O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili filologiyasi fakulteti


“ Xamsa “ dostonida Iskandar obrazi


Download 58.19 Kb.
bet5/7
Sana10.02.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1188172
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lobar 2

2.2. “ Xamsa “ dostonida Iskandar obrazi
Xamsa”dagi Iskandar obrazi uchun “Qurʼoni Karim”da bayon etilgan Zulqarnaynga oid uch xususida asos vazifasini oʻtaydi. Bularning biri fotihlik; ikkinchisi odillik; uchinchisi, har ikki tushunchaning negizida turuvchi Ollohga yaqinlik, ilohiy maʼrifat. Navoiydagi odil shoh obrazi talqinida bu uchlik navbatma-navbat aylanib turadi va bu doirada ilohiy maʼrifat tushunchasi ustunlik qiladi: “Aniqki, Biz uning barcha ishlaridan xabardormiz – (uni) ihota qilib olgandirmiz. Ayni shaklda odil shoh obraz-tizimni tashkil etadi. Tarixiy-istioraviy xronotopda (makon-zamonda) odil shoh obrazini harakatga keltiradi. Asardagi Xitoy, Hindiston, Turkiston, Eron singari tarixiy makonlar tizimi Qurʼonda qayd etilgan sifatlar bilan uygʻunlashib, tarixiy mohiyat kasb etadi.10 Bu syujet chizigʻining “Kahf” surasida bayon etilgan Zulqarnayn qissasi bilan mos kelishi (uning dastlab Magʻribga, soʻng Mashriqqa yurishi, Yaʼjuj-Maʼjuj qutqusiga qarshi devor qurishi)obrazning idealligi va tarixiyligini taʼkidlashi bilan bir qatorda, istioraviy qatlamda universallashgan odil shoh gʻoyasini aks ettiradi. Asardagi dengiz, ummon, suv osti xronotoplari esa istoraviy qatlam salmogʻini oshirib, uni tarixiy qatlam bilan tenglashuviga olib keladi. Ayni xronotoplar bilan bogʻliq syujet liniyalarida Iskandarga valiylik, nabiylik maqomlarining berilishi, undagi jahongirlik, fotihlik xususiyatlarini samoviy maʼrifat kontekstida umumlashtiradi.
Navoiy ayni masala talqinida tarixiy dalillarni solishtirish usulidan foydalanadi. Iskandarning nabiyligi, valiyligi hamda suv ostiga safari shariat, tarixiy manba, mantiq singari uch mustahkam ustunga asoslanadi. Bu borada oʻzigacha aytilgan (Iskandarning shisha idishda suv ostiga tushgani xususidagi) mantiqqa zid fikrlarni “Vuquʼigʻi topmas xirad ehtimol…” misrasi bilan inkor etadi. Uningcha, Iskandarning suv ostidagi sirlarni koʻrishi, baʼzilar aytganidek, texnik hodisa emas, balkiy botiniy-ruhiy holatdir. Iskandarning oddiy odamlar koʻrmagan ummon sirlarini koʻrishiga sabab undagi Ollohga yaqinlik, ilohiy maʼrifat, yaʼni nubuvvat chirogʻidir: Valoyat maqomida topti oʻzin / Nubuvvat charogʻi yorutti koʻzin… /Qayon boqti, koʻrdi nekim bor edi / Anga borcha maxfiy padidor edi… Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo”da yozadi: “Mavlono Mirxond “Ravzat us-safo”da Solih a. s. zikridin soʻngra Zul-qarnayn Akbar qissasin bitib, mundoq bayon qilibdurkim, aksar ahli tarix Nuh a. s. din soʻngra va Ibrohim salavot-ur-rahmon alayhdin burun Xud bila Solih a. s. din soʻngra oʻzga paygʻambar boʻlmaydur debdurlar. Ammo saltanatdin baʼzining kalomi munga mashʼardurkim, bu mobaynida Zul-qarnayn Akbar nubuvvat martabasigʻa musharraf boʻlubdur… Bu faqir qalamigʻa ul qobiliyat yoʻqdurkim, ahli tarix bitkondin tahrir qilgʻay”. Bularning hammasi “Xamsa”dagi Iskandarga xos tarixiy va istioraviy xususiyatlar odil shoh obraziga sintezlashganini koʻrsatadi. “Xamsa” obrazlar tizimida Iskandar obrazi bilan yonma-yon keladigan yetti hakim obrazi ham muhim istioraviy vazifa bajarishi bilan ahamiyatli. Ammo yetti hakim obrazi talqinida baʼzi munozarali jihatlar mavjud. Avvalo, ular “Saddi Iskandariy”da bir butun tizim sifatida keladi. Biri boshqasini taqozo qiladi, toʻldiradi. Dostonda Iskandarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, qiyin vaziyatlarda maslahat beruvchi, hikmat aytuvchi, dunyo va oxiratga doir masalalarda xulosa bildiruvchi obraz vazifasini bajaradi. Ayni paytda ularning doston syujetiga kiritilishining tub sababi Iskandar obrazini toʻldirishdir. Iskandar obrazisiz ularning barchasi maʼno-mohiyatini yoʻqotadi. Yettilik tizim sifatida olinishi ham Iskandar fotihlik yoʻlida zabt etgan yetti bosqich bilan bevosita bogʻliq.
Navoiy mazkur bosqichlarni quyidagi tartibda beradi: 1) yetti iqlimni qoʻlga kiritdi; 2) yer yuzining Iskandar oyogʻi yetmagan biror burchagi qolmadi; 3) jahonning yetti oʻlkasida podshohlik taxt-saltanatini qurdi; 4) yetti dengizni fath etdi; 5) yaʼjuj-maʼjujga qarshi devor barpo etdi; 6) koinot jismlari, ularning harakatlarini oʻrganish uchun “Usturlob”, “Oinai jahonnamo”ni kashf etdi; 7) valiylik, paygʻambarlik maqomiga erishdi.[5] Iskandar bajargan ushbu ishlarning barchasida mana shu yetti hakim asosiy rolni bajaradi. Masalaning bahsli jihati shundaki, mazkur obrazlarga berilgan ismlarning barchasi (Sakrat, Platon, Geraklit, Pifagor, Aristotel va hokazo) antik yunon madaniyati vakillariga tegishli. Ushbu ismlar ularning sharq dunyosiga moslashtirilgan va ayni tarzda mashhur boʻlgan nomlaridan aynan olingan. Voqean, Navoiy “Xamsa”si yozilgunga qadar arab, fors va turkiy dunyoda bu nomlar faqat xalq tilidagi afsona sifatida emas, balki aniq ilmlar, fanlarning bilimdonlari sifatida taniqli edi.
Ularning asarlari Sharq tillariga tarjima qilingan, baʼzilariga raddiyalar, sharhlar yozilgandi. Shu sabab aksar tadqiqotlarda Iskandar, uning otasi Faylaqus va yuqorida nomlari sanalgan yetti hakim bilan antik yunon madaniyatining tarixiy vakillari oʻrtasida bogʻliqlik bor, degan fikrlar uchraydi. Masalan, dostonga berilgan izohlarda: “Iskandar, Iskandar Zulqarnayn – Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obraz. 11Bu obrazning paydo boʻlishi tarixiy yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy faoliyati bilan bogʻliq. Iskandar Qurʼonning surasida eslangan Zulqarnayndir” yoki “Suqrot, Sakrat (mil. av. 470 (469) – Afina – 399) – qadimgi yunon faylasufi” degan soʻzlarni oʻqiymiz. Navoiy Sharq madaniy dunyosida mashhur yunon faylasuflari, ularning ijodiy meroslari haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlgani aniq. Ammo eʼtiqodi, dunyoqarashi, badiiy-konseptual nuqtai nazariga koʻra bunday tarixiy shaxslarni “Xamsa” obrazlar tizimiga kiritmadi. Yetti hakim masalasida esa faqat ismlardan unumli foydalandi, xolos. Boshqa jihatdan ularni dostondagi yetakchi obraz – asosi “Qurʼoni Karim” boʻlgan Iskandarga moslashtirdi. Shu tushunchaga mos xarakter, ichki va tashqi qiyofa, harakat va nutq (muloqot) tizimini ishlab chiqdi. Ularni mutloq istioraviy obrazga aylantirdi. Yuriy Borevning fikricha, obraz mukammalligining muhim sharti unda uch narsaning mujassam boʻlishidir: a) metaforiklik; b) assotsiativlik; v) paradoksallik. Bu jihatlar yagona obrazda akslanar ekan, ular oʻrtasida aniq, tizimli munosabat vujudga keladi. Natijada, mukammal obraz tugʻiladi. Shu maʼnoda Navoiy yetti hakimining asosi Iskandar obrazi va unga asos oʻlaroq talqin etilgan “Qurʼoni Karim” qissasidir. Ular xuddi shu sifati bilan tarixiy yunon faylasuflariga, shuningdek, tarixiy Aleksandr Makedonskiy shaxsiyatiga ham paradoksal pozitsiyada turadi. Ayni paytda, tarixiy ongda mavjud shaxslarga nisbatan xira assotsiatsiya uygʻotadi. Ularning bir yoki bir necha obrazlarda mujassamlanishi esa poetik istioraviylikni taʼminlaydi.
“Xamsa”ning boshqa dostonlarida ham uchraydigan Suhaylo, Suqrot, Aflotun, Arastu singari obrazlar ham tom maʼnoda istioralashtirilgan obrazlar hisoblanadi. Deylik, Suqrot “Saddi Iskandariy”da hakim, rahnamo, olim sifatida koʻzga tashlansa, uning “Farhod va Shirin”dagi badiiy vazifasi gʻayrioddiyligi, ezoterik unsurlarga boyligi bilan Xizr va Suhaylo obrazlari vazifasiga oʻxshab ketadi. Umuman, ushbu obrazlar “Xamsa” obrazlar tizimida sof istioraviyligi bilan boshqa obrazlardan ajralib turadi.Sharada Aleksandr haqida dastavval maxsus yirik dos­ ton yaratgan shoir ozar xalqining buyuk adibi Ilyos ibn Yusuf Nizomiy Ganjaviy edi. Nizomiy dostoni “Iskandarnoma” ikki qism: “Sharafnoma” va “Iqbolnoma” (yoki “Hiradnoma”)dan iborat bulib, bu asar shoir hayotining sónggi yillarida yozilgan. Asar katta bilim va hayot tajribasiga ega bòlgan adibning avlodlariga ajratilgan vasiyati edi. Nizomiyning ózi aytishiga kóra, “bu podshoh haqida yaxlit bir asar kòrmagan, yangi yahudiy, xristian va pahlaviy tarixi” bilan tanish bulgan xolos, demak, Nizomiy “Aleksandr faoliyati” bilan tanish emas. Nizomiyda Aleksandr Nektanebning óģli ham emas, onasi ólgan yetim ham emas (doston boshida shoir Iskandar haqidagi afsonalarni keltirar ekan, vizantiyalik bir ayol vayrona ichida òg'il tug'ib, ólgani, ovda yurgan Filipp uni òz òg'lidek tarbiya qilgani haqidagi afsonani ham keltiradi), Eron shahanshohlari avlodi ham emas, u Rum (Vizantiya) hokimi. Nizomiyni Aleksandr tarixi qiziqtirmaydi, adibning diqqat markazida umuminsoniy tushunchalar qadr-qimmati, insonparvarlik turadi. Nizomiy asarida Iskandar Faylaqus (Filipp) ning Óģli, uni Aristotel emas,balki otasi Nikumaxus tarbiyalaydi.
Aristotel esa shahzoda bilan birga òqiydi, u bilan umrbod birga bóladi. Iskandar bosqinchilik urushlari olib boruvchi ham emas, misrliklar iltimosiga kóra Zanzibarga qarshi jang qilib, misrliklar mustaqilligini taʼminlaydi. Iskandar timsoli asar boshidanoq mazlumlarning himoyachisi sifatida talqin qilinadi. 12 Eronga qarshi urush ham faqat Makedoniya mustaqilligi uchun, Doro oltin tuxumlarni talab qilib yurish boshlaganidan keyingina Iskandar jangga otlanadi. Qupol, qiziqqon Doro Iskandarga xat yozadi, Iskandarning javobi esa donishmandning xati. Shu epizodning Ózidayoq ikki shox, ikki xarakter, idora etishning ikki usuli namoyon buladi. Doro jangda yengilmaydi, ikki xoin Iskandarning roziligi bilan shahanshohni og'iryarador etadilar. Doro huzuriga yetib kelgan Iskandar u bilan suhbatlashadi, shoh Firdavsiyda aytilgan uch shartni qòyadi — qotillarni jazolash, Eron arboblariga xayrixoh munosabatda bulish va malikalarni xotinlikka olmay, qizi Ravshanakka uylanish. Iskandar hamma shartni bajaradi. Iskandar Eronda zardushtiylik ibodatxonalarini buzib, haqiqiy din tan olinishiga zamin hozirlaydi. Mamlakatda osoyishta, adolatli tartib òrnatadi, chunki Doroning zolimligi natijasida xalq jabrlangan edi.
Nizomiy bu dostonda Aleksandr tarixda umuman bòlmagan, lekin Nizomiy vataniga aloqasi bor epizodlarni ham kiritadi: Iskandar Bardaga borib, Nushoba bilan uchrashadi. Kallisfendagi amazonkalar bergan oltin non g'oyasi shoirda boshqacha hal etiladi. Ziyofatda Iskandar oldiga bir kosa laʼli javohir qòyadilar, hayratda qolgan shohga Nushoba bosqinchilik urushlarini tark etish haqida nasihat qiladi. Ikkinchi epizod — Iskandar Darbendga borib, aholini qaroqchilardan qutqaradi. Nizomiy yaratgan Alek­ sandr tarixining asosiy chizigi — Misr, Eron, Xuroson, Markaziy Osiyo, Shimoliy Hindistonni zabt etish bólib, voqealar izchil tasvirlanadi. Iskandar Nizomiyda Chin mamlakatiga ham boradi, lekin Nizomiy Iskandari mamlakatlarni bosib olish uchun emas, balki bosqinchilardan ozod qilish, mazlumlarni himoya qilib, erkinlikka chiqarish uchun yurishlarni amalga oshiradi. Nizomiyningbu asarni yozishdan maqsadi jahongirni kuylash emas, balki axloqiy kamolotga erishgan, sof vijdonli, pok qahramon misolini yaratish edi. Haqiqiy gumanist shoir fikricha, har bir inson faqat ózini, narigi dunyodagi taqdirinigina óylamay, olamdan itib ketganlar,kelajakda yashovchilar va Óz zamondoshlari oldida ham javobgardir. Kelajakda narigi dunyoni uylagan odam bu dunyoda boshqalarga xizmat Qilmog'i shart. Ólim oldida barcha barobar, hamma odam óladi, demak, yer yuzida zóavonlik bólmasligi kerak. Chin Xoqoni Iskandarga “Men ham, Sen ham tuproqdanmiz, tuproq esa yerdan, butun hukmronlik yergacha, xolos, tuproqda hech kim bir-biridan ortiq emas”, deydi. Lekin bu umidsizlik emas, balki adolatli bulish, xalqqa xizmat qilishga undashdir.
Nizomiy Aleksandrning Sharqda taradlgan laqabi “Zulqarnayn” haqida ham fikr yuritadi, bir qancha variantlar keltirib, “Abu-l-Maʼshar talqini tuģri”, deydi. Iskandar vafot etgach, Rumda uning haykalini ishlaydilar, haykal kallasining ikki yonida ikki farishta tasvirlangan, farishtalarda oltin va moviy buyoqda ishlangan ikkitadan shox bulgan, Arablar farish- talarni Iskandar, deb uylaganlar. Shuning uchun unga “Ikki shoxli” laqabini berganlar deydi. Shoir Gretsiyada yaratilgan va Yaqin, Markaziy Osiyoda keng taradlgan Krit oroli shozhi eshak quloqli Midas va bu sirni jahonga tarqatgan qamish nay haqidagi afsonani ham keltiradi. Yaminiddin Abul Dasan Amir Xusrav al-Dehlaviy (1253—1325) “Xamsa”sida “Oynai Iskandariy” (1299) tórtinchi doston sifatida keladi. Xusrav Dehlaviy Iskandar tarixi, timsoli orqali ózining ijtimoiy, siyosiy hayot haqidagi fikrlari, adolatli tuzum òrnatish tóģrisidagi orzu-umidlarini ifoda etadi
. “Oynai Iskandariy” ,,Sharafnoma"ning mazmunini qisqacha berishdan boshlanadi. Iskandar otasi Faylaqus vafotidan keyin taxtga ótiradi, zanjilarni yengadi, Doro bilan jang qilib, mag'lubiyatga uchratadi. Eronda zardushtiylikni yòq qiladi, Ozarbayjonga, Makkaga boradi, keyin Hindiston, Markaziy Osiyoga yurish boshlaydi. Chin xoqoni lashkarlari bilan jang qilib, xoqonni asir oladi, lekin olijanoblik qilib tortiqlar bilan ozod qiladi, keyinabadiy zulmatlikka boradi. Nihoyat Yaʼjuj-Maʼjujlar bilan jang qiladi va sadd qurdiradi. Bahorda Rumga qaytib, ixtirochilik bilan shug'ullandi. Qayerga bormasin, Iskandar islomning hanafiy mazhabini targ'ib qilib, bóysunmagan greklar yurtini suvga bostiradi. Platon bilan uchrashadi va uzoq yillik dengiz sayohatiga otlanadi. Dengiz osti va ustida sayohat qilib ajoyibotlarni kòradi, nihoyat ilohiy kuch yordamida uzoq safardan bir zumda vatanga qaytadi, chunki ólimi yaqinligi haqida unga nido kelgan edi. Dehlaviyda ham Iskandar shartlarining biri, Nizomiydagi kabi, tobutdan qólini chiqarib, bir siqim tuproqni solib qóyishdir.
Abduramon Jomiyning (1414—1492) “Haft avrang”ining yettinchi dostoni bòlmish “Xiradnomai Iskandariy” avvalgi “Iskandarnoma”lardan farqli òlaroq aso­san pand-nasihatdan iborat bòlib, mazmun,voqealik minimumga keltirilgan. Doston asosan yetti xiradnoma, donishmandlik kitobidan iborat. Jomiyning Aleksandr Makedonskiy haqidagi asari falsafiy-didaktik doston, Iskandar timsoli esa mavhumlashtirilgan, Iskandarshaxsi, faoliyati shoir fikrlarini izhor qiluvchi vosita, xolos. Aleksandr timsoli Makedoniya, Gretsiya va u zabt etgan Sharq mamlakatlari tarixidan uzib olingan holda talqin etilgan. Jomiy ham Nizomiy kabi dostonda zamonasi oldida turgan falsafiy masal al arga, ayniqsa bu òtkinchi dunyoda insonlar qanday hayot kechirishlari, qanday qóllanmaga amal qilishlari kerak, degan masalalarga eʼtiborini jalb etadi. Shaxs imkoni boricha insoniyatga foydali ish qilishi kerakligi uqtiriladi.13
Professor Najmiddin Komilov talqiniga ko‘ra, “Saddi Iskandariy” dostonining markaziga qo‘yilgan bosh g‘oya bu - ibrat va ogohlikdir. Navoiy talqinidagi, Iskandar aslida shahzoda emas,balki vayronadan topilgan chaqaloq - onasi uni tug‘ib, so‘ngvafot etgan. Farzandsiz Faylaqus go'dakni topib, uni o‘zigafarzand bilib, parvarish etadi. Tabiatan darveshlar sulukigaishtiyoqmand, saltanat savdosidan bezor Iskandar zimmasigajahongirlik missiyasi tushadi. Jahongirlik va fotihlik da’vosi bilan tarix sahnasiga chiqqan boshqa hukmdorlardan farqli o'laroq, Navoiy xalq orzu-istagi va Haq roziligi asosida dunyoda adolatli hukmdorlikni o'rnatish, bilim va aql-zakovat, xayr-u saxovat, mehr-u shafqat tantanasiga erishishni o‘zining burchi deb bilgan Iskandar obrazini yaratdi. Shu sababli, bu dostonning oxiri qayg'uli tugasa-da, Navoiy voqealar bayoni davomida inson va jamiyat, shoh va darvesh, hayot va o‘lim, ustoz va shogird, yaxshilik va yovuzlik, hikmat va hukumat kabi turli ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy masalalar ustida mushohada 166yuritadi. Ana shu xulosalar, qissadan chiqarilgan hissalar tufayli Navoiy tasvirlagan Iskandar jahongir podshohdan ko‘ra, xaloskor, Adolat o'rnatuvchi, tabiati hukmdordan ko‘ra darveshlikka ko'proq moyil, ilm-hikmatga maxzan bo‘lgan ma’rifatli shaxs sifatida ko‘ngilga o‘rnashadi.“Saddi Iskandariy” dostoni “Xamsa”ning oxirgi dostoni bo‘lganligi sababli, muayyan darajada oldingi dostonlardagi g‘oyalarni umumlashtiruvchi xulosaviy xarakterga egaNavoiy tasvirlagan Iskandar jahongir podshohdan ko‘ra, xaloskor, Adolat o'rnatuvchi, tabiati hukmdordan ko‘ra darveshlikka ko'proq moyil, ilm-hikmatga maxzan bo‘lgan ma’rifatli shaxs sifatida ko‘ngilga o‘rnashadi.
“Saddi Iskandariy” dostoni “Xamsa”ning oxirgi dostoni bo‘lganligi sababli, muayyan darajada oldingi dostonlardagi g‘oyalarni umumlashtiruvchi xulosaviy xarakterga ega. Bu dostondagi adolat, afv, to‘g‘rilik, karam va saxovat, yigitlik,falakning jafokorligi haqidagi fikrlar “Hayrat ul-abror”ning shu mavzularga bag‘ishlangan maqolatlardagi fikrlarning davomi bo‘lsa, oldingi dostonlarning markaziy qahramonlari bo‘lgan Majnun (33- va 66-boblar), Bahrom Go‘r (54-bob) va Farhod (68-bob)lar hikmatli boblardan so‘ng asosiy g‘oyaning isboti sifatida keltirilgan hikoyatlarda ishtirok etadilar. Bu esa,Navoiyning “Xamsa”siga beshta mustaqil doston majmui emas,balki murakkab arxitektonikaga ega yaxlit bir asar sifatida qarash va o'rganishni taqozo etadi.“Saddi Iskandariy” mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (ruknlari va taqti’i: fauvlun f»uvlun fauvlun faal
V ----/ V -----/ V -----/ V - ) vaznida yozilgan.

Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling