O‘zbek tili yo‘nalishi guruh talabasi
Download 77.46 Kb.
|
Dildoraxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.BOB. Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining o‘rganilishi. 1.1. Hamza – yangi o‘zbеk adabiyoti asoschilaridan biri.
Kurs ishining maqsadi: Naim Karimovning Hamza faoliyati haqida qarashlarini tadqiq qilish, o‘rganishlardan xulosalar chiqarish.
Kurs ishining vazifalari: - Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining o‘rganilishini tahlil qilish; - Naim Karimovning adabiy tanqidchilikdagi o‘rnini tadqiq qilish; - Naim Karimovning Hamza faoliyati haqida qarashlarini tadqiq qilish. Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 47 ta sahifadan iborat bo‘lib, kirish, 2 ta bob, 4 ta fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan. I.BOB. Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining o‘rganilishi. 1.1. Hamza – yangi o‘zbеk adabiyoti asoschilaridan biri. Yangi adabiyot asoschilaridan biri bo‘lish uchun ijodkorga iste’dodli bo‘lib tug‘ilishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun u ijodkor sifatida omadli ham bo‘lishi shart. Ya’ni uning iste’dodi bilan davr ehtiyojlari bir-biriga muvofiq tushmog‘i kerak. Xuddi Dante, Navoiy, Pushkin zimmasiga tushgan omadli qismat yanglig‘. Shu ma’noda Hamza tole’i kulgan ijodkor. U Behbudiy, Fitrat, Qodiriy va Cho‘lpon bilan birga yangi o‘zbek adabiyoti tamal toshini qo‘yganlardan biridir. Nomlari zikr etilgan ulug‘larimiz butun bir millat oldiga davr yuklagan ulkan, kechiktirilmas muammolarni, avvalo, to‘g‘ri idrok etganlar, so‘ngra asosiylarini muvaffaqiyatli hal etganlar. Shunisi bilan ularning barchasi ijodkor sifatida juda ham omadlidirlar. XX va XXI asr mobaynida adabiyotimizning deyarli barcha sohalarida yuz bergan asosiy o‘zgarishlar, yangilanishlar ana shu ikkinchi tub burilish maydonida sodir bo‘ldi va bo‘lmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chunki tub burilish bo‘lishi uchun istakning va hatto iste’dodning o‘zi yetmaydi. Buning uchun davrning qo‘ynida yangilanish ehtiyoji paydo bo‘lishi kerak. Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Cho‘lponlar ana shunday ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keldilar. Garchand ularning shaxsiy qismatlari fojiali yakun topgan esa-da, (birontasi o‘z ajali bilan o‘lmagan, aksincha, yangi o‘zbek adabiyoti yo‘lboshlovchilarining hammasi ayni ijodlari gullagan vaqtda qatag‘on qilingan!) nomlari zikr etilgan ulug‘lar ijodkor sifatida chindan-da baxtlidirlar. Hamza – serqirra ijodkor. Umuman, serqirralik jadid ijodkorlarining aksariga xos. Hamza – ulug‘ dramaturg, Hamza – an’ana va novatorlikni birlashtirgan shoir, Hamza – boshlovchi nosir, Hamza – o‘tkir publitsist, Hamza – mohir pedagog, Hamza – milliy kompozitor, Hamza – otashin notiq, Hamza – rejissyor, Hamza – teatr arbobi… Bulardan tashqari, xalqimizning bu fidoyi o‘g‘loni yurtning kelajagi – ma’rifat, maorif, adabiyot, ta’lim-tarbiya yo‘lida amalga oshirgan ishlarining salmog‘i juda og‘ir tosh bosadi. Bu qutlug‘ yo‘lda Hamza molini ham, jonini ham ayamagan. Bu gaplar shunchaki chiroyli gaplar emas. Hamza va u kabi o‘nlab ulug‘ jadidlarimizning taqdir yo‘llari chindan-da bugungi zamondosh insonni hayratga solishga qodir. Bu o‘rinda biz Hamza ijodiy faoliyatining to‘rt qirrasiga to‘xtalamiz, xolos. Bular Hamzaning drama, she’riyat, nasr hamda publitsistika sohalaridagi faoliyatidir. Hamza dramaturgiyasi. XX asr avvalida ijtimoiy-siyosiy hayotdagi yangilanishlar asrlar davomida Sharq mumtoz adabiyoti an’analari ruhida taraqqiy etib kelayotgan o‘zbek adabiyotida dramatik turni paydo qildi. Dramaning tug‘ilishi o‘zbek adabiyoti uchun xuddi roman janri kabi yangi hodisa edi. Hamza ana shu hodisaning boshida turdi va o‘z dramatik asarlari bilan o‘zbek dramaturgiyasiga asos soldi. Madomiki, so‘z shu masalaga kelib taqalgan ekan, Hamza va uning o‘zbek dramaturgiyasidagi o‘rni masalasida bahsli qarashlar borligini aytish joiz. Xullas, masala qisqa va lo‘nda bayon qilinsa, shunday holga keladi: Mirmuhsin Shermuhamedov (“Befarzand Ochildiboy”, 1914 yil), Hamza (“Yangi saodat yoxud Milliy roman”, 1915) lar roman tajribasiga ilk marta qo‘l urgan bo‘lsa-da, ularning harakatlari bir tajriba, urinish darajasida qolgan edi. Qodiriy esa “bir hamla”da “O‘tkan kunlar” (1924) bilan roman janrining risoladagi talablariga javob beruvchi yirik nasriy asar yaratgan edi. Shuning uchun ham Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisi deyiladi. Yoxud Navoiydan oldin Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiylar turkiy tilda ash’or bitgani bilan bu tildagi ulug‘ xizmatlari tufayli aynan Alisher Navoiyni o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining asoschisi deymiz. Adabiyotshunoslik ilmining mana shu baholash mezonini dramaturgiya sohasiga tadbiq qilingudek bo‘lsa, qarshimizda quyidagicha manzara qad rostlaydi: garchand Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” (1911) nomli 2,5 betlik pyesasi bilan o‘zbek adabiyotida pyesa yozib berishni boshlagan bo‘lsa-da, dramaturgiyaning butun talablariga javob bera oladigan pyesalarni aynan Hamza Hakimzoda Niyoziy (“Zaharli hayot” (1916), “Maysaraning ishi” (1926), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi” (1927)ni yozdi. Bulardan tashqari, “Burung‘i saylovlar”, “Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari”, “Qozining sirlari”, “El quzg‘unlari” kabi 1921 va 1928 yillar orasida yozilgan katta-kichik dramalari mavjud. Bas, shunday ekan, Qodiriy o‘zbek romanchiligi asoschisi degan nomga qanchalik sazovor va haqli bo‘lsa, Hamza ham o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi degan unvonga shunchalar haqdor va munosib bo‘lib ko‘rinadi. Albatta, ushbu masala yuzasidan mavjud faktlarni turli yo‘sinda tahlilu talqin etib, bir-biriga qarama-qarshi xulosalarni o‘rtaga tashlash mumkin. Ammo adabiyot ilmining baholash kriteriyalari hamma uchun bir xil bo‘lishi adolatdan ekanligidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, Qodiriyga ravo ko‘rilgan adolat mezoni Hamzaga kelganda tavrini o‘zgartirmasligi lozim bo‘ladi. Albatta, bu jiddiy masalaning boshqa nozik jihatlari ham bo‘lishi mumkin. Bunday jihatlar istisno qilinmaydi. Shuning uchun ham soha bilimdonlari ushbu bahstalab masala bo‘yicha asosli, ilmiy mushohadalarini qaytadan o‘rtaga tashlashsa, adabiyotshunoslik va dramaturgiya kesishgan nuqtadagi bitta muammoga oydinlik kiritilgan bo‘lardi. Nima bo‘lganda ham, hali dramaturgiyamizning ham amaliy, ham nazariy sahnasida amalga oshirilishi, hal etilishi kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlar oldimizda turibdi. Bunga, jumladan, Hamzaning drama sohasidagi o‘ta salmoqdor ijodi ham manba bo‘lib xizmat qiladi. Hamzaning 1916 va 1920 yillarda yozilgan “Boy ila xizmatchi”, “Loshman fojialari”, “Farg‘ona fojialari” kabi asarlari yo‘qolgan. Faqat “Loshman fojialari”ning “Istibdod qurbonlari” degan qismi hamda “Boy ila xizmatchi” dramasining afishasi saqlanib qolgan. Yaqin-yaqinlargacha teatrlarimizda qo‘yilib kelgan “Boy ila xizmatchi” dramasini esa dramaturg Komil Yashin afishada aks etgan mazmun bo‘yicha qayta tiklagan. Hamzaning o‘zbek dramaturgiya sohasidagi faoliyatini qisqacha qilib, u o‘z davri xalq hayotini ko‘zguga solib ko‘rsatib berishning uddasidan chiqdi, deyish mumkin. Bu esa, barcha zamonlar ijodkorining muqaddas orzusi hisoblanadi. Shuning uchun ham Hamzaning eng sara dramalari hozirgacha sahna yuzidan tushmay kelmoqda. Bulardan tashqari, Hamzaning yana “Haqiqat nima?” degan asar yozganligi, lekin qo‘lyozma nashr bo‘lmay yo‘qolgani haqida ma’lumot bor. Chunonchi, “Shoirimiz Hamza Hakimzodaning qisqacha tarjimai holi”da “Haqiqat nima?” degan bir zo‘r asar yozg‘on bo‘lsada, tab’ ettira olmay yo‘qotg‘on” degan ma’lumot keladi. Bu haqda Hamzaning o‘zi “Tarjimoi hol”ida “…eski podsholar turmushidan bir “Haqiqat kimda?” ismli havosiz operalik roman yozg‘an edim, o‘g‘urlatdim, bugunki, topilmaydir” deb yozadi. Chunki zamon g‘oyat alg‘ov-alg‘ovli edi. Hamzanig o‘zi ham goh maktab ochaman deb, goh xalq ma’rifati yo‘lida xizmat qilaman deb, goh teatr tashkil etaman deb doimo safarlarda yurgan, hayotning qaynoq quchog‘ida oqimga qarshi xo‘p suzgan. Binobarin, jadid ijodkorning o‘ziga yarasha do‘st-dushmani ko‘p bo‘lgan. Boz ustiga, “Hindiston, Makka, Madina, Shom, Beyrut bilan sayohat qilib, Stambulg‘a o‘qishg‘a kelgan bo‘lsam ham…” degan e’tiroflaridan Hamzaning bir qancha xorijiy mamlakatlarni kezib kelgani ham ma’lum bo‘ladi. Bunday taloto‘p va sayohatlarning ichida, tarafdor va raqiblarning davrasida o‘sha asarning yo‘qolgani haqidagi ma’lumot kishida shubha uyg‘otmaydi. Hamza she’riyati. Jadidlar she’riyatining yalovbardori Cho‘lpon esada, Hamzaning tarjimai holi aynan she’riyatida ko‘proq namoyon bo‘lgan, deyish mumkin. Chunki she’r – mobil janr. Unda shoir imkon topdi deguncha qisqa vaqt ichida o‘z his-tuyg‘ularidan tortib, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’rifiy g‘oyalarini birin-sirin qozozga tushirib qo‘yavergan. Chop-choplarning orasida aksar hollarda she’rlarni qayta ishlash imkoni bo‘lmaganidan mazmun va shakl mutanosibligi jihatidan qiyomiga yetmagan mashqlar ko‘plab uchraydi. Qat’i nazar, Hamza she’rlari uning bosib o‘tgan yo‘llaridan guvohlik berib turadi XX yuz yillik ibtidosida millatning tafakkur gullari ma’rifatsizlikni yurtning eng og‘riq nuqtalaridan biri deb bildilar. Shuning uchun ham ular iste’dodlarini elni o‘qimishli qilishga bag‘ishladilar, bu yo‘lda vaqtlari, kuchlari, mablag‘lari va hatto jonlarini ham ayamadilar. Ular xalqning ma’rifatli bo‘lishini yurt ravnaqi va millat taraqqiysining asosi, deb bildilar. Oqibat – adabiyotda ma’rifatli kishi obrazi paydo bo‘ldi. Avloniy, So‘fizoda, Ibrat, Hamza, Fitrat, Cho‘lpon kabi qator shoirlarning ijodida shu g‘oya qayta-qayta ishlandi. Uzun gapning qisqasi shuki, XX asr tongotarida Behbudiy, Fitrat, Hamza, Qodiriy va Cho‘lpon tomonidan mafkura, ilm va adabiyot sohasida amalga oshirilgan ishlarning ahamiyati yuz yillarga emas, balki ming yillarga tatiydi. Chunki bugungi adabiyotimiz, teatrimiz va bu sohalar ilmi aynan ular asos solgan yo‘ldan rivojlanib bormoqda. Ularning hurmatini joyiga qo‘yish, XX va XXI adabiyotiyu, teatrining sarchashmasi aynan yuqorida nomlari zikr etilgan bobolarimizning ijodlari ekanligini hamisha yodda tutishimiz siz bilan bizning ulug‘ bobolarimizga nechog‘li munosib voris bo‘lganimizni bildiradi. Shu ma’noda, adiblar xiyobonida Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy kabi ulug‘lardan so‘ng aynan Behbudiy, Fitrat, Hamza, Qodiriy va Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning haykallari qad rostlasa, bir tomoni, tarixiy haqiqat tiklanib, zamonaviy adabiyot va mumtoz adabiyot o‘rtasiga ko‘prik tashlagan,boshqa tomoni, hozirda bog‘ni bezab turgan XX asrning zabardast ijodkorlari o‘z oldilariga kelib qo‘shilgan ustozlarining davrasida qadlarini yanada adl tutgan bo‘lur edi. Download 77.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling