O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABDULLA QODIRIYNING “O„TGAN KUNLAR”
Foydalanilgan adabiyotlar:Комилов Н. Хорезмская школа перевода: Автореф.дисс… докт.фил.наук. – Т.: Фан, 1987. – 47с. Musaev Q. Badiiy tarjima va nutq madaniyati. – T.: O‗qituvchi, 1976. – B.13. Kanizak Tavaddud./ tarj. Sidqiy Xondayliqiy. – T.: Yozuvchi,1994. – 23 b. ABDULLA QODIRIYNING “O„TGAN KUNLAR”ROMANIDA TARIXIY ANTROPONIMLAR Bafoyeva Nigora Azimovna,BuxDUmagistranti Annotatsiya: Mazkur maqolada antroponimlarga xos xususiyatlar, ularga xos semantik va uslubiy jihatlar, Abdulla Qodiriyning ―O‗tgan kunlar‖ romanida uchraydigan tarixiy shaxslar misolida yoritilgan. Kalit soʻzlar: antroponim, tarixiy shaxs, hukmdorlar, Abdulla Qodiriy,‖O‗tgankunlar‖ , uslubiyat Antroponimlar tildagi mavjud so‗z va atamalarning paydo bo‗lishidagi dastlabki bosqich – onomasiologik jarayon hisoblanadi[1:11]. Onomastika biror tildagi atoqli otlarning umumiy mazmunini ifoda etadigan lug‗atdir. U muayyan davrdagi etnik guruhning tiliga tegishli bo‗lgan atoqli otlar majmui hisoblanadi [2:128]. Antroponimiya – tilda mavjud bo‗lgan, barcha kishilar atoqli otlari majmuidir. Ilgari antroponimiya o‗rnida ‗‘onomastika‘‘ atamasi qo‗llanilgan va keyinchalik 1960-1970 - yillarda bu so‗z vujudga kelgan. Bu fan ismga oid bo‗lgan ma‘lumotlar, ya‘ni insonning urug‗- aymog‗i, otasi, millati, kelib chiqishi va insoniy fazilatlarini tahlil qiladi. Demak, antroponim bu har qanday atab qo‗yilgan shaxsni chaqiradigan, unga aloqador bo‗lgan ismdir. [3:3]Antroponim shaxsning atoqli oti va ismidir. Turkiy tillarda shaxs otlarini o‗rganish XIX asr oxiri – XX asr boshlarida amalga oshirila boshlagan, deb ko‗rsatilsa-da, XI asrlardayoq shaxs otlari izohiga e'tibor qaratilganini ta‘kidlash joiz. Masalan, ―Devonu lug‗atit turk‖ asarida bir qator shaxs otlari izohi keltirilgan[4:80]. Antroponimikadagi dastlabki tadqiqotlar tarixiy-etnografik xarakterda yuzaga kelgan[5:65]. I smlarda jamiyatning madaniyati va ijtimoiy hayoti aks etgan bo‗ladi.Ismlar ma`lum bir shaxsning avlodi,uning jamiyatda tutgan o‗rni haqida ham xabar beradi.Insoniyat paydo bo‗libdiki,uning ismi ham mavjud. Ismsiz inson yo‗q. Ismlar jamiyatda muhim ma`naviy va siyosiy ahamiyatga ham ega.Ular qanday shaklda bo‗lmasin, kishilarni alohida shaxs, individ sifatida atashga xizmat qiladi. Har bir ism ma`lum bir sabablarga ko‗ra paydo bo‗ladi. U ommabop yoki kam qo‗llanuvchi bo‗lishi mumkin. Har bir nom o‗z tarixi ―biografiyasi‖, va ―geografiyasi‖ ga ega. Abdulla Qodiriyning romanlariga yuzlab adabiyotshunoslar, minglab muxlislar murojaat qiladi, badiiy soʻzning zilol, toza bulogʻidan sirmiradi, yuraklar huzurga toʻladi… Ayni damda, taniqli adiblardan tortib, oddiy insho mashq qiluvchi maktab oʻquvchisi ham zarurat tugʻilganida bevosita romanning ichkarisiga kirmasdan, shundoq ostonada turib, adibning hikmatga aylanib ketgan ―Moziyga qaytib ish koʻrish xayrlik, deydilar‖ gapini oʻzlari uchun shior-mayoq qilib oladi. Bu ostonada boshqa hikmatlar ham bor. Romanning ―Yozgʻuchidan‖ degan oldsoʻz-prologi – eskartishi ostiga muhim bir sana bitilgan. Ammo kitob nusxalarida bu sana negadir qayd qilingan emas, matn orasida ozgina oʻzgarish ham bor. Yaxshisi, jurnalda berilgan oldsoʻz-prologni shu oʻrinda toʻliq koʻchiramiz: ―Yozgʻuchidan Modomiki biz yangi bir davrga oyoq qoʻydiq, bas biz har bir yoʻsunda ham, shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashmakka majburmiz. Shunga oʻxshash dostonchiliq, roʻmonchiliq va hikoyachiliklarda ham yangarishgʻa va xalqimizni yangi davrning «Tohir Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgoʻr»lari bilan tanishdirmoqgʻa majburmiz. Yozmoqgʻa niyatlanganim ushbu «Oʻtkan kunlar», yangi zamon roʻmonchiligʻi bilan tanishmoq yoʻlida kichkina bir tajriba, toʻgʻrisi bir havas. Maʼlumki, har bir narsaning ham yangi qabul qilinish – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydongʻa kelishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib takomilga yuz tutishi tabiiy bir hol. Mana shuning daldasida, havasimda jasorat etdim; havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan choʻchib turmadim. Moziyga qaytub ish koʻrish xayrlikdir, deydirlar. Shunga koʻra mavzuʼni moziydan – yaqin oʻtkan kunlardan; tariximizning eng kirlik – qora kunlari boʻlgʻan «xon zamonlari»dan belguladim. Abdulla Qodiriy (J.b.) Toshkand, dekabr, 1920- yil‖ [7:19]. Koʻchirma oxiridagi ―Toshkent, dekabr 1920- yil‖ sanasi asarning boshqa nashrlarida uchramaydi. Professor U. Normatov shu sana va yana boshqa muhim dalillarga tayanib: ―Oʻtkan kunlar‖ romani 1920 - yil oxirida yozib tugallangan, deb uzil-kesil hukm- xulosa chiqarish uchun toʻla asos beradi‖,- deb yozadi [6:204]. Abdulla Qodiriyning ―O‗tgan kunlar‖ romanining ko‗p qismini tarixiy shaxslar nomlari tashkil etadi. Ushbu antroponimlarni leksik-semantik xususiyatlariga ko‗ra quyidagicha tasniflanadik. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling