O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili filologiyasi fakulteti


Iskandar timsoli o’rta asr sharq olimlari nigohida


Download 58.19 Kb.
bet3/7
Sana10.02.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1188172
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lobar 2

1.2Iskandar timsoli o’rta asr sharq olimlari nigohida
O’rta asr tarixchilari orasida Aleksander faoliaytiga eng to’g’ri obyektiv baho bergan olim Abu Rayhon Beruniydir. “Qonuni Mas’udiy “ asarida Iskandar haqida hamma afsonalarni rad etadi. Bundan tashqari Firdavsiy ham o’z asarida Iskandar obraziga alohida to’xtaladi.Firdavsiy “Shohnoma”da Eron yilnomalari va “Alek­sandr faoliyati” elementlarini kontaminatsiyalashtirish natijasida mustaqil mazmun yaratdi. Firdavsiy nusxasida tarixiy Makedoniya shohi Aleksandr ismidan boshqa hech nima qolmaydi. Doroning esa Tabariyda kursatilgan sal­ biy xususiyatlarini Firdavsiy kamaytiradi. Firdavsiy yaratgan Iskandar ideal shoh ham, bosqinchi ham emas, Eron taxtining qonuniy merosxòri, nimaiki qilmasin,Eron manfaatini kòzlaydi, Doro bilan ham birodardek vidolashadi. Firdavsiy asaridagi Iskandar Eron shahonshohlarining biri Firdavsiy Iskandar voqeasini tas- virlashda qahramonlik eposi anʼanalariga suyangan. Shu­ ning uchun ham dostonlarda bòlganidek, qahramon psixo- logiyasi ochib berilmagan, qotib qolgan holatda, ichki kechinmalarning faqat yuzaki belgilarigina tasvirlan­ gan. Voqea boshida ham, oxirida ham u olijanob jangchi, fotih faylasuf-donishmand, sarguzashtlarga intiluvchi, Ham berahm bosqinchi, ayni vaqtda kòngli bósh inson deb ta'riflaydi.6
Yaqin va Órta Sharq klassik adabiyotining buyuk vakillaridan biri bólmish Muslihiddin Saʼdiy Shero- ziyning (1184—1292) axloqqa oid asarlaridan "Guliston“da ham Iskandar hikoyati bor. ”Guliston“ning bi­ rinchi bobi ”Podshohlar odati bayoni“ning oxirgi hikoyatida Iskandar voqeasidan pand-nasihat uchun ”fuqarolarga ozor bermaydigan shoh" sifatida foydalanadi. Adab haqidagi adabiyotlardagi Aleksandir talqini ham keyingi davr adabiyotidagi Iskandar — faylasuf, Iskan dar — adolatli shoh timsolining yaratilishiga asos bólgan bólsa kerak. Aleksandr timsolining avvalgi talqinidan farqli òlaroq, Firdavsiy Iskandari ziddiyatli shaxs. Uning in- tilishlari, osmon, suv osti, abadiy zulmat yurti sirlarini anglab yetishga harakat qilishi bilan imkoniyati òrtasida katta masofa bor. Hind braxmanlari, gapiruvchi daraxtlar, qushlar, oltin taxtdagi murdalarning hammasi Iskandarga bu dunyoning bevafoligi haqida gapiradilar, u yolgiz, uni hech kim tushunmaydi, nima maqsadda shunchalik qon tókishlar, vayronagarchiliklar bóldi — aniq emas, Firdavsiy qahramonida ikki qahramonona davrga xos bulgan epik qahramon ideali bilan islom òrta asriga xos bulgan tarkidunyochilik ideali tóqnashadi. Lekin bu tóqnashuv fojiali emas, epik qahramon va diniy tushun- chalar ham bir davr mahsuli. Shuning uchun bulsa kerak, K. E. Bertels “Iskandar timsoli aniq shakillanmagan” - deydi.
Abul Fazl Bayhaqiy Iskandar óz maqsadiga erishish uchun hech qanday makkorlikdan qaytmagani, Doro va For (Por) ustidan galaba qozonish uchun turli qabihliklar Qilganini yozadi. Olim Iskandar obod mamlakatlarni zabt etdi, lekin birontasini idora etmadi, shohning vazifasi ebod etish va idora etish, u esa dunyodan shamoldek ótib ketdi, “yozgi bulutdek tezlikda taralib ketdi” , deydi. Tarixchi Iskandar tarixini ózi xizmat qilgan g‘aznaviylarga ibrat bòlsin uchun keltiradi. Saljuqiylar sulolasidan bòlgan Malik shoh ibn Muhammadning (1072—1092) vaziri Nizomulmulk tomonidan yaratilgan mashhur “Siyosatnoma”da ham Aleksandir haqida fikr yuritilib, Doroning mag'lubiyati, uning ólimi haqida tóģri maʼlumotlar beriladi. Asarda agar malikalar davlat ishiga aralashsalar, erlari ularning sózlari bilan ish kursalar yaxshilik kelib chiqmasligi haqida ham yozilib, Aleksandirni misol qilib keltiradi. Unga Doroning asir bulgan oila aʼzolari orasida katta qizi benihoyat gòzalligini taʼriflaganlarida Aleksandr ʻMen ularning erlari ustidan galaba qozondim, ularning ayollari bizning ustimizdan g'alaba qozonishi tuģri bòlmaydi“ , deydi. Bu òrinda ham Aleksandir qilmishla- ridan hokimlarga ibrat, ògit sifatida foydalanilgan. Xuddi ana shu yónalish keyinchalik Sharqda yaratilgan ʻ‘Iskandarnoma”lar yónalishini aniqlab berdi. Aleksandr Makedonskiy Sharq xalqlari adabiyoti va oģzaki ijodining eng sevimli qahramoni. 7Lashkarboshining tug'ilishidan to ólimigacha bólgan hayot yóli turli afsonalar bilan boyitilgan. Sharq xalqlarining sevimli qahramoniga xos xususiyatlarning hammasi-olijanoblik, odob, bilimga tashnalik, yengilganlarga, umuman mazlum- larga nisbatan rahmdil bólish, ajoyib jasorat, qahramonlik, tadbirkorlik, kóp joylarni bilish, kórish, zabt etishga intilish kabilar uning shaxsida mujassam- tashgan edi. Tarix osmonida u meteordek ótib ketishiga qaramay, haligacha uning nomi katta qiziqish uyģotadi. Shuning uchun Aleksandir haqida faqat tarixiy, badiiy asarlardagina emas, balki diniy asarlarda (Bibliya, Qur'on) adm maʼlumotlar berilgan.
Beruniy asarlarida Aleksandr Makedonskiy tarixi, faoliyati va shaxsi fantastika va loflardan mutlaq uzoqobyektiv tarzda tasvirlangan, tarixiylik tóliq saqlangan . Beruniy yunon tilini bilganligining yana bir isboti shuki, u “Mineralogiya” kitobida “Billur” haqida fikr yuritar ekan, Plutarxning “Hayot tasviri” va “Axloq haqida” asarlaridan Neron va Seneka, Arximed, Aleksandr haqida, ular uchun ishlangan billur idishlar haqidagi hikoyalardan maʼlumotlar keltiradi .
Demak, Beruniy faqat Sharq manbalaridan emas, Is- kandar haqidagi yunon tilidagi tarixiy asarlardan ham isteʼfoda etgan. Shuning uchun ham olim afsonalarga suyangan holda emas, balki masalaga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashgan. Aksincha, ilmiy yondoshish natijasida Psevdo Kallisfen kitobi orqali tarqalgan baʼzi g'ayritabiiy, fantastik voqealarni rad etadi: “Hozirgi vaqtda mavjud bólgan olmos toshlarining hammasi olmoslar vodiysidan Zulqarnayn tomonidan olingan deb taʼkidlanishi behuda gap. U yerda bir boqishda odamlarni óldiruvchi ilonlar ham bor ekan. U oldinda katta oyna- larni kótarib, ózlaring oynalar ortiga yashirinib boringlar deb, buyruq beribdi. Ilonlar ózlarini oynada kórib qirilib ketibdilar. Axir avval ham bir ilon ikkinchi- sini kórgan va ólmagan-ku, axir oynadagi tasviridan kóra tirik tananing óldiruv kuchi ortiqku. Agar ular aytgan gaplar faqat odamlarga aloqador bulsa, nega ilon­ lar óz tasvirlarini oynada kórish bilan óladilar? Va, nihoyat, odamlar Zulqarnayn óylab topgan yósinni endi bilib olgandan keyin uning ishini yana takrorlashlariga nima qalaqit beradi?” deyilgan. Aleksandr faoliyati“ asarini kópincha tarixiy roman deydilar. Ammo antik davrning biror bir janrida uning óxshashini topib bòlmadi. Bu asarda tarixiy material zamonaviy muammolarni hal etish uchun xizmat qildiril- gan. Shunchalik faol, harakatchan shaxsning qilmishlari baxt keltirdimi, Aleksandr tóģri ish qildimi? Asarda bu savolga javob yuq, Rim hukmronligining afgorlik davrida odam óz kuchiga ishonishdan boshqa chora yuq har bir inson uz imkonidan kelib chiqib baxtini topadi, degan xulosa chiqarish mumkin. Yunon va Rim tarixchiligi va adabiyotida Aleksandr shaxsi va yurishlariga qiziqish butun antik davrda davom etadi, ammo bulardan Aleksandr tarixi va timsoli haqida anʼanaga aylanib qolgan maʼlum bir konsepsiya yaratilmadi, mualliflarning siyosiy, falsafiy, axloqiy qarashlaridan kelib chiqqan holda shoh timsoli turli talqinda beriladi. Bu órinda V asr Rim muallifi Oroziyning ”Maʼjusiylarga qarshi yetti tarix kitobi“ xarakterlidir. Adib Aleksandir faoliyatiga yuqori baho berish bilan ”Aleksandirni odam qoni bilan tóydirib bulmas edi, u hammavaqt odamning yangi qoniga tashna edi, xoh u dushmanlariniki, xoh u dóstlariniki bólsin“, deydi. Oroziy xulosa qilib, ”butun dunyoni zabt etgan qahramonlik davri, Aleksandir davrini maqtash kerakmi yoki u keltirgan vayronagarchilik, dunyoni larzaga solgan qilmishlarini maqtash kerakmi? Óz baxtini boshqalar baxtsizligidan topishni maqtovga sazovor qahramonlik deb hisoblovchilar hali ham oz emas", deydi. Aleksandirga bólgan ana shunday qarama-qarshi munosabat Yevropada butun Órta asr davrida ham davom etdi.
Órta asrlarda yashab ijod etgan kópchilik tarixchilar (Tabariy, Balʼamiy, Beruniy, Bayhaqiy va b.) haqiqatga yaqin bulgan zardushtiylar konsepsiyasi nuqtai nazaridan turib, baʼzi órinlarda esa tarixiy voqealarni Soxta Kallisfen asari voqealari bilan boyitib (Tabariy, Balʼamiy va b.) Aleksandr tarixi haqida fikr yuritsalar, badiiy adabiyotda Psevdo Kallisfen asari rasmiy Eron, Makedonskiyning qonuniy eron shohi sifatida qarashi haqidagi afsona bilan boyitilgan holda talqin etiladi (“Shohnoma”). Órta asr tarixchilari orasida Aleksandr faoliyatiga eng tóģri tarixiy obyektiv baho buyuk olim Abu Rayhon Beruniy tomonidan berilgan. “Qonuni Maʼsudiy” asarida Aleksandr haqida hamma afsonalarni rad etib, “Filipp yunonliklarning yigirma birinchi podshohi bulmish Perdikka vafotidan keyin yigirma yetti yil Makedoniyada podshohlik qilgan... òģli Iskandar Olimpiadan tuģilgan ". Ushbu parcha olim tarixni qanchalik yaxshi bilganining yana bir isboti.
Ammo “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”da Filippning Sharqda tarqalgan af­sonaviy nasabi ham keltiriladi: “Filifning kelib chiqishi esa, nasab bilimdonlarining aytishlaricha, mana bunday: Filif ibn Mazrabu ibn Dirmis ibn Maytun ibn Rumiy ibn Laytiy ibn Yunon ibn Yofis ibn Suxun ibn Rumiya ibn Bizant ibn Tufil ibn Rumiy ibn-al Asfar ibn Alifaz ibn al Iys ibn Ishoq ibn Ibrohim alayhissalomdir”. Bu parcha Beruniyning fikri boshqalardan qanchalik farqli ekanini kursatadi. Yuqorida Makedoniya shohlari Gretsiyadan chiqqanini olim taʼkidlaganini aytgan edik. Yoki: "Filif podshohligining sakkizinchi yilida Iskandar Olimpiadadan tuģildi. Iskan­ dar óz otasidan keyin òn ikki yil va olti oy podshohlik qildi....Iskandar (Sharq yurishidan) qayta yotib Bobilda vafot etgach, mamlakat uch bulakka bulindi. Makedoniya va unga tutash yerlar óz birodari Filipp Arrideyga tegdi.... Misr Iskandariyasi va Garb yerlari Ptolomeyga tegdi. Bularning birinchisi Ptoloymey Lag óģli edi. Suriya va Osiyo, yaʼni Shom va Iroq, Antakiya (Antioxiya — F. S.) shahrini bino qilgan Antioxga tegdi. Se­ levk Nikator, Antioxga hamkorlik qildi“. Haqiqatan , qisqa qilib aytganda, Aleksandr tarixi Beruniy keltir- gan ana shu parchadan iboratdir. Abu Rayhon Beruniy haqiqiy olim sifatida hech qanday ģayritabiiy kuchlar, hodisalarga ishonmaydi. ”Mineralogiya“ asarida ”Zulqarnayn makedoniyalik Aleksandrning arab-fors laqabidir, ikki shoh egasi demakdir", deydi. Beruniy Psevdo Kallisfen asaridan foydalanish órniga oldi-qochdi, fantastik joylarni òsha davr fani yutuqlari asosida inkor etadi. Beruniy Iskandarning bosqinchilik yurishlari, yerli xalqlar madaniy merosi, boyliklarini talon-taroj eti- shini ham qoralab: “Iskandar va uning vorislari rumliklar tomonidan (eronliklar) raģbat qilgan barcha ilmiy kitoblari kuydirilib, hayot vositasi bòlgan va faxr qilinadigan gózal sanʼatlari barbod qilingan edi. Hatto Iskandar kòplab diniy kitoblarni kuydirgan, ajoyib binolarni vayron qilgan”, yoki: “Iskandar.. .ular­ ning (zabt etilgan xalqlarning .) ilmu fan xazi- nalarini óz mamlakatiga olib ketgan”, deydi . Buyuk olim “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarining tórtinchi bobini “Zulqarnayn laqabini olgan podshohning (kimligini) aniqlashda turli millatlarning ixtiloflari ustida suz” deb atab, butun bobni Aleksandr Makedonskiyga, bag'ishlaydi. Unda Zulqarnayn haqida gapirib, Aleksandrning haqiqiy tarixini bayon qilishga ótadi. Iskandar shoxlarining kelib chiqishi haqidagi afsonalar uydirma gap ekanini misollar bilan kórsatadi: “Baʼzilar Iskardar quyoshning ikki ”shoxiga“, yaʼni kun chiqish va kun botish tomonlariga borgani sababli shu laqabni oldi, deb izohlagan... Boshqalar Iskandar ikki nasldan, (yaʼni) Rum va eronliklardan tug'ilgani uchun bu laqabni oldi, deb tasnif etib.. .bu haqida eronliklarning uydirma hikoyalariga asoslanadi- lar” deb, Olimpiada Dorodan farzand kórgani va bobosi Filipp uni òz òģli sifatida voris qilgani haqidagi afsonani keltiradi. Beruniy Zulqarnayn laqabli boshqa shaxslar haqidagi afsonalarni ham keltirib, "Iskandar ning Filipp ugli ekanligi yashirin emas, juda ravshandir " , deb tarixiylikni taʼkidlaydi.
Bibliya“da Aleksandr un ikki yil hukmronlik qilgani, dunyoni zabt etish orzusida kup qon tòkkani, mam- takatlarni talon-toroj etgani haqida yoziladi. ”Xettiim yurtidan chiqqan makedoniyalik Filippning óģli Alek­ sandr forslar va midiyaliklar podshosi Doroni yengib, halok etib uning òrniga òltirdi, birinchi bólib Elladaga hukmron bòldi; va kòp janglar qildi, va kóp qalʼalarni ishģol qildi, va dunyo shohlarini yengdi; va u yerning chegarasiga yetdi, va kòp xalqlardan kóp óljalar oldi, va uning yuzi oldida yer mayuslanib jim bólib qoldi, va mag'rurlanib ketdi, qalbi faxrlandi; va u katta kuch, lashkarlar jamg'ardi, va yurtlar, xalqlar, podshohlar ustidan hukmronlik qila boshladi, ular unga boj tòladilar; va shundan sóng u yerga yuzi bilan yiqildi, va ólayotganini angladi; va yoshligida birga tarbiya topgan sodiq dòstlarini chaqirdi, va hali tirikligida saltanatni ularga taqsimlab berdi; va Aleksandr un ikki yil hukmronlik qildi, va òldi“ . Bu asarda Aleksandr Filippning òģli ekanligiga hech qanday shubha qilinmaydi, ammo u eroniylarga nisbatan xudoning qahr -g'azabining quroli sifatida talqin etila­ di. Lekin IV—VI asrlar órtasida yaratilgan yahu- diylarning dogmatik, diniy-axloqiy hikoyalar tóplami bòlmish ”Talmud“da Aleksandr haqida tarixiy voqealar, Psevdo Kallisfendan olingan va qóshimcha qilingan af- sonaviy hikoyatlar kòp beriladi. Hamma diniy kitoblardagi kabi ”Talmud“ dagi hikoyatlar ham bu dunyo òtkinchi, astoydil mehr qóyishga arzimaydi, degan g'oya bilan suģorilgan.
Aleksandr masalasiga ham bu asarda ana shu ģoya nuqtai nazaridan yon- doshadilar: yer kurrasining poyonini topgan lashkarboshi ham òlimga mahkum etilgan. ”Talmud“da obihayot, zulmatlikka Aleksandrning bo- rishi, amazonkalar bilan uchrashuv, Aristotel Olimpia- daga xat kabi hikoyatlar keltiriladi: Afrikaga borish uchun zulmat tog'idan òtish shart, donishmandlarning maslahatiga kòra Aleksandr eshakka minib, bir tup ipni chuvab yulga tushadi. Oqib turgan ariqqa yuliqadi, bu obihayot ariģ edi. Lekin Aleksandr undan ichmaydi. Yòlida davom etgan qahramon amazonkalarga yóliqadi, ular Aleksandrni hurmat bilan qarshi oladilar. qahramon ulardan non surasa, ular oltin non olib chiqadilar. Hayratda qolgan Aleksandrga ”agar sen oddiy non bilan qanoatlansang, nahotki yurtingda oddiy non bulmasa-yu, sen biznikiga kelding", deydilar. Bosqinchi lik yurishlari, umuman zabt etish siyosatini qoralovchi bu epizod Psevdo Kallisfenda yuq. Obihayot arig'ini uchratgan Aleksandr ariq buylab yuqoriga borib jannat darvozasiga yóliqadi. Lekin uni bu yerga kiritmaydilar. Bu joy hayotda adolatli, haqqoniy bólganlarning joyi, sen hali tiriksan, sening bu yerga kirishga haqqing yuq, deydilar. Qahramon esdalik suraganida unga odam kózini beradilar. Aleksandrning savoliga javob berib, donishmandlar kóz “manfaatparastlik va shuhratparastlik tim- soli”, deydilar. Tarozining bir pallasiga kòzni, ik- kinchisiga butun shox xazinasini qóysalar ham kòz og'irlik qiladi. Bu inson ochkòzligining ifodasi, kuzning ustiga bir siqim tuproq tashlasalar yengillashib ketadi. Hikoyat “òlim butun ochkòzlik, xasislik, xirsga chek qòyadi”, degan ugit bilan yakunlanadi.

“Talmud”dagi hamma hikoyatlar ham ugitli xulosa bilan yakunlangan. Mozorga Aleksandrni olib ketayotganda qòlini tobutdan chiqarib qòyish (bu epizod keyincha “Iskandarnoma”lar- ning hammasiga kiritiladi) , onasi ziyofat berib faqat hech kimi òlmaganlargina ovqatdan tamaddi qilishi mumkinligi kabi axloqiy parchalar ,,Talmud,,da kelti- rilgan hikoyatlar uchun xarakterlidir. Yahudiylarning afsonalarida Aleksandr haqiqiy dinni hurmatlovchi Yaxve himoyasi ostida yahudiylar izzatiga sazovor avliyo sifatida gavdalanadi.“Talmud” dagi Aleksandr haqidagi hikoyatlarning hammasi axloqiy-tarbiyaviy mazmunga ega. Aleksandr mi- solida bosqinchilik urushlari, qon tòkish, molu dunyoga Xirs qìyish, ochkòzlik qoralanadi, hayot va òlim, xursan- dchilik va qayg'u hamisha bir-biriga hamroh, bu hayot qonuniyati, degan xulosa chiqariladi. Aleksandr tarixi va timsolining Sharq adabiyotidagi rivojiga Qurʼonning 18-surasidagi Zulqarnayn haqidagi maʼlumotlar katta taʼsir etadi. Qurʼon rivoyatlarining manbai Suriya afsonasi bólib, unda Iskandar boshida shoxga uxshash ikki narsa òsib turgan deyiladi . Bu haqida Ye. E. Bertels “Afsonada Aleksandr xudo bilan suhbatida ”Men bilaman, jahon podshohliklarini tor- mor etsin deb mening boshimda ikki shox òstirding , deydi. Yaqin Sharq xalqlari tushunchasida shoxdorlik ilohiyatga aloqador ekanligining belgisi sifatida talqin etilgan. Shuning uchun tafsir tuzuvchilar 18-sura haqida aniq bir fikrga kelolmagandilar.




Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling