O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so ʻzlar
- H a, B o tir aka, hozir odamlar moxovdan hazar qilgandek mendan qochishadi
SOHA LINGVISTIKASIDA YECHIMINI KUTAYOTGAN MUAMMOLAR
TERI KASALLIKLARINI IFODALOVCHI TIBBIY LINGVISTIK BIRLIKLARBaxriyeva Umrisino Maxsud qizi, BuxDU magistranti Annotatsiya. Maqolada tibbiy atamalar sifatida qoʻllaniladigan teri kasalliklari bilan bogʻliq terminlar xususida soʻz yuritilgan boʻlib, ularning lingvistik jihatdan tahlili amalga oshirilgan. Teri kasalliklar bilan bogʻliq atamalarning etimologiyasi, qoʻllanilish oʻrni va izohi keltirilib, mohiyatan asoslanilgan. Kalit soʻzlar: teri kasalliklari, atamalar, tibbiyot, tibbiy lingvistika, tibbiy birliklar, etimologiya, izoh, til, tilshunoslik Tibbiy terminlarni tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilish ularning mohiyatini ochib berishga, mazmunini ifodalashga, izohlarini yoritishga yordam beradi. Tibbiy atamalarning yoʻnalishlariga koʻra turli sohalari mavjud boʻlib, ularda qoʻllaniladigan terminlar ham sohalarga mutanosib ravishda turli xildir. Jahon lingvistikasida ushbu yoʻnalish boʻyicha dastlabki ma‘lumotlar miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Jumladan, Rim faylasuflaridan biri Aulus Selsus teri kasalliklarini ularning oʻziga xos xususiyatlaridan, teridagi koʻrinishi va belgilaridan kelib chiqqan holda nomlagan. Keyinchalik Selsus ishini davom ettirgan venerolog sifatida Vesalius, Harvey, Sidenhem kabi olimlar nomi qayd etiladi. Miloddan keyingi davrlarda teri kasalliklari atamalariga tilshunoslik nuqtayi nazaridan yondashgan Davi Ellen Chabner nomi bilan bogʻlanadi. Dermatovenerologiya tarixida Abu Ali Ibn Sinoning xizmati kattadir. Uning teridagi oʻzgarishlar va kasalliklar toʻgʻrisidagi fikrlari hozirgi zamon dermatovenerologiya fanining yutuqlari qatoridan joy egallagan. Ibn Sino tibbiyot masalalarini, xususan, teridagi kasallik masalalariga falsafiy nuqtayi nazardan qaraydi. Shuningdek, asl isbot va noasl isbot masalalariga toʻxtalib, asl isbotda yondashish lozim boʻlgan, noasl isbotda esa cheklanish zarurligi xususida oʻz qarashlarini ifodalaydi. Ibn Sino kasalliklarni murakkab jarayon sifatida baholaydi. Odatda kasallikning sababini davolashni tibbiyotning asl mohiyati sifatida belgilaydi. Ibn Sino teri kasalliklarining kelib chiqishida asab tizimi faoliyatining ahamiyati katta ekanligini ta‘kidlagan. U bemorlarni ruhiy ta‘sir etish yoʻli bilan davolashni taklif qilgan. Oʻzbek tilshunosligida ham tibbiyot lingvistikasini rivojlantirish yoʻlida amaliy tadqiqot olib borgan M.Q.Abduzalova, N.I.G‗aybullayeva kabi olimalar nomini e‘tirof etish lozim. Teri kasalliklari – teri bilan bogʻliq kasalliklar hisoblanib, ularga misol sifatida chechak, kuydirgi, moxov, qizamiq, suvchechak va shu kabi qator kasalliklar nomini kiritish va tahlilga tortish mumkin. Ularning har birini oʻziga xos nomlanish etimologiyasi, izohi mavjud boʻlib, quyida birma-bir tanishib chiqamiz. Chechak kasalligi kuzatilganda badanga suvli pufakchalar toshib, isitma chiqadi, odatda, bolalarda koʻproq uchraydigan ogʻir yuqumli kasallik hisoblanadi Vikipediya ochiq ensiklopediyasida chechak kasalligi bilan bogʻliq quyidagi ma‘lumotlar keltiriladi: ―Bu davrda peshona, soch, yuz, qoʻl panjasida haqiqiy chechak toshmasi – mayda dogʻga oʻxshash toshmalar paydo boʻladi, ertasiga ular qizgʻish tugunchalar (papula)ga aylanib, butun badanga tarqaladi. Keyin tugunchalardan pufakchalar (vezikula) hosil boʻladi va yiring boylaydi‖ [4]. Chechak kasalligi xususidagi dastlabki fikrlar Roziyning ―Kitob ul-judariy val-hasba‖ asarida keltirilib, unga olim oʻz nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda yondashadi. Chechak kasalligining lingvistik ta‘rifiga toʻxtaladigan boʻlsak, ushbu nomning tilshunosligimizda oʻz omonimiga ega ekanligini koʻrishimiz mumkin. Birinchi ma‘nosi chechak – oʻsimlik, gul ifodasi, gulning bir turi sifatida qaralsa, ikkinchi bir ma‘nosi chechak – kasallik nomi. Xalq orasida ham chechak kasalligining aynan gul kabi koʻrinishga ega ekanligi uchun shunday nom olganligi haqida qarashlar mavjud. Oʻzbek jadidchilik adabiyotining zabardast vakillaridan biri Abdulla Qodiriyning ―Mehrobdan chayon‖ asarida ―Agar oʻzingizga chechak chiqqan boʻlsa, sezarsiz: misoli gʻalvirak bodom‖ tarzida ifodalanadi. Qizamiq kasalligiga vikipedia nomli onlayn ochiq lugʻatida quyidagicha ta‘rif beriladi: ―Oʻtkir yuqumli kasallik; gavda trasining koʻtarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yoʻllari va koʻz shilliq pardasining yalligʻlanishi hamda badanga qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi bilan kechadi‖ [4]. Qizamiq soʻzining oʻziga xos etimologik shakli mavjud. Soʻz asosi ―qizil tus olmoq‖ ―qizarmoq‖ ma‘nosini ifodalovchi ushbu leksema tarixan shakllangandir. Jumladan: qiz+a=qiza-muq>qizamiq. Mahmud Koshgʻariyning ―Devonu lugʻotit-turk‖ asarida bu soʻz qizlamuq shaklida qoʻllangan. Bugungi kunga qadar qator oʻzgarishlarni ―boshidan kechirgan‖ ushbu soʻz hozirda qizamiq koʻrinishiga ega. Ibrohim Rahimning ―Chin muhabbat‖ asarida ushbu soʻz ishtirok etgan namunani keltirsak: ―Onaning nazarida, qizining yuziga qizamiq toshib, shabadada suvlanib ketganga oʻxshardi” [3]. Nuriyning ―Osmon ustuni‖ asarida qizamiq tibbiy lingvistik birligi quyidagicha ifodalanadi. Masalan: ―Urush davridagi qizamiq Asqar otaning bir yoʻla uch qizini tutday toʻkib ketdi” [3]. Xalqimiz orasida qizamiqning oʻziga xos tabu varianti mavjud, ya‘ni uning ―gul‖ deb nomlanishi ham kasallikning el orasida yomon, xavfli kasallik xususidagi qarashlar shakllanganligidan dalolat beradi. Qizil nuqtachalar va dogʻlardan iborat boʻlgan ushbu teri kasalligining qadimda davosi boʻlmagan. Bugungi zamonaviy tibbiyotda esa ushbu teri kasalligiga qarshi bolalar oʻz vaqtida emlanadi. Shu kasallik bilan kasallanish holatlari kuzatilganda yoshi katta va kichik boʻlishidan qat‘iy nazar bu jarayon yengil kechadi. Oʻz-oʻzidan anglashiladiki, kasallikning nomlanishi va unga nom berilishi bevosita terida aks etgan belgilar bilan bogʻliqdir. Vikipedia onlayn lugʻatida moxov kasalligining ta‘rifi quyidagicha keltirilgan. ―Butun organizmni, xususan, teri va nerv sistemasini hamda ichki a‘zolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik‖ [3]. Moxov leksemasining lingvistik tadqiqiga toʻxtaladigan boʻlsak, uning arab tilidan kirib kelgan leksik birlik ekanligiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Moxov soʻzi arabcha ―maxv‖ soʻzidan olingan boʻlib, ―yoʻq qilish, chetlatish‖ ma‘nosini ifodalaydi. Oʻzbek tilida moxov soʻzi faqat kasallik nominigina ifodalamaydi. Balki, oʻzining omonimlik xususiyatini ham aks ettiradi. Jumladan: Moxov – kasallik (kasallik nomini ifodalovchi birlik); Rasvo, chatoq, yaramas; Qargʻish ma‘nosini ifodalovchi soʻz. Moxov soʻzining yuqoridagi ma‘nolarini izohlash va asoslash maqsadida quyida har biriga misol keltiriladi. Said Ahmad asarlaridan birida moxov soʻzi kasallik ma‘nosida qoʻllanilgan: ―Ha, Botir aka, hozir odamlar moxovdan hazar qilgandek mendan qochishadi‖. Gazetadan olingan ushbu misolda esa moxov leksemasining boshqa ma‘nosi aks etgan: ―Dod deganda ham gap shuki, qiyin ekin, moxov Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling