O`zbek tilida antroponimlar
XULOSA Битирув малакавий ишда қўйидаги хулосаларга келинди: 1
Download 279 Kb.
|
O`zbek tilida antroponimlar
XULOSA
Битирув малакавий ишда қўйидаги хулосаларга келинди: 1. Antroponimlar o`zining umumiy xususiy belgilari bilan bir leksik sistemaga birlashadi. Ular o`zida lisoniy-nutqiy va enseklopedik axborotlarni mujassamlashtirib, shaxslarni bir-biridan ajratishga xizmat qiladi. 2. Antroponimlar tilning lug`at boyligi tizimida o`ziga xos alohida tizimga egadir. Bu o`rinda “odam”, “erkak”, “ayol” leksemalarining eng chekka va bo`sh qurshovi sifatida belgilanishi mumkin. “Odam”, “erkak”, “ayol” leksimalarida antroponimik chekka va bo`sh qurshovning mavjudligi antroponimlarning lisoniy tizimida va har bir shaxsning nutqiy faoliyatida rang-barang informativ ( normativ va ekspressiv) vazifalarida yashay olishi uchun asosiy imkoniyatdir. Har bir shaxs bu imkoniyatni o`z sharoiti, zarurati, imkoniyatlari, xususiyatlari asosida voqealantiradi va bu leksimalarining antroponimik qurshovini o`zicha to`ldiradi. Shuning uchun umumlisoniy tizimda alohida olingan antroponim informativlikka ko`ra qanchalik bo`sh, xoli bo`lsa, barcha erkak ismlarida atiga bitta informativ – “shaxs+erkak” mujassamlangan, xolos), har bir shaxs uchun har bir antroponim shu qadar boy, muayyan va seraxborotdir. 3. Antroponimlarga so`zlararo tizimiy munosabatlarning voqealanish nuqtai nazaridan yondoshganda, ularning ma`lum darajasida sintagmatik va paradimikmatik munosabatlardan xoli emasligini ko`rish mumkin. Bu munosabatlar, eng avvalo, antrponimlarning erkak nomlari, ayol nomlari, neytral nomlar sifatida uch guruhga ajralishida ko`rinadi. Ammo antroponimlar boshqa lug`aviy paradigmalardan farqlanadi: antroponimik paradigma a`zolari orasida shakliy farqlar mavjud bo`lib, umumijtimoiy informatik qiymat bir xil: shaxs+erkak, shaxs+ayol. “Erkak” va “ayol” semali antroponimlar uch guruhga jins jihatidan farqlanmaydigan mushtarak (neytral) nomlarga zid turadi. 4. Antroponimlarning so`z va leksemaga munosabatini o`rganish shu narsani ko`rsatadiki, kishi nomlari leksemaning olti belgi xilidan ikki omilga ( tayyorgarlik: nutqda grammatik morfemalarni o`zida biriktira olish ) to`la, bir xususiyatiga (majburiylik omiliga) yarim holda javob beradi. Gap tarkibida antroponimlar o d a m, e r k a k, a yo l leksimalariga xos sintagmatik qurshovga ega va ular gap bo`lagi vazifasida keladi. Shuning uchun atoqli otlar to`la qonli nutqiy so`zlar bo`lib, atiga qirq foiz umumlisoniy leksimalarga ega. Ana shu xususiyati bilan ular o`zbek tili lisoniy lug`aviy boyligining eng chekkasidan o`rin olish imkoniyatiga ega. 5. Atoqli otlarning informatik ma`noviy qobiliyatini apellyativ leksika-turdosh otlar ma`noviy xususiyati bilan bog`lash mumkin emas, lekin ba`zan apellyativdagi muhim bir belgi – insonga nisbat berilishi mumkin. 6. Ergash Jumanbulbul o`g`li o`z dostonlari mazmuniga mos nom va laqablar tanlashida “muallif-personaj-kitobxon” uchburchak motivatsiyasidan kelib chiqqanligi uning asarlari mazmuna va badiiy qiymatini oshirgan. 7 Baxshi dostonlaridagi antroponimlar ikki vazifa: 1) nominativ (atash-nomlash): 2) uslubiy – emotsional vazifasini bajargan. Ismlardagi vo`shimcha hissiy bo`yoq ma`nosi leksik-semantik usullar bilan ro`yobga chiqarilgan. Shoir dostonlardagi ismlar o`z qo`llanish xususiyatiga ko`ra ikki xildir:turli personajlarning nomlari va tarixiy shaxslarning nomlar. Lingvostilistik jihatdan esa ular real va to`qima ismlardan iborat. To`qima ismlarda ma`lum bir tarixiy ma`nolarga ishora qilinganligi ulardagi emotsional ta`sirchanlikni oshirgan. Shuning uchun turli badiiy va lingvistik omillar bilan bir qatorda antroponimlar ham Ergash Jumanbulbul o`g`li asarlarida badiiy tasvirning asosiy vositalaridan biri sifatida xizmat qilgan va baxshi bu san`at turidan yuksak mahorat bilan foydalangan. So`z san`atkori qo`llagan laqablar asar qahramonlarini u yoki bu tomondan tavsiflash, ularga xos ayrim belgi xususiyatlarni ifodalash, kitobxon hissiyotiga ta`sir qilishda muhim uslubiy vosita bo`lib xizmat qilgan. 8. Dostonlarda personaj ismiga qo`shilib kelgan antropoindikatorlar o`z xususiyatiga ko`ra: ichki va tashqi ko`rinishlarga ega. Tashqi indikatorlar faqat ayol ismlariga, faqat erkak ismlariga, hamda ayol va erkak ismlariga qo`shila oladigan turlarga ajraladi. Ular muallifning o`z personajlariga, shuningdek, personajlarning ham bir-biriga bo`lgan ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalash vazifasini bajargan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI Karimov I. A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch. – T.: Ma`naviyat, 2008. Karimov I. A. O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. – T.: O`zbekiston, 1992. Karimov I. A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo`lini izchik davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimidagi ma`ruzasi. 2010- yil 7- dekabr. Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasi. 2010-yil 12-noyabr. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati. –T.: O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002. Hozirgi o`zbek adabiy tili (darslik). -T.: O`qituvchi, 1980. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. -T.: O`qituvchi,1992. -354 b. Mahmudov N. Til. - T.: Yozuvchi, 1998. - 40 b. Mengliyev B. va b. Ona tili, Qomus. –T.: Yangi asr avlodi. 2010-yil.14-bet. Ne`matov H., Rasulov R. O`zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – T.: O`qituvchi, 1995. – 128 b. Nurmonov A. O`zbek tilshunosligi tarixi. -T.: O`zbekiston, 2002. Qilichev E. Hozirgi o`zbek adabiy tili (Konspektiv kurs). -Buxoro, 1999. - 224 b. Qilichev E. O`zbek tilining amaliy stilistikasi. -T.: O`qituvchi, 1992. Rahmatullayev SH. Frazeologik birliklarning asosiy ma`no turlari. – T.: Fan, 1955. Rahmatullayev SH. Nutqimiz ko`rki. – T.: Fan, 1970. Rahmatullayev SH. O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati. – T.: O`qituvchi, 1978. – 408 b. Sayfullaeva R., Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili. O`quv qo`llanma. –T.: Fan va texnologiya, 2009. -416. O`zbek tili grammatikasi. 1-tom. –T.: Fan, 1975. O`zbek tilining izohli lug`ati. –T., O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. 2006. O`zbek tilining izohli lug`ati. –T., O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2-jild. 2006. O`zbek tilining izohli lug`ati. –T., O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 3-jild. 2007. O`zbek tilining izohli lug`ati. –T., O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. 2008. O`zbek tilining izohli lug`ati. –T., O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild. 2008. Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov X. Shomaqsudov A. va boshqalar. O`zbek tili stilistikasi. -T.: O`qituvchi, 1983. 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 130-bet. 2 Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchik davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. 2010- yil 7- dekabr. 3 Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi. 2010-yil 12-noyabr. 1 Mengliyev B. va b. Ona tili, Qomus, –T.: Yangi asr avlodi. 2010-yil.14-bet. 1 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. (E.Begmatov.) –T., O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-tom. 2002. 372-373-bet. Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling