O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Download 5.53 Mb.
bet90/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

ekin”. Yuqorida qayd etib oʻtganimizdek, moxov qargʻish soʻz vazifasini ham bajaradi. Moxov soʻzi qargʻish ma‘nosini ifodalaydigan oʻrinlar ham mavjud. Masalan: ―Nega jim turibsizlar, uringlar, moxov boʻlgurni!”
Teri kasalliklaridan yana bir kuydirgi kasalligi hisoblanadi. Kuydirgi hayvonlar va odamlar uchun o‗ta xavfli yuqumli kasallik hisoblandi. Odatda chorvachilik rivojlangan hududlarda uchraydi. Shu kasallik bilan chalingan hayvonlardan insonlarga oʻtadi. Ushbu teri kasalligiga nisbatan ilohiy olov, Fors olovi, Eron olovi kabi perifrazalar ham ishlatiladi.
Kuydirgi kasalligi ham oʻzining shakldosh variantiga ega soʻz hisoblanadi, ya‘ni uning soʻkinish sifatida qoʻllanilish shakli ham mavjud. Anorboyevning ―Oqsoy‖ asarida kuydirgi soʻzi vulgarizm sifatida qoʻllanilgan: ―Ha, seni tilingga kuydirgi chiqqur. Aynan shu asarning oʻzida kuydirgi leksemasi kasallik ma`nosida ifodalangan: ―Ammo baxtiga kuydirgi chiqqan ekanmi, xuddi shu kabinetga Joʻrabekov momaqaldiroqday gumburlab kirib keldi‖.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, teri kasalliklari bilan bogʻliq nomlarning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, odatda ular teri yuzasida hosil boʻlish oʻrni, rangi, tusi, belgilariga qarab nomlanadi. Ularning tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqi soʻzlarning etimologiyasi, qoʻllanilish oʻrni, xususiyatlariga bogʻliq hisoblanadi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling