O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
Kalit so„zlar: ona tili fani, fanning maqsadi, tafakkur vositasi, milliy til, milliy ong
Bugungi kunda, ona tili fanini o‗qitishda, xususan, maktab darsliklarida ta`rif-qoidalardan chekinish ko‗proq tilning amaliy tomoniga e`tibor berish lozim. ―Ta`lim to‗g‗risida‖gi Qonun ijodiy tafakkur ko‗nikmalariga ega bo‗lgan barkamol shaxsni tarbiyalashni oldimizga asosiy vazifa qilib qo‗yadi. Ta`limni tayyor qoidalar orqali mashqni bajartirib emas, o‗quvchilarni o‗ylantiradigan mustaqil fikrlashga majbur qiladigan, izlash, ijod qilishga yo‗l ochadigan uslubda olib borish lozim. Xo‗sh, bunga qanday erishiladi? Buning uchun, avvalo, o‗quvchilarning so‗z boyligini oshirish kerak. O‗zbek tili izohli lug‗atida 80000 so‗z bor, balki tilimizdagi so‗zlar bundan ham ko‗pdir. Lekin biz jamiyatda qancha so‗z ishlatamiz? ―Mening tilimning chegarasi mening dunyomning chegarasidir‖, degan gap qanchalik haqli. Adabiyotimizning mashhur darg‗alarining ham so‗z boyligi yuqori bo‗lganini bilamiz. So‗z boyligini oshirishga alohida e`tibor qaratib, darsliklarda shunga urg‗u bersak, yaxshi bo‗lardi. Ikkinchidan esa, gaplar o‗rtasidagi ma`no noziklariga ko‗proq e`tiborni qaratish kerak. Ayni bir turdagi gapni turli shakllarda aytish (men o‗qishga kirdim= men talaba bo‗ldim), yoki bir shakl gap mazmunida turli xil ma`no ifodalashi mumkin (akamning o‗rtog‗i – qarashlilik, yaxshillarning yaxshisi – ajratish). Nutq sharoitiga moslab so‗zlarni va gaplarni tanlab ishlatish lozim. Bular o‗quvchilarning tafakkurini o‗stirish omili sanaladi. ―Juda muhim‖, ―bilib oling‖, ―esda tuting‖, ―eslab qoling‖ shaklida qoida va hukmlarning berilishi maqsad o‗quvchida qoidani yodlatish bo‗layotganidan darak beradi. Bunday e`tiborni tortadigan jumlalar ostida aqlni shoshiradigan savollar qo‗ysak yaxshi bo‗lmasmikan? Darslikdagi mavzular qiyoslash, taqqoslash asosida olib boorish kerak. Shuningdek, darslikdagi qoidalarni umumiy hukm deb qaramaslik lozim. Fonetikani o‗qitishda tovushlarning unli, undoshligi, jarangli, jarangsizligi va shu kabilarga ko‗p to‗xtalmasdan tovushdosh so‗zlarga e`tibor berilsa, o‗quvchi ayni bir tovushni o‗zgartirish orqali yangi so‗zlar hosil qiladi va ularning ma`nosi ustida ishlaydi. Natijada o‗quvchida so‗z ehtiyoji yuzaga keladi va o‗quvchini o‗ylashga, fikrlashga majbur qiladi. Antonimlar mavzusi o‗tilganda so‗z va qo‗shimcha antonimligi o‗rgatiladi. O‗quvchilar tovush, so‗z birikmasi va gap antonimligiga ham misollar izlashi kerak (tovushlarda unli, undoshlik o‗zaro antonim bo‗lsa, so‗z birikmalarida eshikni ochmoq, eshikni yopmoq; uyni qurmoq, uyni buzmoq va gaplarda siz qochqoqsiz, siz quvloqsiz gaplari antonimdir) Sinonimlar mavzusi o‗tilganda hamma darsliklarda takrorlanib kelayotgan sinonimlarni takrorlash bilan emas matn bilan ishlab dars o‗tish kerak. Buning uchun darslikda bir nechta matnlar beriladi sinfda shularning sinonimiga almashtirib, matnni qaytadan tuzish topshiriladi. Shunda o‗quvchi istalgan so‗zning sinonimini biladi va xoxlagan matnni sinonimiga almashtirib bera oladi. Umuman maktab bormagan bola ham so‗zlarni joy-joyiga qo‗yib gap tuza oladi. Gapdan aniqlovchi yoki to‗ldiruvchini ajrata olmasa ham aniqlovchini otga to‗ldiruvchini fe`lga bog‗laydi. Ularni chalkashtirmaydi. Lekin qoida qilib, yozib yodlatsak, adashtiradi. Ularga gap tuzishni emas, gapdagi birliklarning ma`no serqirraligiga e`tibor qaratishni o‗rgatish lozim. Fe`l deb nimaga aytiladi? Sifat bilan ravishning farqi oddiy o‗quvchi uchun unchalik qiziq emas. Ayniqsa u kelajakda tilshunos bo‗lishni rejalashtirmagan bo‗lsa. Tilni o‗rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta`rif va qoidalarni o‗zlashtirib olish emas, balki, ona tilida sof so‗zlash o‗z fikrini to‗g‗ri va aniq ifodalay olish mustaqil fikrlash, so‗zdan zavqlanish ruhida ta`lim bermoq kerak. Zero taraqqiyot sari yuz tutayotgan mamlakatimiz uchun ijodiy tafakkur sohibini, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxsni tarbiyalash muhimdir. Bunga erishoq uchun oldimizga katta-katta maqsadlarni qo‗yishimiz zarurdir. Yulduzga yetmoq uchun fazoni mo‗ljalga olmoq kerak. Buning uchun o‗qituvchidan ham ko‗p mehnat va izlanuvchanlik talab qilinadi. Agar bola erkin fikrlashni o‗rganmasa berilgan ta`lim samarasi past bo‗lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak ammo bilim o‗z yo‗liga mustaqil fikrlash ham katta boylikdir. Tabiat inom etgan tafakkur, iste`doddan foydalanish lozim. Zero, fikrlab o‗zi izlanib bir xulosaga kelgan o‗quvchi hech qachon xato qilmaydi. 7-sinf ona tili darsligida bog‗lovchilar mavzusi berilgan. Bajarish uchun berilgan mashqlarda ―gap tarkibidagi bog‗lovchilarning vazifasiga qarab, gaplarni jadvaldagi tegishli ustunga joylashtiring‖, ―avval sof bog‗lovchili keyin vazifadosh bog‗lovchili gaplarni ko‗chiring‖ kabi shartlar qo‗yilgan. O‗quvchi buni darslikdagi qoidalarga berilganday bajaradi. Yani qoida asosida mashq bajarish o‗quvchini qoidadan chetga chiqishga yo‗l qo‗ymaydi. Hattoki ba`zi mashqlar izohida qoida yanada kengaytirilgan. Shunday o‗qitilaversa o‗quvchi qachon mustaqil fikrlaydigan muayyan bir xabarni yoki ma`lumotni turli shakllarda bera oladigan bo‗lishadi. H. D. Moldavskaya tafakkur haqida gapirarkan shunday deydi: ―Fikrlash faoliyatida fikrlash texnikasi emas, balki ijodiy boshlov, tayyor umumlashmalarni egallashgina emas, balki, yangilarini kashf etish, yanada yuqoriroq umumlashmalarga ko‗tarilish belgilovchi jihat bo‗ladi. O‗quvchilarning so‗z boyligini oshirish va tasviriy vositalarni qo‗llashda usta qilish lozim. So‗z ma`nosidan keng foydalansin tilning grammatik qoidalari esa oliy ta`limda o‗qitilsa yaxshi bo‗larda. Shu maqsadda darsliklarni ham qayta ko‗rib chiqish dolzarblik kasb etadi. Ayni vaqta ona tilimizga bo‗layotgan e‘tibor jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko‗p ishlar qilishimiz lozimligini ham unutmaslikka chorlaydi. Mustaqil O‗zbekistonda o‗zbek tilining mavqei va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan say- harakatlar, shu bilan birga Qonun va Qarorlar mohiyatidan kelib chiqib, ona tilimizning mustahkam huquqiy asosi va yuksak maqomga ega bo‗lishi uchun, xalqaro minbarlarda baralla yangrashi uchun barchamiz mas‘ul bo‗lishimiz lozim. Bugungi kunda yaratilayotgan o‗quv darsliklari o‗quvchilarni, avvalo, mustaqil fikrlashga, lug‗at bilan ishlash, matnni nazariy va amaliy bilimlar asosida tahlil qilishga undaydi. Shunga mos ravishda zamonaviy ona tili va adabiyot fani o‗qituvchisi innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‗sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak salohiyatli, barkamol shaxs qilib tarbiyalashi lozim. Demak, har birimiz davlat tiliga bo‗lgan e‘tiborni mustaqilligimizga bo‗lgan e‘tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona-Vatanimizga bo‗lgan ehtirom va sadoqat deb bilishimiz lozim. Bunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantiraylik! Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling