O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili filologiyasi fakulteti


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 58.19 Kb.
bet2/7
Sana10.02.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1188172
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lobar 2

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
O‘rganish uchun olgan mazvuyim bo‘yicha bir qancha ilmiy asarlarni, maqolalarni, dessirtatsiyalarni va o’quv qo’llanmalarni ko’rib chiqdim. Ularda Iskandar obrazining Sharq adabiyotiga kirib kelishini, aynan mana shu obrazning o’zbek adabiyotidagi o’rni v ahamiyatini, Iskandar obrazi orqali ilgari suriladigan mazmunni o’rganishlari mumkin. Hozirgi kunda ham bu mavzu keng o‘rganilib kelinmoqda.
Kurs ishining tadqiqot obyekti va metodi.
Kurs ishimni o‘rganishda Fozila Sulaymonovaning “G’arb va Sharq “. Abu Rayhon Beruniy. Qonuni Ma'sudiy, Fayzulla Boymirzayev . Qadimgi dunyo tarixi, internet manbalarini va bir qancha badiiy asarlarni o‘rganib chiqdim.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati
Ushbu kurs ishining amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • Kurs ishidagi Firdavsiy, Jomiy , Nizomiy, Navoiy ijodidagi Iskandar obrazi va uning sharq adabiyotidagi o’ziga xos qiyofasi.

  • Jahonning yarmini zabt etgan Atistotelning shogirdi, shoh obrazining tadrijiy evalyutsiyasi kabi masalalar o’rganiladi.

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishidan ko‘zlangan maqsad Fors , ozorbayjon va o’zbek adabiyotida yaratilgan Iskandar timsoli , uning tarixda tutgan roli va o’ziga xos xarakteri, afsonalarga yog’rilgan holda yaratilgan obraz yaratiladi.
Tarixiy Iskandar –Aleksandr Makenoniskiy shaxsini mavjud manbalar asosida o’rganish, uning tarixda tutgan rolini o’rganish va yoritish.
Sharq adabiyotda Iskandar obrazining yoritilishini o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi tuzilish jihatidan uch qism, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, umumiy hajmi betdan iborat


I.Iskandar haqidagi asarlar va shoh obrazi evolyutsiyasi
1.1 Iskandar timsoli yunon adabiyotida
Avvalom bor biz bir savolga aniqlik kiritib olaylik, Aleksandr o’zi kim? U qanday shax bo’lgan ? Plutarx kabi adiblarning fikricha, Aleksandr insonlarga qonli fojialar, baxtsizliklar, yóqotishlar emas, balki dustlik, tinchlik, ittifoqlik keltiruvchi bólgan. Amalda esa Aleksandr bosib olgan joylarda davlat idoralari tuzumini uzgartirmay, Axmoniylarda qanday bulsa, shundayligicha qoldirgan, faqat uzi barpo etgan shaharlarni grek polislariga uxshatib kurgan, xolos. Lekin shunisi qiziqki, Aleksandrning uzi faoliyati, urush, qon tukishlari bilan xalqlarga ozodlik, farovonlik keltirayotirman, milliy cheklanishlardan qutqarayotirman, deb tasavvur qilgan. Uz yaqinlari, lashkarboshilarga ham shu fikrni singdirgan. Aleksandr faoliyati haqidagi ana shu tasavvur u haqida yaratilgan asarlarda ham uz aksini topgan. Amalda esa Aleksandr shaxsiyati, xarakterida qarama-qarshi xususiyatlar kup bulgan. Bir tomondan, mehribon, lashkarlarini otalardek sevuvchi lashkarboshi, ikkinchi tomondan, hech qanday eʼtirozga chidamovchi, eng yaqin, unga umr buyi xizmat qilgan (Parmenion, Filoto, Klit, Kallisfen kabi) kishilarni ulimga mahkum etuvchi zolim shoh. Odamlar, xalqlarga yaxshilik qilish imperiyaning foydasi bilan ulchangan, xalqlar ittifoqi,dustligi shohga mutlaq buysunishi sifatida tushunilgan.1
Albatta, haqiqiy Aleksandr kupchilik adiblar tomonidan madh etilgan ideal qahramon emas, uta qarama-qarshi tabiatga ega; bir tomondan, katta isteʼdod egasi, lashkarboshi; dovyurak jangchi, mehribon razhbar, ikkinchi tomondan, faqat óz amri bilan ish yurituvchi, yaxshilikni, qadrlamovchi, injiq, óta manman, kuchli shaxs bólgan.Aleksandr haqida dastlabki asarlarni yurishlar ishtirokchilari, rasmiy tarixchi Kallisfen, saroy marosimlarini boshqaruvchi mitilenlik Xares shohning tengqur dustlari Ptolemey Lag, Klitarx, Aristobullar yozganlar. Lekin bularning birontasi ham keyingi davrlar uchun saqlanib qolmagan.Aleksandr haqida badiiy asar yozgan adiblar ham tarixiy manbalardan foydalanganlar. Badiiy asarlarda tarixiylik emas, balki axloqiy muammolar ustunlik Qiladi. Adiblar uzlarining milliy, siyosiy, falsafiy va axloqiy qarashlaridan kelib chiqqan holda jahongirning u yoki bu harakati, qlmishiga baho beradilar. Antik mualliflari shohga qarshi kurash olib boruvchilarni óta qórqoq, ularga jiddiy qarashga arzimaydigan (Bess va uning atrofidagilar) yoki Spitamen va Porlarni “buyuk shohga teng keluvchi buyuk dushman” tarzida tasvirlaydilar.Antik davrda Aleksandr haqida tarixiy, badiiy asarlar va kóplab afsonalar (afinalik Antiklid, xerakliylik Nimfis, afinalik Dorofey, mitilenlik Potamon,astipaleylik Onesikrit, pellalik Marsiy va bopщalar tomonidan) yaratilgan. Agar tarixiy asarlar orasida eng muhimi va ishonchlisi Arrian asari bulsa, badiiy asarlardan Kallisfenga nisbat berilgan "Aleksandr faoliya ti“ yoki ”Aleksandr haqidagi roman“ edi. Tarixiy voqea, badiiy asar va afsona elementlarini uzida mujassamlantirgan ”Aleksandr faoliyati" asari antik davrda yaratilgan lashkarboshi haqidagi asarlar orasida alohida òrin egallaydi.
Bor yòģi 33 yil umr kòrgan va dunyoning yarmini zabt etgan Aleksandr Makedonskiy - Sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhurdir.Yunon va Rim tarixchiligi va adabiyotida Aleksandr shaxsi va yurishlariga qiziqish butun antik davrda davom etadi , ammo bulardan Aleksandr tarixi va timsoli haqida an'anaga aylanib qolgan ma'lum bir konsepsiya yaratilmadi. Mualliflarning siyosiy , falsafiy , axloqiy qarashlaridan kelib chiqqan holda shoh timsoli turli talqinda beriladi.2
Aleksandr haqidagi bizgacha yetib kelgan asarlarning Qadimiysi sitsiliyalik Diodor (er. av. 90—21 yillar)ning 40 kitobdan iborat “Tarixiy kutubxona”si. “Kutubxona” antik davrda yaratilgan dastlabki “jahon tarixi” bólib, unda Sharq mamlakatlari, Gretsiya va Rim tarixi beri- ladi. “Kutubxona”ning 1 — 5 va II — 20 kitoblari tóliq, Qolganlaridan esa parchalar saqlanib qolgan. Asarda uzoq ótmish, afsonaviy davrdan boshlab to Galliyaning Sezar tomonidan bosib olinishigacha, yaʼni adib yashagan davrgacha voqealar qamrab olingan. “Kutubxona”ning ón ol- tinchi kitobi Filippga, ón yettinchisi Aleksandrga va ón sakkizinchisi Diadohlarga bagishlangan. Diodorning asari sof tarixiy asar. Adib ózigacha yozilgan manbalardan foylangan. “Kutubxona”ning qiymati ham unda eng qadimiy mualliflarning maʼlumotlari saqlanib qolganligida. Aleksandrga bag'ishlangan boblarda u lashkarboshi hayoti va janglari tasvirini obyektiv kórsatish bilan birga jang, yerli xalqlar, shahar va Qishloqlarni jangchilar tomonidan talash, yaralanganlar- ning ogir ahvoli, óliklar, bosqinchilarning yovuzlikla- rini tasvirlashga ham kóp órin beradi. U Aleksandir shaxsi va faoliyatini ideallashtiradi, ammo shoh xarak- terini ochib bermaydi.3 Diodorni umuman na voqealar sababi, na personajlar xarakteri, na uzoq; yurtlarga qilingan yurishlar, na behisob janglar, na vayronalik- lar, na talafotlar, na qon tókishlar qiziqtiradi. Diodor “Kutubxona”sining mohiyati faktik materiallarga boyli- gidadir. Aleksandr faoliyati“ asarini kópincha tarixiy roman deydilar. Ammo antik davrning biror bir janrida uning óxshashini topib bòlmadi. Bu asarda tarixiy material zamonaviy muammolarni hal etish uchun xizmat qildiril- gan. Shunchalik faol, harakatchan shaxsning qilmishlari baxt keltirdimi, Aleksandr tóģri ish qildimi? Asarda bu savolga javob yuq, Rim hukmronligining afgorlik davrida odam óz kuchiga ishonishdan boshqa chora yuq har bir inson uz imkonidan kelib chiqib baxtini topadi, degan xulosa chiqarish mumkin.
Yunon va Rim tarixchiligi va adabiyotida Aleksandr shaxsi va yurishlariga qiziqish butun antik davrda davom etadi, ammo bulardan Aleksandr tarixi va timsoli haqida anʼanaga aylanib qolgan maʼlum bir konsepsiya yaratilmadi, mualliflarning siyosiy, falsafiy, axloqiy qarashlaridan kelib chiqqan holda shoh timsoli turli talqinda beriladi. Bu órinda V asr Rim muallifi Oroziyning ”Maʼjusiylarga qarshi yetti tarix kitobi“ xarakterlidir. Adib Aleksandir faoliyatiga yuqori baho berish bilan ”Aleksandirni odam qoni bilan tóydirib bulmas edi, u hammavaqt odamning yangi qoniga tashna edi, xoh u dushmanlariniki, xoh u dóstlariniki bólsin“, deydi. Oroziy xulosa qilib, ”butun dunyoni zabt etgan qahramonlik davri, Aleksandir davrini maqtash kerakmi yoki u keltirgan vayronagarchilik, dunyoni larzaga solgan qilmishlarini maqtash kerakmi?
Óz baxtini boshqalar baxtsizligidan topishni maqtovga sazovor qahramonlik deb hisoblovchilar hali ham oz emas", deydi. Aleksandirga bólgan ana shunday qarama-qarshi munosabat Yevropada butun Órta asr davrida ham davom etd Aleksandr haqida antik davrda yaratilgan asarlar ora­ sida Plutarxning shoh hayot yólini yorituvchi “Aleksandr va Sezar” asari bizga yetib kelgan asarlar orasida grek­ lar tomonidan yaratilgan asarlarning dastlabkisi hisoblanadi. Adibni urushlar tarixi emas, balki Alek­ sandrning shaxsi qiziqtirgan. Shuning uchun adib asar boshidayoq “biz tarix emas, balki tarjimai hol yozmoyqda- miz”, deydi. Tarjimai hollar yozishdan maqsad bopqalarga ibrat bólsin uchun u yoki bu arbobning ehson va nuqson- larini kórsatish edi. Tarix va shaxslarga yondoshish shu nuqtai nazardan bólgan. Aleksandr Misr faraoni Nektanebning òg'li, vaqtincha Makedoniyada yashashga majbur bulgan faraon ilon qiyofa- sida Olimpiada yotoqxonasiga kirgan degan afsona Mi rda keng tarqalgan edi. Uning sababi mamlakat va xalqni faqat xudolar zotidan tarqalgan faraonlar idora eta oladi, degan tushuncha bor edi. Aleksandrning Misrni bosib olish va hukmronlik qilishi bu afsonaga zid edi. Shuning uchun kohinlar Nektaneb haqidagi afsonani Óylab topganlar.
Plutarx Nektaneb haqidagi afsonaga din arboblari Aleksandrni Misrning bosh xudosi Amon- ning óg'li deb eʼlon qilishlariga, shoh shaxsini ilohiylashtirish g'oyasiga ishonmagan va kinoyaviy muno­ sabatda bòlgan. Yozuvchi Aleksandrning “hayot yulini” berar ekan, afsona va hikoyalardan faqat lashkarboshi feʼl-atvorini ochib berishda yordamchi material sifatida- gina foydalangan. Adib Makedoniya shohini ayamay, uning tabiatiga xos salbiy tomonlarni ham kórsatgan (“Aleksan­ drning mijozi issiq bólgani uchun ichkilikka berilgan va jahli tez edi”). Adib shohni óta shuhratparast sifatida tasvirlagan. Shoh doimiy urushlarda bòlgani uchun yaxshi xususiyatlarini ancha yóqotgan, qòpollashgan, aysh-ishrat, ichkilikbozlikni, laganbardorlik va maqtanishni yaxshi kórgani. Adib Aleksandrning salbiy tomonlarini berish bilan birga, ijobiy tomonlarini ham bòrttirib kòrsatadi. Plutarx yaratgan Aleksandr ideallashtirilgan shoh. U, birinchi navbatda, Aristotelning shogirdi — faylasuf, botir, jasur qahramon, jangga lashkarlardan avval ózi otiladi, yaqinlari va lashkarlariga nisbatan mehribon ota, xushtabiat, nihoyatda olijanob inson. U katta is- teʼdod egasi, rahmdil inson, qon tókish, urush qilishla- rining sababi xalqlarni zolim shahanshohdan ozod etish, qoloqlikdan chiqarishdir. Shuning uchun ham u jangsiz taslim bulganlarni òz urnida qoldiradi, hatto ularga yordam qólini chózadi. Plutarx tasviridagi Aleksandr salbiy tomonlardan kóra yaxshi xususiyatlari kup bulgan haqiqiy inson sifatida gavdalanadi.
Plutarx Aleksandr tilidan hali ham òz ahamiyatini yóqotmagan “Faroģatda dabdabali hayot kechirish qòllar orzusi, mehnat qilish shohona ish” sòzlarini aytadi. Adib Aleksandr óz yaqinlari, unga xizmat qilgan odamlar Parmenion, Filoto, Klit, Kallisfen, Aleksandr Linkestid kabilarning begunoh halok etilishini oqlovchi sabablarni ham topib, ayb ularning òzida, deydi. Plutarxning lashkarboshi haqidagi mazkur asari antik davrda yaratilgan asarlar orasida alohida órin egallaydi, unda tarixiylik tarbiyaviy maqsadga bòysundirilgan. Grek adibi asarining xuddi ana shu xususiyati Sharqning buyuk adiblari Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiylar tomonidan davom ettirilgan.4II asrda yashab ijod etgan grek satirik yozuvchisi Lukian ham òzining “Óliklar dunyosidagi suhbatlar” asarida Aleksandr haqida yozadi. “Diogen va Aleksandr” suhbatida Aleksandrga zamondosh bólgan faylasuf Diogen tilidan, “Filipp va Aleksandr” da ham Makedoniya shohi Amonning óģli ekani, Nektaneb haqidagi afsona, ayniqsa Aleksandrni ilohiylashtirish ģoyasi keskin fosh etiladi. Ayniqsa, eronshohlar urf-odatlari, hashamatli hayoti va kiyimlari, kòp xotinlilik va xaram, shoh uchun jon fido qilgan Klit va Kallisfenning halok qilingani haqidagi parchalarda satira zaharxanda tusini oladi, Filipp ham òģlining faoliyatini oqlamaydi. Lukian asarida Aleksandr ota-onasini hurmat qilmaydigan , ularning shaʼniga dog' tushiruvchi, ayyor, yovuz, qonxór, shuhratparast inson sifatida gavdalanadi
. Aleksandr yurishlari haqida antik davrda yozilgan tarixiy asarlar orasida Flaviy Arrianning (95—175-yil- lar) “Aleksandrning yurishlari” asari alohida órin egallaydi. Arrian Kichik Osiyoda Vifiniya viloyatining Nikomediya shahrida dunyoga kelgan. U grek va lotin tillarida falsafiy, tarixiy va geografik asarlar yaratgan. Tarixiy va geografik asarlar orasida ahamiyatliysi “Aleksandr, yurishlari” va bu asarga ilova sifatida yozilgan “Hindiston tasviri” dir. “Aleksandr yurishlari” (“Aleksandr anabasisi”) Ksenofontning “Anabasi”si (“Eronga -qarshi yurish”) asariga taqlidan yaratilgan bòlib, bu ham yetti kitobdan iborat. Asar deyarli tuliq saqlangan, faqat yettinchi kitobning ón ikkinchi bobi tóliq emas. Adib Aleksandrning butun hayotini emas, balki faqat yurishlar boshlangan paytdan keyingi hayotini yoritgan. Lashkarboshi faoliyati Arrianni qanchalik hayratga solmasin, muallif shohning yaramas, nojóya qilmishlarini ochiq kòrsatadi. Arrian ózi foydalangan manbalarga nisbatan tanqdiy munosabatda buladi. U Aleksandr yurishlari ishtirokchilari yozib qoldirgan bir qancha asarlar orasidan Ptolemey Lag va Aristobul asarlarini manba sifatida tanlaydi: Lashkarboshilarning biri, keyinchalik Misr podshohi bólgan Ptolemey Lag ham Aleksandr vafotidan ancha keyin Aleksandr yurishlari haqida asar yaratgan. Lekin bu asar qadim davrdardayoq yóqolib ketgan, nomi ham nomaʼlum. Shoh vafotidan keyin Aristobul ham 84 yoshida yurishlar haqida asar yozgan. Har ikkala asar ham biri ikkinchisini tòldirgan.
Agar Ptolemeyni asosan jang, qamal qilish, shaharlarni ishģol etish kabi masa- lalar qiziqtirsa, Aristobulni esa harbiy ishlar emas, mamlakatlar, tabiat, daryolar, tog'lar, ósimliklar, urf- odatlar qiziqtirgan. Arrian asarida voqealarni, u yoki bu personajlarning harakatlari sababini ochmaydi, unga nisbatan óz fikrini ham bildirmaydi, axloqiy yoki siyosiy mulohazalar ham yuritmaydi, faqat faktlar va voqealarni obyektiv tarzda bayon qiladi, xolos.
“Aleksandrning yurishlari” asari ^ Aleksandrning Ax- moniylar davlati hududi , ayniqsa, Markaziy Osiyoni bosib olishi, yerli xalqning bosqinchilarga qarshi isyoni, mintaqa tabiati, u yerda yashovchi xalqlar haqida (III—IV kitoblar) maʼlumot berishi jihatidan qimmatli. Ellinizm davrida yaratilgan yunon adabiyoti endilikda inson-xudolar, inson-jamiyat muammolarini emas, balki inson shaxsi masalasini oldinga su radi. Bu davrda roman janri keng tarqalgan bòlib, unda qahramonlar sevgisi, sevgi tufayli turli sarguzashtlar tasvirlanadi. I—III asrlarda keng tarqalgan bu janr namunalari orasida eng xarakterlisi “Aleksandr faoliyati” asari edi. Asarning yaratilish davri haqidagi bahslar hali nihoyasiga yetgani yóq, eradan avvalgi III asr bilan yangi davr III asri haqida gap boradi. Asar birinchi ptolemeylar davrida Misrda yaratilib, keyinchalik bir necha marta qayta ishlangan va bizga maʼlum nusxasi III asr boshlarida yuzaga kelgan bulsa kerak. III asr boshlarida Aleksandr mavzusiga qaytishga maʼ­ lum tarixiy sharoit sabab bulgan: 222—235-yillari Rim saltanatini Aleksandr Sever idora etgan edi. U ataylab mashhur lashkarboshi nomini tanlab Aleksandr nomi bilan taxtga ótiradi, shu yillari, Sosoniylar davrida Eron yana yirik davlatga aylangan edi. 233-yil Aleksandr Sever Eronga yurish qiladi, vaqtincha ģalabasini katta tantana bilan nishonlaydi, ammo ózi qózg'olon kòtargan lashkarlar tomonidan óldiriladi. Xuddi ana shu yillari Aleksandr obrazi va uning yurishlariga qiziqish kuchay- gan, ana shu tarixiy sharoitda “Aleksandr faoliyati” asari qayta ishlangan bólsa kerak. Asarning muvaffaqqiyati katta buldi, IV asr boshida lotin tiliga tarjima etilib, Qayta-qayta uning qisqartirilgan nusxalari tuzildi, bir qancha Sharq tillariga ham tarjima qilindi (24 tilga ag'darilgan). Roman uch qismdan iborat bólib, birinchi qismda Aleksandrning tuģilishi, yoshligi, ikkinchi qismda yurishlari to Porning asir olinishigacha, uchinchisida —■ Hindistondan qaytishi, Bobilda vafot etishi, Aleksandrning Aristotel va Olimpiadaga xatlari berilgan. Xatlarda Aleksandr kórgan ajoyibotlar, hayvonlar haqida yoziladi. Osiyoliklar Aleksandr Makedonskiyni lskandar Zulqarnayn obrazi orqali yaxshi bilsalar, yevropaliklar lskandar Zulqarnaynni Aleksandr Miikedonskiy orqali taniydilar. Lekin lskandar obrazi bilan Aleksandr Makedonskiy tarixiy shaxsi va obrazi shu kungacha aynan bir narsa deb qarab kelindi. Ushbu darslikning muallifi ham ilgari shunday fikrda edi.1 Mu o'rinda Iskandarni qachondan buyon Aleksandr deb atash boshlandi, degan savol tug'iladi.
Masalaga yaqindan yondashsak, «lskandar - Aleksandr Makedonskiy» term ini XIX asr oxirida paydo bo'lgani oydinlashdi. Buterm in ixtirochilari V.V. Grigoryev, M.M. Lyutov, N.P. ( )sl roumovlar edi. lskandar haqida ilk doston (Firdavsiy) yaratilganiga X asr bo'ldiki, oxirgisi Navoiy (XV asr) o'tdiki, (1885- yilda V.V. ( irigoryev aytgan) lskandar - Aleksandr Makedonskiy degan terminni ilgarigi tarixiy sahifalarda uchratmaymiz. lskandar obrazini tasvirlovchi asarlarda belletristika - go'zal badiiy bo'yoqqa keng e ’tibor berilgan. «Aleksandriya», «Aleksandr haqida roman», «Iskandamoma», «Saddi Iskandariy», «Xiradnomayi Iskandariy», «Oyinayi Iskandariy» kabi asarlarda badiiy ijodiy xayol kuchlidir. Aleksandr haqidagi nasriy namunalarda esa («Aleksandrning yurishi», «Aleksandr Makedonskiy tarixi», «Aleksandr», «Tarixiy kutubxona» va hokazo) tarixiy haqiqatning ko‘lamdor talqinini ko‘ramiz. Endilikda Aleksandr Makedonskiyning tarixiy shaxsi, Aleksandr va lskandar obrazlari xususida jahon olimlari o‘itasida qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Yevropaliklar lskandar Zulqarnayn obrazini o‘rganishda keng va chuqur im koniyatlarga ega bo‘lm aganidek, osiyoliklar A leksandr Makedonskiy tarixiy shaxsi va obrazini o‘rganishda ham on qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.5 Aleksandr Makedonskiyning obrazi va 0 ‘rta Osiyoning antik davrlarini tasvirlovchi Arrian, Kursiy Ruf, Diodor asarlari hali o‘rta osiyoliklar tiliga taijima qilingan emas. Bu holat Aleksandr Makedonskiy va u yashagan davmi o ‘rganish borasidagi imkoniyatlarimizni cheklab qo‘ymoqda. Xuddi, shuningdek, Osiyo xalqlarining ijod durdonalari bo‘lgan lskandar haqidagi asarlaming hammasi ham Yevropa xalqlari tillariga taijima qilinganicha yo‘q. Aynan biz o 'r ta o siy o lik lar A lek san d r M ak ed o n sk iy n i o ‘rg an ish d a qiynalganimizdek ular lskandar Zulqarnaynni o ‘rganishda mushkul vaziyatlarga tushib qolmoqda. Biz masalaning mana shu tomoniga, hali ko'pchilikka m a’lum bo‘lmagan jihatiga e’tibomi jalb qilmoqchimiz. Grek va Rim adiblari Kursiy Ruf, Plutarx, Arrian, Diodor ijodlarida Aleksandr Makedonskiyning 0 ‘rta Osiyodagi hayoti keng va batafsil tasvirlanadi. Biz uchun muhimi Aleksandr Makedonskiyning 0 ‘rta Osiyoga kelgan davri xarakterini o ‘rganishdir. Bundan ko'rinadiki, Aleksandrning tarixiy shaxsi va hayotini o‘rganish bahonasida antik davmi va undan keyingi davrlarni ham o‘rganish imkoni tug‘iladi.
0 ‘rta Osiyoning antik davrlari haqida gap ketganda, bevosita Aleksandr Makedonskiy va u bilan bog'liq voqealarni eslaymiz. Grek va Rim adabiyotining yorqin sahifasi hisoblangan «Aleksandr Makedonskiy tarixi», «Aleksandrning yurishi», «Tarixiy kutubxona» asarlarini o ‘qisak, ko‘proq 0 ‘rta Osiyoning antik davrlari ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Hatto Aleksandr Makedonskiyni ham bir muddat unutib qo‘yib, qadimgi davrlardayoq gullab yashnagan, hozirda ham yashab kelayotgan tarixiy shaharlar «ichiga kirib qolam iz, tanish daryolarda suzamiz, qadrdon tog'larning cho‘qqilariga chiqamiz, go‘zal va bepoyon vodiylar quchog‘ida bo‘lamiz. Milliy faxrimiz va g‘ururimiz bo‘lgan Spitamen bilan uchrashamiz». Qarangki, qadim davrlarda bosqinchi yovlarga qarshi mardonavor kurashib kelgan Spitamendek vatanparvar o‘g‘lonlarimiz o‘tgan, u «yengilmas kuch», «qudratli kuch» deb nom olgan Aleksandrni tahlikaga qo‘yib, unga katta talafotlar yetkazgan ekanki, bu haqda o‘zimizda hech bir tarixiy yozuv saqlanib qolmaganligi bizni Kòp tashvishga soladi. Spitamen jasorati bilan ham grek va Rim adabiyoti namunalari orqali tanishish sharafiga muyassar bòlamiz. Bundan ko'rinadiki, Aleksandmi o'rganish borasida u bilan b ogiiq davrni o'rganamiz, undagi ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan yaqindan tanishamiz, adabiyot va san’at namunalarini bilib olamiz. Aleksandr bahonasida Kvint kursiy Ruf, Plutarx, Arrian, Diodor, Strabon kabi grek va Rim adiblari va ularning ijodi bizga tanish bo‘lib qoldi, hatto boshqa grek va Rim udiblariga qaraganda bu ijodkorlami biz o‘zimizga yaqin olamiz. Aleksandr huqida asar yozganliklari uchun emas, 0 ‘rta Osiyoning antik davrlarini lasvirlaganliklari uchun ham bu adiblar biz uchun ardoqli va mo'tabardir , biz o'rta osiyoliklar, bobokalonlarimizning antik davrlari haqida mana shu adiblar ijodi orqaligina yozma manbaga egamiz. Qadimgi davrlarda o‘tgan atoqli sarkardalar ichida A leksandr Makedonskiyning nomi butun dunyoga m a’lum va mashhurdir. Yer kurrasining eng chekka o‘lkalarigacha dong‘i ketgan bu shaxs yashab o‘tgan davr bilan bizning zamonamizni yigirma uch asr ajratib turadi. Bu davr mobaynida u haqda juda ko‘plab asarlar yaratildi. Uning hayoti va faoliyati tasvirlangan, tatbiq etilgan badiiy hamda ilmiy asarlar yuzaga keldiki, hali hech bir tarixiy shaxs haqida bunchalik ko‘p asarlar yuzaga kelmagan bo‘lsa kerak. Biroq, oradan yigirma uch asr o‘tgan bo‘lsa ham, Aleksandr Makedonskiy haqida badiiy va ilmiy asarlar yaratish nihoyasiga yetganicha yo‘q. Bunday yaratuvchilik, ixtirochilik yana davom etaveradi. Yillar o ‘tgan sayin bu masalaga e ’tibor ortm oqda, qiziqish yana kuchaymoqda. Tadqiqotchilar bu ikki obraz tahlili orqali juda ko‘plab chigal masalalami hal qilmoqdalar, munozara va bahslar davom etmoqda.


Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling