O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili filologiyasi fakulteti


II.2.1 Sharq adabiyotiga Iskandar obrazining kirib kelishi


Download 58.19 Kb.
bet4/7
Sana10.02.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1188172
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lobar 2

II.2.1 Sharq adabiyotiga Iskandar obrazining kirib kelishi.
Aleksandr Makedonskiy tarixi va shaxsi Sharq badiiy adabiyotiga tólaqonlisyujet va timsol sifatida X — XI asrlarda kirib keldi. Bu davrga kelib Markaziy Osiyo, Xuroson va Eron arablar bosqinchiligi natijasida yuz bergan inqirozdan anchagina óziga kelgan, qisman bólsada, milliy mustaqillikka erishgan, endilikda umuman mustaqillik uchun kurash muammosi turar edi. Ana shu tarixiy sharoitda milliy ong òsdi, natijada qahramonona ótmishga qiziqish ortdi. Abulqosim Firdavsiyning mashhur “Shohnoma,,si xuddi ana shu davrda vujudga keldi. Firdavsiy óz asarida Aleksandr voqeasini tasvirlashda tarixiy asarlardan kòra Sohta Kallisfen asariga suyanadi. Iskandar Filipp va Olimpiadaning óģli emas, Filippning nabirasi, Doroning óģli, Doroning akasi, demak, Eronning qonuniy shahanshohi. Voqea Doro Bahman bilan Filipp òrtasidagi jang, Makedoniya shohining yengilishi, oltin tuxumdan boj tulashni bóyniga olishdan boshlanadi. Aleksandrning boj tólashdan bosh tortishi, natijada nizo va urushlar kelib chiqishi, undan keyingi voqealar ham ”Aleksandir faoliyati" mazmuni tarzida boradi. Farqi shundaki, Doro va Iskandar timsollari asarda bir-biriga qarama-qarshi qòyiladi.
Doro hech kimning maslahatiga quloq solmaydigan, manmanlikka berilgan shaxs. Iskandar esa Aristotelning shogirdi, faylasuf. Doro zardusht , Iskandarni esa xristian deb ataydi. Firdavsiy “Shohnoma”da Eron yilnomalari va “Aleksandr faoliyati” elementlarini kontaminatsiyalashtirish natijasida mustaqil mazmun yaratdi. Firdavsiy nusxasida tarixiy Makedoniya shohi Aleksandr ismidan boshqa hech nima qolmaydi. Doroning esa Tabariyda kursatilgan salbiy xususiyatlarini Firdavsiy kamaytiradi. Firdavsiy yaratgan Iskandar ideal shoh ham, bosqinchi ham emas, Eron taxtining qonuniy merosxòri, nimaiki qilmasin, Eron manfaatini kòzlaydi, Doro bilan ham birodardek vidolashadi.
Firdavsiy asaridagi Iskandar Eron shahonshohlarining biriodardek vidolashadi. Firdavsiy asaridagi Iskandar Eron shahonshohlarining biri Firdavsiy Iskandar voqeasini tasvirlashda qahramonlik eposi anʼanalariga suyangan. Shuning uchun ham dostonlarda bòlganidek, qahramon psixologiyasi ochib berilmagan, qotib qolgan holatda, ichki kechinmalarning faqat yuzaki belgilarigina tasvirlangan. Voqea boshida ham, oxirida ham u olijanob jangchi, fotih faylasuf-donishmand, sarguzashtlarga intiluvchi, Ham berahm bosqinchi, ayni vaqtda kòngli bósh inson deb ta'riflaydi . Yaqin va Órta Sharq klassik adabiyotining buyuk vakillaridan biri bólmish Muslihiddin Saʼdiy Sheroziyning (1184—1292) axloqqa oid asarlaridan "Guliston“da ham Iskandar hikoyati bor. ”Guliston“ning birinchi bobi ”Podshohlar odati bayoni“ning oxirgi hikoyatida Iskandar voqeasidan pand-nasihat uchun ”fuqarolarga ozor bermaydigan shoh" sifatida foydalanadi. 8 Adab haqidagi adabiyotlardagi Aleksandir talqini ham keyingi davr adabiyotidagi Iskandar faylasuf, Iskandar — adolatli shoh timsolining yaratilishiga asos bólgan bólsa kerakAleksandr timsolining avvalgi talqinidan farqli òlaroq, Firdavsiy Iskandari ziddiyatli shaxs. Uning intilishlari, osmon, suv osti, abadiy zulmat yurti sirlarini anglab yetishga harakat qilishi bilan imkoniyati òrtasida katta masofa bor. Hind braxmanlari, gapiruvchi daraxtlar, qushlar, oltin taxtdagi murdalarning hammasi Iskandarga bu dunyoning bevafoligi haqida gapiradilar, u yolgiz, uni hech kim tushunmaydi, nima maqsadda shunchalik qon tókishlar, vayronagarchiliklar bóldi aniq emas, Firdavsiy qahramonida ikki qahramonona davrga xos bulgan epik qahramon ideali bilan islom òrta asriga xos bulgan tarkidunyochilik ideali tóqnashadi. Lekin bu tóqnashuv fojiali emas, epik qahramon va diniy tushunchalar ham bir davr mahsuli. Shuningdek Abul Fazl Bayhaqiy Iskandar óz maqsadiga erishish uchun hech qanday makkorlikdan qaytmagani, Doro va For (Por) ustidan galaba qozonish uchun turli qabihliklar qilganini yozadi.
Abul Fazl Bayhaqiy Iskandar óz maqsadiga erishish uchun hech qanday makkorlikdan qaytmagani, Doro va For (Por) ustidan galaba qozonish uchun turli qabihliklar qilganini yozadi. Olim Iskandar obod mamlakatlarni zabt etdi, lekin birontasini idora etmadi, shohning vazifasi ebod etish va idora etish, u esa dunyodan shamoldek ótib ketdi, “yozgi bulutdek tezlikda taralib ketdi” , deydi. Tarixchi Iskandar tarixini ózi xizmat qilgan ģaznaviylarga ibrat bòlsin uchun keltiradi. Aleksandr faoliyati“ asarini kópincha tarixiy roman deydilar. Ammo antik davrning biror bir janrida uning óxshashini topib bòlmadi. Bu asarda tarixiy material zamonaviy muammolarni hal etish uchun xizmat qildirilgan. Shunchalik faol, harakatchan shaxsning qilmishlari baxt keltirdimi, Aleksandr tóģri ish qildimi? Asarda bu savolga javob yuq, Rim hukmronligining afgorlik davrida odam óz kuchiga ishonishdan boshqa chora yuq har bir inson uz imkonidan kelib chiqib baxtini topadi, degan xulosa chiqarish mumkin. Yunon va Rim tarixchiligi va adabiyotida Aleksandr shaxsi va yurishlariga qiziqish butun antik davrda davom etadi, ammo bulardan Aleksandr tarixi va timsoli haqida anʼanaga aylanib qolgan maʼlum bir konsepsiya yaratilmadi, mualliflarning siyosiy, falsafiy, axloqiy qarashlaridan kelib chiqqan holda shoh timsoli turli talqinda beriladi. Bu órinda V asr Rim muallifi Oroziyning ”Maʼjusiylarga qarshi yetti tarix kitobi“ xarakterlidir. Adib Aleksandir faoliyatiga yuqori baho berish bilan ”Aleksandirni odam qoni bilan tóydirib bulmas edi, u hammavaqt odamning yangi qoniga tashna edi, xoh u dushmanlariniki, xoh u dóstlariniki bólsin“, deydi. Oroziy xulosa qilib, ”butun dunyoni zabt etgan qahramonlik davri, Aleksandir davrini maqtash kerakmi yoki u keltirgan vayronagarchilik, dunyoni larzaga solgan qilmishlarini maqtash kerakmi? Óz baxtini boshqalar baxtsizligidan topishni maqtovga sazovor qahramonlik deb hisoblovchilar hali ham oz emas", deydi. Aleksandirga bólgan ana shunday qarama-qarshi munosabat Yevropada butun Órta asr davrida ham davom etdi.
Sharq adabiyotida lskandar obrazining kelib chiqishi va uning paydo bo'lishi haqidagi ko'pgina tadqiqotchilarning fikrlari aniq tarixiy va ilmiy likrlarga asoslanmagan. Sharqda lskandar obrazining yaratilishi tarixi bir tomondan islomning muqaddas kitoblariga, jum ladan, «Qur’on»ga, ikkinchi tomondan, xalqning boy og'zaki ijodiga bog'lanishi to'g'ri izohlab Ih-i ilmoqda. Biroq, ayrim tadqiqotchilar dalillanmagan fikrlariga asoslanib, hii obrazning paydo bo'lishida Aleksandr Makedonskiy tarixiy shaxsi va obrazining ta’siri katta ekanligini taxmin qilmoqdalar.9
Saljuqiylar sulolasidan bòlgan Malik shoh ibn Muhammadning (1072—1092) vaziri Nizomulmulk tomonidan yaratilgan mashhur “Siyosatnoma”da ham Aleksandir haqida fikr yuritilib, Doroning mag'lubiyati, uning ólimi haqida tóģri maʼlumotlar beriladi. Asarda agar malikalar davlat ishiga aralashsalar, erlari ularning sózlari bilan ish kursalar yaxshilik kelib chiqmasligi haqida ham yozilib, Aleksandirni misol qilib keltiradi. Unga Doroning asir bulgan oila aʼzolari orasida katta qizi benihoyat gòzalligini taʼriflaganlarida Aleksandr ʻMen ularning erlari ustidan galaba qozondim, ularning ayollari bizning ustimizdan g'alaba qozonishi tuģri bòlmaydi“ , deydi. Bu òrinda ham Aleksandir qilmishlaridan hokimlarga ibrat, ògit sifatida foydalanilgan.
Xuddi ana shu yónalish keyinchalik Sharqda yaratilgan ʻIskandarnoma”lar yónalishini aniqlab berdi. Aleksandr Makedonskiy Sharq xalqlari adabiyoti va oģzaki ijodining eng sevimli qahramoni. Lashkarboshining tug'ilishidan to ólimigacha bólgan hayot yóli turli afsonalar bilan boyitilgan. Sharq xalqlarining sevimli qahramoniga xos xususiyatlarning hammasi-olijanoblik, odob, bilimga tashnalik, yengilganlarga, umuman mazlumlarga nisbatan rahmdil bólish, ajoyib jasorat, qahramonlik, tadbirkorlik, kóp joylarni bilish, kórish, zabt etishga intilish kabilar uning shaxsida mujassamtashgan edi. Tarix osmonida u meteordek ótib ketishiga qaramay, haligacha uning nomi katta qiziqish uyģotadi.
Shuning uchun Aleksandir haqida faqat tarixiy, badiiy asarlardagina emas, balki diniy asarlarda (Bibliya, Qur'on) adm maʼlumotlar berilgan. Abul Fazl Bayhaqiy Iskandar óz maqsadiga erishish uchun hech qanday makkorlikdan qaytmagani, Doro va For (Por) ustidan galaba qozonish uchun turli qabihliklar Qilganini yozadi.
Olim Iskandar obod mamlakatlarni zabt etdi, lekin birontasini idora etmadi, shohning vazifasi ebod etish va idora etish, u esa dunyodan shamoldek ótib ketdi, “yozgi bulutdek tezlikda taralib ketdi” , deydi. Tarixchi Iskandar tarixini ózi xizmat qilgan ģaznaviylarga ibrat bòlsin uchun keltiradi. Saljuqiylar sulolasidan bòlgan Malik shoh ibn Muhammadning (1072—1092) vaziri Nizomulmulk tomonidan yaratilgan mashhur “Siyosatnoma”da ham Aleksandir haqida fikr yuritilib, Doroning mag'lubiyati, uning ólimi haqida tóģri maʼlumotlar beriladi. Asarda agar malikalar davlat ishiga aralashsalar, erlari ularning sózlari bilan ish kursalar yaxshilik kelib chiqmasligi haqida ham yozilib, Aleksandirni misol qilib keltiradi. Unga Doroning asir bulgan oila aʼzolari orasida katta qizi benihoyat gòzalligini taʼriflaganlarida Aleksandr ʻMen ularning erlari ustidan galaba qozondim, ularning ayollari bizning ustimizdan g'alaba qozonishi tuģri bòlmaydi“ , deydi. Bu òrinda ham Aleksandir qilmishlaridan hokimlarga ibrat, ògit sifatida foydalanilgan. Xuddi ana shu yónalish keyinchalik Sharqda yaratilgan ʻIskandarnoma”lar yónalishini aniqlab berdi.
Aleksandr Makedonskiy Sharq xalqlari adabiyoti va oģzaki ijodining eng sevimli qahramoni. Lashkarboshining tug'ilishidan to ólimigacha bólgan hayot yóli turli afsonalar bilan boyitilgan. Sharq xalqlarining sevimli qahramoniga xos xususiyatlarning hammasi-olijanoblik, odob, bilimga tashnalik, yengilganlarga, umuman mazlumlarga nisbatan rahmdil bólish, ajoyib jasorat, qahramonlik, tadbirkorlik, kóp joylarni bilish, kórish, zabt etishga intilish kabilar uning shaxsida mujassamtashgan edi. Tarix osmonida u meteordek ótib ketishiga qaramay, haligacha uning nomi katta qiziqish uyģotadi. Shuning uchun Aleksandir haqida faqat tarixiy, badiiy asarlardagina emas, balki diniy asarlarda (Bibliya, Qur'on) adm maʼlumotlar berilgang uchun bulsa kerak, K. E. Bertels “Iskandar timsoli aniq shakillanmagan” - deydi.


Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling