O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Download 5.53 Mb.
bet112/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Navoiyning ―Muhokamatu-l-lugatayin kitobinda oz javobini olmish. Navoiyning kitobi turkchaning boylig‗ini ochibg‗ina bildira olmasa ham, turkchada so‗z ko‗bligini u yaxshi biladir. Navoiy yolg‗iz
yig‗lamoq‖ning turlarini ko‗rsataturgan turkcha so‗zlarning shunchasini yozadir: ingramoq, singramoq, ingichkirmoq, yig‗lamoq, yig‗lamsinmoq, o‗kirmak, siqtamoq ... Mana sizga bir hodisaning yetti turi uchun otkim, oralarinda ingichka ayirmalar bordir. Turkchada bu hol oz emas.
Turkiy til lug‗at qatlamining boyligini yanada soddaroq tushuntirishga harakat qilgan olim ―Arabcha qalb otrusinda turkcha yurak bilan ko‗ngul bor. Arabcha sadr uchun turkcha ko‗ks va ko‗krak bor. Turkcha lug‗at yozmoqchi bo‗lganimda turkcha so‗z boyligi to‗g‗risinda bundan ortiq yozolmayman‖ deya taʼkidlaydi.
Fitrat turkiy tilda so‗z yasalish (vusʼati ishtiqoq) hodisasiga to‗xtalib, yasalish doirasida ham arab va forsdan turkiy til boyligini ochib beradi. U shunday to‗laqonli, mukammal fikrni aytib o‗tadi:
―Ilm‖ ishining – bilimning turkchasidan undirilgan (yasalgan) so‗zlar shulardir: bil, bilar, bilajak, bilg‗usi, bilg‗ay, bilsa, bilsa-chi, bilay, bildi, bilibdir, bilgan, bila boshladi, bilayozdi, bila oldi, bila turdi, bila berdi, bilib, bilg‗ach, bilg‗ali, bilmak, bilish, biluv, bilmov, bilim, bilgi, biligili, bilguchi, bilmakchi, bilgur, bilmagay, bilmagan, bilmay, bilimsiz, bilmas, bilmaslik.
Mana sizga yolg‗iz feʼllardan 13 ta fe‘l, qo‗shma feʼllardan 6 ta feʼl. Qo‗shma feʼllardan har birining buyrug‗i, bo‗lishi (feʼlning bo‗lishliligi), holi (ravishdosh), kelajagi (feʼlning zamon kategoriyasi), sharti (feʼlning shart mayli), qo‗zg‗avi (feʼl nisbati, orttirma nisbat) bor. 13×6=78 bo‗lur. Bularga uft (holat feʼllari), vaqt (feʼllardagi davomiylik), sabab (sabab feʼllari) qo‗shilsa, 81 ta bo‗lur. Bunga ism va sifat yozilg‗on 18 ta qo‗shilg‗onda 99 ta so‗z bo‗lur. Bu
99 tasiga-da so‗z tolug‗i buyruqdir (ya‘ni ―bil‖ so‗zi). Demak, turkchada bir tomirdan 98 so‗z undiring emish‖.












T urkiy tilning baxtsizligi olis tarixdan, yaʼni arablar bosqini davridan boshlangan. Buni Fitrat nigohida ko‗rib o‗tamiz: ―Turk tili dunyoning eng baxtsiz tilidir. Turkchaning baxtsizligi arab bosqini bilan bog‗lanmishdir. Arablar, bosdiqlar o‗lkalariga yolg‗iz hukumatlarini emas, dinlarini, yo‗sunlarini-da, tanitgan, oldirg‗on edilar. Musulmonliqning tubi, tomiri Qurʼon bilan Hadisdir. Shuning
uchun yangi musulmonlar arabcha o‗rganishni o‗zlariga vojib deb bildirlar, o‗qidilar, o‗rgandilar, sevdilar‖.
Fitratning fikrlaridan anglashimiz mumkinki, arablar istilosidan keyin turkiy tilning mavqeyi pasaya boshlagan. Chunki arablar davlat tepasiga kelgandan keyin, maqsad faqat hokimiyat bo‗lmagan. Ular o‗z dinlarini, urf-odatlari, madaniyatlarini yoyishga intilganlar. Bilamizki, islom dinining asosi Qurʼon va Hadis hisoblanadi. Yangi dinni o‗rganish o‗z-o‗zidan yangi tilni o‗rganish bilan boshlanadi. Chin musulmon bo‗lish, ibodat qilish, sunnatni o‗rganish uchun ham arab tili zarurdir. Shuning hisobiga asta-sekin turkiy til o‗z mavqeyini yo‗qotib, arab tili ham hokimyat, ham din, ham so‗zlashuv tiliga aylangan.
Turkiy tilning baxtsizligida faqat arab tili emas, balki forsiy tilning ham o‗z taʼsiri bor edi. Biz buni Alisher Navoiyning
―Muhokamat ul-lug‗atayn‖ asaridan bilib olishimiz mumkin. Hazrat Navoiy ushbu asarida forsiy tilni kamsitmagan holda, turkiy tilning cheksiz imkoniyatlarini ochib berdi va izoh oʻrnida shuni keltiradi :
―... xoʻblarning koʻz va qosh orasinki, qaboq derlar, forsiyda bu uzvning oti yoʻqdur‖.
Shuni ham taʼkidlash joizki, forsiy til ham maʼlum bir muddat arab tili taʼsirida oʻz mavqeyini yoʻqotgan. Lekin bu ish koʻp choʻzilmadi. Fitrat buni quyidagicha ifodalaydi: ―Forsiy til bir silkinish bilan oʻzini arab boʻgʻuvidan qutqara oldi. Fors tilining bu silkinishi Eron shoiri Firdavsiyning chiqishi edi. Yaʼni, Firdavsiy buyuk ―Shohnoma asarini sof forsiy kalimalar ila yaratdi va bu bilan fors tilining avvalgi mavqeyini tiklay oldi.
Aytish mumkinki, dunyoga dongʻi ketgan buyuklarning aksariyati turk elidan chiqqan. Fitrat oʻz maqolasida: ―Koʻzlarimizni toʻrt ochib qaraylik, dunyoning eng buyuk hakimi boʻlgʻon Ibn Sino turkdir. Ikkinchi Arastu atalgʻan Farobiy turkdir. Arab tilini mangulikka tirgʻizib kelgan Javhariy turkdir. ―Vahdati vujud‖ falsafasining imomlaridan boʻlgan Jaloliddin Rumiy turkdir. Forsiy adabiyotning paygʻambarlaridan boʻlgan Nizomiy dahi turkdir. Shu yerda otlari yozilgʻon kimsalar yolgʻiz turk ulusining emas, butun dunyoning ulugʻ kishilaridan erurlar, – deya aytib oʻtgan.
Dunyo tan olgan bu allomalar oʻz asarlarini turk emas, arab, fors tilida bitgan. Bunga sabab Fitrat taʼbiri bilan aytganda: ―Chunki


turkchamiz, qabo (toʻmtoq) va daqqi (qoʻpol)dur, adabiyot tili


emasdur‖.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, turkiy til bir necha yuz yillik tarixni boshidan kechirgan. Ammo yo‗qolib ketmagan. Buning sabablaridan biri turkiy tilda yaratilgan nodir asarlardir. Biz yoshlar ona tilimizni asrashimiz, boshqa tillarga nisbatan uning mavqeyini ko‗tarishimiz kerak.
1989-yil 21-oktyabrda o‗zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi o‗zbek xalqi va o‗zbek tili tarixida ahamiyatga molik tarixiy hodisa bo‗ldi. Tan olishimiz va g‗urulanishimiz kerakki, o‗zbek tiliga o‗shash til dunyoda topilmaydi. Bizning juda boy, chiroyli tilimiz bor, bu tilda ifoda etib bo‗lmaydigan fikr tuyg‗u, holat yo‗q. Haqiqatdan ham, o‗zbek tili o‗zining so‗zga boyligi, musiqiyligi, ohangdorligi, so‗z birikmalarining qulayligi, maqol, matal va iboralarning ko‗pligi, so‗zlarning sermaʼnoligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Shu maʼnoda boy va katta tarixga ega bo‗lgan tilimizni va undagi bebaho asarlarni asrab, avaylab, bizdan keyin unib kelayotgan yosh nihol – navqiron avlodga sofligini taʼminlagan holda yetkazishimiz bizning asosiy burchimizdir!

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling