalik nisbat). Eslatma! To`l-to`lish fe‘lida – ish fe‘lning kuchli-kuchsizligi qo`shimchasi. Eslatma! – gina, - kina, - qina omonim. - Agar sifatga qo`shilsa sifat darajasini hosil qiluvchi qo`shimchasi: yaxshigina, ochiqqina; - Agar otga egalik, kelishik, ko`plikdan oldin qo`shilsa otga xos erkalash Qo`shimchasi, keyin qo`shilsa ayiruv-chegaralov yuklamasi. onaginam - onamgina bolaginalar - bolalargina qo‘shliginalar - qo‘shnilargina Eslatma! – gina, - kina, - qina yuklama bo`lganda faqat so`zi bilan almasha oladi. M-n: Bolamgina yig‘ladi - Faqat bolam yig‘ladi. Eslatma! – ma omonim qo`shimcha. - Agar fe‘lga qo`shilib nima qildi? So`rog`ini olsa bo`lishsizlik (lug`aviy shakl yasovchi). Ko’p qaynatma, borma, kelma; - Agar fe‘lga qo`shilib nima? So`rog`ini olsa ot yasovchi: Damlama ichdim (nima? Ot); - Agar qanday so‘rog‘ini olsa sifat yasovchi qo`shimcha. M-n: qaynatma sho‘rva (qanday? sifat). Eslatma! – in omonim. - Fe‘lga qo`shilib nima qildi? So`rog`ini olsa nisbat qo`shimchasi: yuv – yuvin, kiy – kiyin; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling