O’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 0.7 Mb.
|
203-guruh Kenjayeva Sevinch
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
Ko’kdala tumani- Qashqadaryo viloyatida yangi Ko‘kdala tumani tashkil qilindi. Chiroqchi tumanida istiqomat qilayotgan 420 ming nafar aholining 176,3 ming nafari, ya’ni 32 ta mahallada yashayotgan qismi mazkur tuman tarkibiga o‘tkaziladi. Chiroqchi tumaniga 1926 yilda asos solingan bo‘lib, aholisi 420 ming kishini, umumiy yer maydoni 2,8 ming km2 ni tashkil etadi. Bugungi kunda tumanda jami 2 137 ta korxona, shundan 324 ta sanoat korxonasi mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2021 yilda 7,4 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Shuningdek, tumanda 45 mingdan ortiq tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 230 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 93 mingdan ortiq o‘quvchisi bo‘lgan 234 ta umumta’lim maktabi hamda 8 ta oilaviy poliklinika faoliyat yuritib kelmoqda. 3.Hududning nomi va ma'nolarini imkoniyat doirasida izohlash. Javob: Ko’kdala - ko’k, maysa, yashillik ma’nosini anglatadi. Ota bobolarimiz bu joyning yam-yashil joylari boshqa joylarga nisbatan ko’p bulgani uchun Ko’kdala deb nomlashgan va bundan tashqari poliz ekinlari ham ko’p bo’lgan. 4.Sheva vakillarining o‘ziga xos urf-odatlarini birma-bir yozib olish. Javob: Bu hudud aholishining urf odatlari Navruz bayramida Sumalaklar pishirish, turli xil o’yinlar o’tkazish : Kurash ,arqon tortish, qizlar poygasi, ayollar poygasi, o’g’il bolalar poygasi, savol-javoblar, mishoira, sherebom kabi bir qancha o’yinlar o’tkaziladi. To’ylarda kelin va kuyov uyga kelganda mashinaning yuliga olov yoqish,chimildiqda it hirillash, choch siypatish, oynaga qaratish, xuroz qichqirdi kabi marosim va urf odatlar ham bor(xuddi Alpomish dostonidagi kabi} 5.Qishloq vakillarining qadriyatlarini matnlarda yozib olib, izohlash. Javob: Matn. Navrо‘z - olam yasharadigan, dehqon umidu ishonch bilan yerga baraka urug‘i qadaydigan, chо‘ponlar tо‘l olib, qо‘y-qо‘zilari, echki-uloqlarini yashil yaylovga yoyadigan, yoshu qari gо‘zallikni, ezgulikni, shodlik va quvonchni, hayotga, yashashga istakni, orzu-umidlarni, mehru oqibatni dilga tuyadigan saodatli, farahbaxsh kundir. Uning tantanalari qadimda bir oy davom etgan. Yoshi tо‘rt ming yildan kam emasligi asoslangan, isbotlangan. Navruz bayrami Qashqadaryo viloyatining eng birinchi qadriyatlaridan biridir. Navruz bayramida bu hududning milliy an’analari va aholisining umumiy turmush tarsi haqda ma’lumot olishimiz mumkin. Matnda keltirilgam cho’pon, dehqon, yaylov so’zlari aholi turmush tarzidan va ularning faoliyatidan xabar beradi. 6.Muhim voqealarni shu yerlik aholi nutqi misolida izohlab ko‘rsatish. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling