O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- “MILLIY TILNI YO„QOTMAK MILLATNING RUHINI YO„QOTMAKDUR”
Foydalanilgan adabiyotlar:1.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Raupova L., Qurbonova M., Abuzalova M., Yuldasheva D. Hozirgi o`zbek tili. Darslik. – Buxoro: Durdona, 2021.–555 b. http://library.ziyonet.uz/ru/book/119112 O'zbek tilini o'qitish metodikasi http://library.ziyonet.uz/ru/book/119111 Tilshunoslikka kirish http://library.ziyonet.uz/ru/book/119110 Hozirgi o‗zbek tili “MILLIY TILNI YO„QOTMAK MILLATNING RUHINI YO„QOTMAKDUR”Sattorova Zinnatoy, BuxDU 3-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada buyuk mutafakkir, professor Abdurauf Fitratning ―Tilimiz‖ maqolasi tahlil qilingan bo‗lib, undagi til sofligi, turkiy tilning imkoniyatlari turli misollar orqali ochib berilgan. Kalit so„zlar: ―Tilimiz‖, jadidlar, til sofligi, ―kasrati ta‘limot‖, ―vus‘ati ishtiqoq‖, ―mukammalliyoti qavoyid‖, ―Muhakamat ul- lug‗atayn‖ M aʼlumki, yer yuzida jami yetti mingdan ortiq til bor. Mana shu tillardan biri Oltoy tillar oilasining turkiy tillar tarmog‗iga kiruvchi bizning ona tilimiz – o‗zbek tilidir. Tarixda shunday jarayonlar bo‗ladiki, ular qayta takrorlanmasligi mumkin, ona tilimiz esa bu jarayonni ko‗z oldimizda tasvirlab, qayta jonlantirishga imkoni yetadigan so‗z kuchiga ega. Til bo‗lmas ekan, millat ham yo‗q. Shu sababdan, XX asr boshlarida yashagan buyuk ajdodlarimiz xalqimizni savodli qilib, tilimiz qadr-qimmatini oshirish maqsadida millatimizni o‗z ona tilini sevishga, qadrlashga undaganlar. Endi o‗sib kelayotgan yosh nihollarni o‗z ona tilida (turkiy tilda) savod chiqarishini xohlaganlar va bu yo‗lda ko‗p harakat qilganlar. O‗zbek tili shakllanishi haqida gap ketganda, XX asr boshlarida tilimiz tadqiqida o‗ziga xos o‗rin tutgan professor Abdurauf Fitratning ilmiy faoliyati haqida to‗xtalib o‗tish o‗rinli. Abdurauf Fitratning o‗zbek tilshunosligida borasidagi asosiy xizmati shundaki, u o‗zbek tili grammatik qurilishini, uning fonetik va leksik jihatlarini ochib berdi. Tilning taraqqiyoti haqidagi qarashlari, xususan, ona tilimiz yaʼni turkiy tilning dunyodagi eng boy, eng baxtsiz til ekanligi haqidagi qarashlari esa alohida eʼtiborga loyiq. Fitrat turkiy til xususida fikr yuritar ekan, 1919-yil ―Oyna‖ jurnalida nashr ettirgan ―Tilimiz‖ nomli maqolasida tilimizning ―dunyoning eng boy, eng baxtsiz tili turk tili‖ ekanligiga to‗xtalib, uning sabablarini keltirib o‗tadi. Aynan shu maqola, Fitratning keyinroq tilshunoslik sohasida yaratilgan tadqiqot va qo‗llanmalari uchun o‗ziga xos debocha vazifasini ham o‗tagan. ―Dunyoning eng boy tili turkchadur, eng baxtsiz tili xud turkchadir. Tillarning baxtsizligi sovet hukumati chog‗inda bo‗lg‗on bir ishdir, bundan burun baxtli edilar deganlar tilimizni holini bilmasdan gapura(r)lar‖. Bu o‗rinda Fitrat ―sovet hukumati‖ni yo‗qlamoqchi emas, uning fikricha turkiy tilning tashqi taʼsirlar asoratiga tushishi aynan shu davrdan boshlanmagan. Bunga qadar tilimiz arab va fors tillarining asoratida yashaganligi bizga tarixdan maʼlum. Fitrat turkiy tilning boyligiga to‗xtalar ekan, uni uch yo‗nalishda isbotlab bergan. Ular: turkiy tilda so‗zning ko‗pligi (kasrati kalimot), undirik kengligi (vusʼati ishtiqoq) hamda yo‗sun tugalligi (mukammalliyoti qavoyid). Kasrati kalimot yaʼni tilning lug‗at qatlami hamda uning boyligi haqida so‗z yuritar ekan, shunday deydi: ―Turkchada so‗z ko‗bligi bormi, arabchilarimizcha aytganda, kasrati kalimot mavjudmi? Bu so‗z bukun emas, necha yuz yil burun o‗rtaga chiqmish, deya Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling