O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O„TKAN KUNLAR” ROMANI MATNINI AVTOMATIK- SEMANTIK RAZMETKALASH MASALASI
Foydalanilgan adabiyotlar:Mirahmedova Z.O‗zbek tilining anatomiya terminologiyasi va uni ta rtibga solish muammolari. – Toshkent: Fan, 2010. – 127 b. Rahmatullayev Sh.O‗zbek tilining etimologik lug‗ati .– Toshkent , 2000. 600 b. O‗zbek tili grammatikasi. –Toshkent,1975. O‗zbek tilining izohli lug‗ati . – Toshkent, 2006. Qosimov.A. Tibbiy terminlar izohli lug‗ati. I jild. – Toshkent,2004. 6. Ruscha-lotincha- o‗zbekcha tibbiy terminlar lug‗ati. – Toshkent: Kamalak – Xazina,1996. 527b. Tibbiyot qomusiy lug‗ati. ‒Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati,199 4.- 291b. “O„TKAN KUNLAR” ROMANI MATNINI AVTOMATIK- SEMANTIK RAZMETKALASH MASALASIXayrulloyeva Gulasal Fayzullo qizi, BuxDU o‗qituvchisi Annotatsiya. Jahon tilshunosligida kompyuter va korpus lingvistikasi muammolarini o‗rganish jarayoni XX asrning 40- yillarida boshlanib, 60-yillarda jadallashdi, XXI asr boshlarida millionlab so‗zlardan iborat til korpuslari paydo bo‗ldi. Avtomatik tarjima, tezaurus, elektron lug‗atlardan foydalanish imkoniyati kengaydi, ilmiy-nazariy asoslari yaratildi, amaliyotda qo‗llana boshladi. Mazkur yangilanishlar axborot texnologiyalarini tilshunoslikka tatbiq etish bilan bog‗liq istiqbolli ilmiy yo‗nalishlar paydo bo‗lishiga yo‗l ochdi. Bu esa atov birliklarini korpus materiali sifatida razmetkalash tamoyillarini o‗rganish zaruratini kun tartibiga qo‗ydi. Ushbu maqolada ―O‗tkan kunlar‖ romanidagi metafora, sinekdoxa, leksik-frazeologik sinonimlarning razmetkalari aks ettirilgan. Kalit so„zlar: razmetkalash, avtomatik tarjima, tezaraus, elektron lug‗at, til korpusi, korpus materiali, sinekdoxa, metafora, teglash D unyo tilshunosligida XXI asrga kelib, korpus lingvistikasini ilmiy-nazariy jihatdan o‗rganish harakati kuchaydi. Kompyuter lingvistikasi yo‗nalishida avtomatik tarjima sifatini yaxshilash, har bir tilga oid so‗zlarni lemmalash va razmetkalash nazariyasi, algoritmi hamda lingvistik ta‘minotini yaratish, matn tahlil qilish, razmetkalash, tarjima qilish dasturlari tuzish jahon tilshunosligida dolzarb masalaga aylandi. Tilshunoslikda, xususan, kompyuter lingvistikasi sohasida korpus birliklarini semantik teglash, teg modellari, razmetkalash algoritmini ishlab chiqish, shu asosda avtomatik semantik razmetkalash dasturini ishlab chiqishga zarurat sezilmoqda. Istiqlol yillarida kompyuter lingvistikasida avtomatik tarjima, sun'iy intellektning o‗zbek tilini tushunish va qayta ishlashiga erishish borasida talay ishlar amalga oshirilgan. Mamlakatimizda davlat tiliga e'tibor ma‘naviyatga e'tiborning ustuvor yo‗nalishlaridan biri darajasiga ko‗tarildi. Shu boisdan, ona tilimizni asrab-avaylash, boyitish, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga o‗zbek tilining zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimida keng qo‗llanishiga erishish kechiktirib bo‗lmas masalaga aylandi. Korpus lingvistikasi istiqbolli ilmiy yo‗nalish ekanligini inobatga olgan holda o‗zbek tili milliy korpusini yaratish, lingvistik modellarni tuzish singari masalalarni zamonaviy ilmiy tamoyillar asosida tadqiq etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Muammoning o‗rganilganlik darajasi. Jahon tilshunosligida korpus sohasidagi maqsadli tadqiqotlar XX asrning 40-yillarida Blumfild, Friz va Bondjerslar tomonidan boshlangan. N.Frensis va G.Kuchera ilk marta korpus tuzish prinsiplarini ishlab chiqqan. Rus tilshunosligida V.P.Zaxarov, A.B.Kutuzov, ye.V.Nedoshivina, V.V.Rikov, V.A.Plungyanlar korpus, uning turlari, korpus tuzish va teglash tamoyillari borasida tadqiqot olib borishgan. Korpus birliklarini leksik-semantik teglash muammolari G.I.Kustova, O.N.Lyashevskaya, ye.V.Paducheva, ye.V.Raxilina, Yu.D.Apresyan, L.L.Iomdin, A.V.Sannikov, V.G.Sizov tadqiqotlari predmeti bo‗lgan. O‗zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi, matnga leksikografik ishlov berish va lingvostatistik tahlil etish borasida muayyan tadqiqotlar amalga oshirilgan. A.Q.Po‗latov, S.M.Muhammedov, N.K.Ayimbetov, S.Muhamedova, S.A.Karimov, G.U.Jumanazarova, A.Babanarov, D.B.O‗rinboeva, N.Z.Abdurahmonova, A.M.Norov va boshqalarning izlanishlarini ana shunday ishlar sifatida qayd etish o‗rinli. Bu tadqiqotlar matnni innovatsion yondashuv – kompyuter lingvistikasi yutuqlari yordamida leksikografik va lingvostatistik tadqiq etishning zamonaviy usullari xususida zaruriy tavsiyalar bera olganligi bilan dolzarblik kasb etgan. O‗zbek tilshunosligida korpus, uning o‗ziga xos xususiyati, ijtimoiy, leksikologik, ta‘limiy ahamiyati, korpus turlari, mualliflik korpusining lingvistik qimmati, o‗zbek tili mualliflik korpusini yaratishning lingvistik asoslari masalalari Sh.M.Xamroyeva, o‗zbek tili korpuslari uchun sinonim so‗zlar bazasi A.A.Eshmuminov, D.Axmedova, G.Toirova[1:18] tomonidan tadqiq etilgan. Semantik razmetkalar tizimini ishlab chiqish uchun til birliklariga izoh beruvchi konstanta va operator/klassifikator razmetkalar aniqlanadi. Konstanta va operator razmetkani biriktirish uchun so‗zlarni mazmuniy maydon hamda lug‗aviy mikrosistemalarga ajratish talab qilinadi. O‗zbek tilshunosligi bu yo‗nalishda ancha tajriba va natija, axborot bankiga ega. Dastavval, o‗zbek tili birliklariga operator razmetka vazifasini o‗tay oladigan lug‗aviy mikrosistema yoki LMGlarni saralaymiz. Hozirgi o‗zbek adabiy tilida leksik qatlamning bir qancha leksik-mavzuviy guruhlari ajratilgan hamda ularga kiradigan leksemalar belgilab berilgan. Manbalarda hozirgi o‗zbek adabiy tilida turkiy leksika qatlami bir qancha leksik-mavzuviy guruhlarga ajratilgan [2:24], ya‘ni 46 ta LMG ajratilgan. Bular operator razmetkalar bo‗lib, alohida semantik xususiyatni bildiradi. Konstanta razmetka esa nisbatan turg‗un bo‗lib, asosan, semantik maydon yoki makrosistema nomidan kelib chiqadi. Yuqorida keltirilgan LMGlarni semantik maydonlarga birlashtiramiz hamda ular asosida konstanta va operator razmetkalarni aniqlaymiz. Rus tili milliy korpusi tajribasi asosida konstanta va operator razmetkalarning xususiyati va guruhlari haqida ma‘lumot keltirilgandi. Jahon korpuslari ichida semantik razmetkalangan korpuslar sanoqli, chunki sun‘iy intellektning semantik so‗rovga javob berish algoritmini tuzish ancha murakkab jarayon. Shunisi bilan u sun‘iy intellekt; inson aqliga tenglasholmaydi. Shunga qaramasdan, rus tili korpuslarida keng ko‗lamli ishlar qilingan; natijalar havas qilgudek; boshqa korpuslardan semantik razmetkalangani bilan afzallikka ega. Sinonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqlanadi., shulardan biri ma‘no qirrasidagi farq bo‗lishi mumkin. Masalan, er bilan yakson bo‗lmoq – er bilan yakson qilmoq iborasi kulini ko‗kka sovurmoq – kuli ko‗kka sovurildi iborasiga sinonim: ayni bir ma‘noni anglatadi (―butunlay emirmoq, yo‗q qilmoq‖). Bu sinonimlar, boshqa belgi xususiyatlarida farq qilishidan qat‘i nazar, ma‘no qirrasida farq qiladi:ikkinchisida ma‘no bir qadar kuchli ifodalanadi. Shuningdek, ko‗ngli bo‗sh va ko‗ngli yumshoq – yumshoq ko‗ngil iboralari o‗zaro sinonim bo‗lib, ―rahmdil, ko‗ngilchan‖ ma‘nosini anglatadi; birinchi iborada ―ko‗ngilchan‖lik ma‘no qirrasi, ikkinchi iborada esa ―rahmdil‖lik ma‘no qirrasi ustun. Umuman, frazeologik sinonimlarda farqli ma‘no qirralari juda rang-barang bo‗lib, konkret yondashib izohlashni talab etadi. Frazeologik sinonimlarni belgilashda ular asosida boshqa-boshqa obrazning yotishi ham hisobga olinadi. Masalan, bir og‗iz, bir shingil, bir chimdim sinonim iboralari asosida har xil obrazlar yotadi: so‗zlash organi – uzum boshining bir qismi – chimdib olinadigan miqdor. Abdulla Qodiriy ―O‗tkan kunlar‖ asari matnini avtomatik- semantik razmetkalashda quyidagi modeldan foydalanadi: phrical /syn: -frazeologik sinonim. Asardagi barcha quyida tahlil kilingan frazeologik sinonimlar shu model ostida beriladi. Frazeologik sinonimlarga misol bo‗la oladigan iboralar: 1.(na yerga va na ko‗kka ishonadir ; qo‗limni sovuq suvga ham urdirmay qo‗ydi) Qudangiz meni na yerga va na ko‗kka ishonadir, o‗n besh kundan beri qo‗limni sovuq suvga ham urdirmay qo‗ydi. [3:360] 2. (ko‗ynagiga sig‗may yurgan; terisiga sig‗may ketkan ) Ko‗zining oqu qarosi, yolg‗iz qizini maxtovlik kuyavga berib, qizi bilan kuyavining bir daqiqa ham bir-birlaridan ajrasha olmag‗anlarini ko‗rib ko‗ynagiga sig‗may yurgan Oftob oyim uchun kuyavgina emas, hatto erining ham bu vartaga (girdob) tushmog‗i chiday olarliq bir hol emas edi. [3: 78] Bu maxtovlar bilan terisiga sig‗may ketkan Hasanali javob berdi... [3: 24] 3.(lom demay o‗lturgan; miq etmay o‗ltura bergach) ―Yov qochsa botir ko‗payar‖ qabilidan shu choqg‗acha lom demay o‗lturgan shahar a‘yonlari ham masalalni onglab, so‗zga aralasha ketdilar. [3:101] Hoji miq etmay o‗ltura bergach, Qambar sharbatdor o‗zining xipcha tovushi bilan qushbegining gapini kuchlab tushdi. [3:272] 4.(bir tan, bir jon bo‗lsalar; bir yoqadan bosh chiqarishi) Bilindiki, og‗aynilar bir tan, bir jon bo‗lsalar qipchoq kasofatidan qutilish uncha qiyin tushmas ekan. [3:272] Xudo hoji akamizning umrini uzun qilib, bola-chaqasining egaligini ko‗rsatsinki, avvalo uning aqllik tadbiri, undan keyin og‗aynining bir yoqadan bosh chiqarishi soyasida Musulmonqul balosidan engilgina qutildik. [3:271] Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling