O`zbek tilida antroponimlar
-§. Antroponimlarning leksik-sеmantik xususiyatlari
Download 279 Kb.
|
O`zbek tilida antroponimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Antroponimlarning uslubiy xususiyatlari
2-§. Antroponimlarning leksik-sеmantik xususiyatlari
Dostonlardagi antroponimlarni quyidagi simantik gruppalarga bo`lish mumkin: a) zooleksimalar asosida: Bobur, Qunduz, Qaldirg`och, Barchin, Zag`chagir. b) tabiat hodisalari, osmon jismlari, o`simlik nomlarini anglatuvchi so`zlar asosida : Yozi, Kunbotir, Mohiboy, Cho`lpon, Rayhon, Bo`tako`z, Yulduz, Anor, Bodom, Temir, Oltin, Buvi Hilol; v) har xil mashg`ulot va hunarni anglatuvchi leksik birliklar asosidan tashkil topgan: Soqi, Chaqqon, Dono, Saranjom, Hakim, SHoir, Nonvoy, Buldiriq qassob; g) go`zallik, noziklik, latofatni anglatuvchi so`zlar asosida :Zebo , CHehra, Sanam; d) etnonim asosida : Qalmoqshoh; e) dostonlarda sharq adabiyotida jasorat, axloqiy soflik, mangu muhabbat tajassumi bo`lib qolgan Rustam, Yusuf, Zulayho, Majnun, Farhod , Shirin, Shohsanam, Shog`arib, Qaysar kabi klassik nomlar uchraydi. Eng qadimgi antroponimik kategoriyalardan laqab va tahallusdir. Odatda ular ismlarga qo`shilib qo`shma antroponimlarni vujudga keltiradi; Hasanzargar, Surhayl maston, Hasan Chopsan, Chandana chol, Alpomish hukmdor. Dostonlarda ,,dev`` kompanenti bilan uchraydigan qo`shma ismlar anchagina : Boymatdev, Qizildev, Yaproqdev, Afsardev kabilar. O`zbek tilida boshqa turkiy tillardagidek , antroponimik sistema sostavini arab va fors tillaridan kirib kelgan qo`shma ismlar tashkil etadi, shuningdek , izofiy konstruksiyali ismlar ham uchraydi desa bo`ladi: Abiquli, Qo`shquloq, Xunxorshoh, Balogardon. Dostonlar antroponimiyasi shakl va mazmun boyligi bilan ajralib turadi. Ularda qadimgi va hozirgi o`zbek tilining xususiyatlari, so`z yasalishidagi o`ziga xoslik jarayonlari aks ettirilgan. Antroponimlarning xalq ijodi, tafakkuri , ong- shuurining tarixiy izlari saqlanib qolgan. Binobarin , antroponimlarni leksik- semantik va etimologik tahlil etish alohida ahamiyat kasb etadi 3-§. Antroponimlarning uslubiy xususiyatlari O`zbek tilshunosligida toponimlarni o`rganish ishi yaqindagina kirishildi. O`zbekiston toponimiyasining turli sohalariga bag`ishlangan maxsus monografik ishlar, dissertatsiya va maqolalar yozildi. Ammo yozuvchi va shoirlarimizning badiiy asarlarida uchraydigan ko`p sonli toponimlar,ularning ma`nosi,qo`llanish sababi va stilistik xususiyatlari bu kungacha o`rganilmay kelinmoqda. Badiiy asar tilidagi geografik joy nomlarini o`rganish avvalo, toponimika ilmini rivojlantirish uchun muhim bo`lsa, so`ngra yozuvchi uslubini belgilash uchun ham ahamiyatlidir. Bu jihatdan ham yozuvchi S. Ayniy asarlari leksik tarkibining bir qismini tashkil qilgan toponimlar xarakterlidir. Yozuvchi ma`lum davr voqealarini hikoya qilar ekan tasvirlanayotgan hodisalar yuzaga kelgan joy, sharoit bilan kitobxonni to`liq tanishtirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning asarlarida Buxoro amirligining ma`muriy bo`linishi , shaharning tuzilishi, turli xil joy nomlarini ifodalovchi so`zlar anchagina uchraydi. Uning ,,Esdaliklar`` epopeyasida Buxoro shahrining tarixiy geografiyasi keng tasvirlangan. Bunda amir va uning amaldorlari turadigan joylar, savdo – sotiq joylari, ko`cha va mahallalar, madrasa va masjidlar, hovuz va ariqlar to`g`risida keng ma`lumot beriladi. Chunonchi, Sitorai Mohi xosa, Xargo`sh, Vobkent, Mahallai bolo, Vang`ozi, Soktari kabi qator toponimik nomlar tasvirning jonli va badiiy chiqishini ta`minlash uchun xizmat qilgan. Ba`zan yozuvchi turli voqea, hodisalar bo`lib o`tgan joy nomlarini yashirib, shu joy nomining bosh harfi yoki yashirin nom bilan ataydi. Buning turlicha sabablari bor. Jumladan, siyosiy jihatdan taqiqlangan yoki yozuvchiga yaqin, tegishli joy bo`lishi mumkin. S.Ayniy ham Shofirkon tumanidagi bir qishloq nomini faqat bosh harfi ,,M.`` bilan ataydi: Shofirkon tumaniga qarashli M. qishlog`ida Abduhakimboy hovlisida ishlar qizigan edi (III, 49) . Fikrimizcha ,,M`` qishlog`i adibga tegishli, ya`ni uning asosiy xo`jayini va kunjaki domlasi mulla Abdusalom yashagan ,, mahalla``nomli qishloqdir. Chunki S.Ayniy o`zining ,,esdaliklar`` asarida bu qishloqning to`liq nomini aytib o`tadi : Men ,,kunjaki domla`` va asosiy xo`jayinim mulla Abdusalom bilan birga uning Mahalla qishlog`iga – bobomnin g uyiga bordim (V,218). Yozuvchi o`z asarlarida ayrim toponimlarning har ikki tildagi: tojikcha va o`zbekcha nomini keltirsa, ba`zi joy nomlarini nega shunday atalganligiga kitobxonning diqqatini tortadi: Akramboy to`pchiboshi sarbozlar kuchi bilan bog` qilmoqchi edi. Shuning uchun bo`lajak chorbog`ini nomini ,, Zo`robod`` qo`ygan edi. Ammo xalq u chorboqqa ,,Zulmobod`` nomini munosib ko`rdi (II, 177). Ko`riniyaptiki, ba`zi toponimik nomlar voqealikni bevosita aks ettiradi, bunday toponimlar ,, so`zlovchi nomlar`` deb ham yuritiladi. Shuningdek, misoldagi joyning ikkala nomi ham (Zo`robod, Zulmobod) sinfiy tengsizlik , adolatsizlik hukm surgan feodalistik jamiyat muhri aks ettirilgan. Ayrim hollarda shu toponimlar bilan bog`liq bo`lgan rivoyatlar, afsonalar keltiradi. Bunga ,,Tezguzar`` qishlog`i, ,,Childuxtaron`` mozori nomlarining izohlanishi misol bo`la oladi Bu afsona va rivoyatlar asar tilini shirali va jozibador bo`lishini ta`minlagan. O`zining yigirma yildan ortiq umrini Buxoro shahrida o`tkazgan S. Ayniy shahar mikrotoponimiyasini real kartinalarda aks ettirgan. Yozuvchi bu mikrotoponimlarni ataylab sanamay, voqealar tasviriga bog`lab olib boradi. Jumladan, ,,Esdaliklar`` asarining to`rtinchi qismida bir begunoh aravakashning amir amaldorlari tomonidan toshbo`ron qilinishini tasvirlar ekan, shaharning ichki tuzilishi, mikrotoponimlari bilan quyidagicha tasvirlab o`tadi:…. Toshbo`ron qiluvchilar aravakashning tuyada osilib qolgan o`ligini Naddafon va To`qimdo`zlik katta ko`chasi orqali Bozori Nav, Labi Ro`d ko`chasigacha, undan Xo`ja Kalon masjidi, Madrasai Nav oldidan Sesu ko`chasigacha va bazzozlik rastasi, Sarrafon gumbazi, Chorsu, Hiylabafon, Quymurqush guzarlari orqali Kavola darvozasigacha to`xtamay tosgbo`ron qilib o`tkazganlar….(VII, 115). Misoldan ko`rinadiki, yozuvchi bir kichik detalda toshbo`ron voqeasini tasvirlash orqali deyarli butun Buxoroning qadimiy geografiyasini ko`z oldimizda yaqqol gavdalantira olgan. Shuning uchun ham ,,Esdaliklar`` ni o`z navbatida tarixiy geografik asar deb hisoblasa bo`ladi. S.Ayniy asarlaridagi ko`pgina toponimlar ma`lum bir aholining mashg`uloti , kasbi bilan bog`liq holda atalganligini ham ko`ramiz: Sovunfurushon ( sovun ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar), Bo`yrabofon ( bo`yra tikuvchilar), Shonataroshlik (taroq yo`nuvchilar), So`zangaron (igna bilan ishlovchilar, tikuvchilar) va boshqalar. Turli kasb – hunar nomlari bilan atalgan yuqoridagi kabi nomlar til taraqqiyotining hozirgi davriga kelib iskirib is`temoldan chiqib qoldi. Hozirgi paytda kishilarning kasbi koriga qarab nom qo`yish odati yo`qolgan, yangidan barpo bo`layotgan shahar va qishloqlar hamda ko`chalarimizga qo`yilayotgan nomlar o`zining mazmun va jozibadorligi bilan yuqoridagi kabi nomlardan tamomila farqlanib turadi (chog`ishtiring: Kolxozobod qishlog`i, Bahoriston rayoni, Navbahor rayoni va h. k. ). S.Ayniy ba`zi personajlarning nutqining indivulashtirish maqsadida rus tili va u orqali kirgan ayrim toponimlar talaffuzini o`zgacha, ya`ni eski o`zbek tili talaffuzi va orfografiyasidagidek beradi: islom davlatlaridan boshqa besh davlat, chunonchi: Jirmon (Germaniya), Italiyo (Italiya), Amriko, Farangiston, Anglis davlatlari ittifoq bo`lib, bolshivik tuxmini qurutmoqchi bo`lib, jang e`lon qilganlar(II, 405). Xuddi shuningdek, ayrim din vakillari nutqida yoki tantanali uslubda yozilgan xatlarda Buxoro shahrining nomi ,,Buxoroi sharif`` (Muqaddas Buxoro) deb yuritilgan. Bu tarixiy fakt ham yozuvchi asarlarida ham o`z aksini topgan: Taqsir, Buxoroi Sharif to`ylari juda batartoib bo`ladi – da, - deb Hoji Yoqubboy gap boshladi (II, 60). Shunday qilib, toponimik leksika S.Ayniy asarlarida o`z mazmun boyligi va xilma – xilligi bilan ajralib turadi. Yozuvchi asarlaridagi toponimlar badiiy tasvirning real chiqishi, davr kolotirini berish uchun xizmat qilgan. S.Ayniy asarlarining badiiy tilini o`rganar ekanmiz, ulardagi antroponimlar ham kishi diqqatini o`ziga jalb etadi. Til lug`at sostavining ajralmas bir qismi hisoblangan antroponimlar morfologik va sintaktik jihatdan ma`lum til normalariga, qoida – qonunlariga bo`ysunadiloar. Ammo ular qolgan turdosh otlardan konkret shaxs – individual odamniboshqa ko`pchilik odamlardan ajratish bilan farq qiladilar. Antroponimlar, ularning o`ziga xos xususiyatlari, paydo bo`lish va rivojlanish tarixi, ma`no va mazmun hamda stilistik qo`llanishi kabi masalalar rus va o`zbek tilshunosligida atroflicha o`rganilgan va o`rganilmoqda. Chunki antroponimlarning o`ziga xos xususiyatlarini har tomonlama o`rganish, ayniqsa, ularning badiiy adabiyotdagi stilistik rolini aniqlash muhim nazariy va praktik ahamiyatga ega. S.Ayniy asarlarining barchasida antroponimlar muhim tasviriy vosita sifatida qo`llanilgan. Yozuvchi asarlari atrukturasidagi antroponimlar tasvirlanayotgan voqealar mazmuniga bog`liq holda uni badiiy aks ettirishi uchun xizmat qilgan.Uning asarlarida so`zlamaydigan ism yoki laqab yo`q desa ham bo`ladi. Deyarli har bir antroponim tasviriy bo`lib, nimanidirni aks ettiradi. Buni ,,Qullar`` romanidagi Rahimdod – Nekqadam – Qulbobo, Safar g`ulom, Hasani kobud, O`rmon polvon, Abdurahmon sardor; ,,Doxunda`` romanidagi Yodgor – Doxunda, Yusuf bo`ri, Navro`zi zo`r, Sharif kichiri, Abdullaxo`ja, Fayzicha; ,,So`dxo`rning o`limi`` povistidagi Qori Ismatulla – Qori Ishkamba, Rahimi qand, Amin mush, Nasrullo deg; ,,Buxoro jallodlari`` dagi Hamro gavboz, Qurbon devona, Qodir bo`z va boshqalarda yaqqol ko`rish mumkin. Ayniqsa antroponimlar yuz yildan ortiq voqealarni o`z ichiga o`z ichiga olgan ,,Qullar`` romanida, to`rt qismdan iborat ,,Esdaliklar`` epopeyasida ko`p uchraydi. S.Ayniy asarlaridagi ismlar o`z qo`llanish xususiyatiga ko`ra ikki xildan: 1) turlin personajlarning nomlari 2) Tarixiy real shaxslarning nomlari. Kishi nomlari o`z tabiatiga ko`ra individuallashtirilgandir. Chunki ular ma`lum bir shaxsni ataydi va uni shu gruppadagi boshqa kishilardan ajratadi. Bu individuallik badiiy adabiyotida yanada kuchayadi. Chunki avtor turli ruhiy, siyosiy, iqtisodiy va sotsial holatlardan kelib chiqib o`z qahramonlarini nomlaydi. S.Ayniy asarlaridagi nomlarni sodda, tovush sostavi jihatidan hamohang so`zlardan iboratdir: Gulnor va Yodgor; Hasan, Husan, Ergash, Yo`ldosh va hokazo. Yozuvchi asaridagi personajlar nomiga diqqat qilar ekanmiz, ularda ijtimoiy tengsizlik, tabaqalanish, hokim – tobelik munosabatini ko`rib turamiz. Ruhoniylar, din vakillari, feodallar qarama – qarshilikni ko`rsatuvchi xon, bek, mir, shoh, xo`ja, said, shayh, mulla, eshon kabi turli xil mansab va tabaqalari belgilari qo`shib nomlangan. Masalan: Temurshoh, Shohzamon, Mullanavro`z, Bahrombek, Ochilbek, Xolbo`tabek, Mirsaid, Anvarposhsho, Rahimxon, Mulla Azimshoh, Alimardonbek, Sultonxon, Shayh jalol va hokazo. Ayni vaqtda kambag`al sinf vakillari nomlari dabdabali bo`lmay, oddiydir: Jahongul, To`tigul, Gulsum, Yong`oqgul, Zulayho, Bozor, Yodgor kabilar tabiatdagi real narsalarga o`xshatish asosida qo`yilgan. Bundan tashqari qul, g`ulom kabilar esa kambag`al dehqonlar ismi tarkibida ko`proq uchraydi. Masalan: Qulbobo, Safarqul, Safarg`ulom, Shokirg`ulom, Ergashqul, Qulmurod va boshqalar.Yozuvchi sinfiy aYozuvchi sinfiy ayirmalikni ko`rsatuvchi yuqoridagi kabi elementlarni personaj ismlari tarkibida keltirish bilan sinfiy tengsizlikni fosh etgan hamda tasvirlanayotgan davr koloriti – ruhini kitobxon ko`zi o`ngida yaqqol gavdalantirishga erishgan. Kishi ismlarining bunday sotsial differensiatsiya qilib qo`llanishi ulardagi emotsional – eksprssiv buyoqni yanada kuchaytirgan. Sinfiy tengsizlikning yo`qolishi natijasida xon, poshsho, mir, shoh, bek, boy, qul, g`ulom kabilar affiksoidlarga aylanib, o`z sotsial mohiyatini yo`qotdi. Ular hozirgi tilimizda turli xil erkalash, hurmat qilish, so`zlovchiga yaqin tutishlik kabi modal ma`nolarni ifodalash uchun xizmat qilmoqda. Yozuvchi ba`zi personajlarga ularning xarakteridan kelib chiqib nom bergan, ya`ni ism personaj xarakterini ifodalab turadi. Jumladan, ,,Qullar`` romanida doimo ,, men kak partiyniy`` deb boshqalarga gap bermaydigan, mahmadana, har qan day ishga yuzaki, shpshmashosharlik bilan qaraydigan bir personajning nomi Shoshmaquldir. Uning nomi ismiga mos bo`lib tushgan. Men kak partiyniy, aytamanki, terim ko`ngildagidek uyishtirilmadi, deb Ergashning so`zini bo`ldi Shoshmaqul. Majlisda raislik qilayotgan Safarqul Shoshmaqulni ogohlantirib: O`rtoq Shoshmaqul! Sen ,,kak partiyniy`` shu kunda ko`p gapirding. Men kak partiyniy, partiya tashkiloti tuzuk ishlamagan deyman, dedi Shoshmaqul, yana o`tirgan joyidan: Safarqul yana Shoshmaqulga qarab: - Gapiradigan bo`lsang, turib gapir, bo`lmasa, o`tirgan joyingdan gap otib majlis intizomini buzma dedi.(III, 384). Keltirilgan parchadan ko`riniyaptiki, yozuvchi kollektirish davrida partiyaning safiga kirib olgan Shoshmaquldek ayrim tasodifiy, hovliqma kishilarni nomlash bilan ham satira ostiga olgan. S.Ayniy asarligining ko`pligi tarixiy temada yozilgan. Yozuvchi o`zbek va tojik xalqining tarixini yaxshi bilgan ensiklopedist olim edi. Shuning uchun ham uning asarlarida ko`pgina tarixiy real shaxslarning nomi uchraydi. Bu holat, ayniqsa, uning ,,Buxoro tarixi inqilobi uchun materiallari`` , ,,Esdaliklar`` asarlarida yaqqol ko`rinadi. Bu asarlarida Buxoro inqilobi bilan bog`liq bo`lgan voqealar aks ettirilib, tarixiy real shaxslarning nomlari keltiriladi. Masalan: Buxoro amirligidan: Amir Haydar, Amir Nasrullo, Amir Muzffar, Amir Abduahad, Amir Olimjon; shoirlardan: Mirzo, Somiy, Nizomiddin Sobitiy, Hayrat, Mirzoshoh, Ahmad Donish; rus revoyutsionerlaridan: Kolesov, Frunze va boshqalar. Yuqoridagi antroponimlar mominativ funksiyani bajarib, tasvirlanayotgan davrni real va ishonchli qilib berish vositasi bo`lgan. Ba`zi tarixiy nomlarni o`xshatish, kinoya priyoma uchungina ishlatiladi. Jumladan: ,,Qullar`` romanidagi ,,Devona Mashrabning eshagi`` hikoyatida Mashrab va Xo`ja Ahror nomlari eslatiladi. Mashrab devona o`z eshagidan tushib sag`risiga bir shapoloq urib: - Bor, sen ham Xo`ja Ahrorniki bo`l – ey,- deb haydab yuboribdi va o`zi yayov ketaveribdi (III, 332). Yozuvchi Buxoro amiri Olimxonni tadbirsizligini satira ostiga olgar ekan, uni amir Muzaffar davrida mashhur bo`lgan Bobozoda ismli masharabozning ayig`iga o`xshatadi: Amir Olim irodasiz, xabarsiz va har kimning so`ziga ,,ma`qul`` deydigan kishi edi. Masalan, ma`murlardan o`n kishi bir- biriga muhofil o`n ariza bersalar yoki kengash ko`rsatsalar, har qaysiga muvofiq deb buyriq berar edi. Shuning uchun Buxoro aholisi uni ,, Bobozoda ayig`i`` der edilar (I,229). Avtorning izohicha, qog`ozdan yasalgan ushbu ayiqqa har kimsa savol bersa, ,,hu`` javobini eshitar edi. Amir Olim ana shu ,,ayiq``qa o`xshatilgan. Ayrim mifologik nomlar frazeologik iboralar tarkibida kelib ta`sirchanlikni kuchaytirgan. Bunday iboralardan yozuvchi satiric maqsadlar uchun foydalangan. Jumladan, ,,So`dxo`rning o`limi`` povestidagi o`ta hasis shaxs Qora Ishkamba dunyodagi eng sahiy deb sanalgan Hotami Toyga kinoya qilib o`xshatiladi: Bu kimsa mening ko`ziga Hotami Toyi bo`lib ko`rindi (IV,227). XX asr boshlarida o`zbek tilida ham ruscha uslubda yasalgan familiya, keyinroq esa otchestvalar paydo bo`ldi.Shundan keyin esa kishilarni isn yoki laqab bilan chaqirish odati kamaydi. Shuning uchun bo`lsa kerak, S.Ayniyning dastlabki asarlarida ism, laqab, turli tahalluslar ko`p uchraydi, ammo familiyalar sanoqlidir. Turli tipdagi familiyalar oktyabr revolyutsiyasidan keyingi davr voqealarini tasvirlaganda ishlatiladi, xolos: Ergash , kotib, Yo`ldoshev, Normurod xalqni bosti- bosti qilmoqchi bo`lib ko`chaga chiqdilar (III.382). Otchestvalarni qo`llash faqat rus kishilari – personajlari nomidagina uchraydi. O`zbeklarda otchestva bo`lmaganli uchun ,,Qullar`` romanidagi o`zbek personajlaridan biri boshqa bir rus personajining otchestva va familyasini ajratolmay, har ikkisini ham ,,ot`` deb ataydi: Darvoqe, - dedi devonbegi u odamga, - men sizning otingizni unutganman. Nikolay Petrovich. Yaxshi otingiz bo ekan, imperatori a`zam hazratlari bilan otdosh ekansizda. Yana qisqacharoq otingiz bor edi- ku. Petrov (III, 196). S.Ayniy asarlaridagi ko`pgina familiyalar neytraldir . Ammo familiya tarkibiga turli chin va lavozimlarni qo`shish orqali ulardagi eksprissivlik oshadi: g e n e r a l Quljonov, Petrov to`ra kabilar. Kishi ismlariga turli xildagi amal va unvon so`zlarini qo`shish ko`tarinki yozilgan xatlarda uchraydi: Uning unvon va amallari amir yuborgan, ,,muboraknoma`` da: ,, Mulla Muhammad Ibrohimbiy de v o n b e g i l a sh k a r b o sh i t o` p ch i bo sh i binni Chaqaboy to` q s o b a`` detilgan edi Yuqorida takidlaganimizdek, qadimgi paytda turkey xalqlarda familiya bilan atash boshqacharoq usulda chegaralangan holda bo`lgan. Ya`ni hozirgi tilimizdan rus tilidan kirgan – yev, - yeva kabi suffikslarga sinonim bo`la oladigan ,,o`g`li`` , ,,qizi`` kabi so`zlar qo`llanilgan. Tojik tilida esa bu vazifani ,,zoda`` affiksoidi bajargan. Voqealarni real tasvirlash jarayonida yozuvchi nbu elementlardan badiiy maqsadlarda foydalanganligi ko`rinadi. Masalan: Rahimdod – Qulboboning o` g` l i Ergash edi (III, 311). Rustamboy q i z i Bibigulnor (II,142). Eroniy toifa ( qavm ) ismlariga qo`shilib kelgan va ularning shu toifaga tegishli ekanligini ko`rsatuvchi ,,zoda`` affiksoidi sinfiy toifa ayirmaligini ko`rsatish bilan bir qatorda familiya tushunchasini anglatib kelgan: Zahriddin Fahriddinzoda, Mirzo Jalol Yusufzoda, Sanginzoda va hokazo. Yozuvchi o`z personajlarining ism – familiyalarini evolyutsion rivojlanishda ko`rsatadi. Jumladan: ,Dohunda`` romanidagi bosh qahramonlar Oktyabr revolyutsiyasigacha bo`lgan tasvir jarayonida Yodgor va Gulnor deb atalgan bo`lsa, inqilobdan so`ng kolxozlashtirish, sotsialistik qurilish yo`llari davri voqealarini tasvirlaganda esa Yodgor Bozorzoda va Gulnor Rustamova deb qo`llangan: Qishloq xo`jaligi texnikumining yuqori kurs talabalari – Yodgor Bozorzoda va Gulnor Rustamova, - deb tanishtirdi (II, 433). Ko`rinadiki, avtor Oktyabr volyutsiyasigacha O`rta Osiyo xalqlarida familiya bo`lmaganligi keyinchalik rus tilining barakali ta`siri natijasida familiyalar, hatto otchestvolarning paydo bo`lganligi o`z asarlarida badiiy formada ko`rsata olgan. ,,Familiyalarning paydo bo`lishi laqablarning yo`q bo`lishiga sabab bo`ldi`` - yozadi professor S. A. Koporiskiy . Darhaqiqat, bir qishloq yoki mahallada yashovchi bir xil nomlangan kishilarni ularning turli belgilariga, xususiyat va xarakterlariga, kasbiga qarab turlicha laqablar qo`yib ajratganlar. Familiyalar paydo bo`lgach, bunday laqablarga ehtiyoj qolmadi. Natijada avvallari nominative vazifani bajargan laqablar asta sekinlik bilan stilistik buyoqqa ega bo`lib bordi. Ba`zi laqablar salbiy ma`no kasb etsa, ba`zilari ijobiy ma`noda ishlatila bordi. Demak, davrlar o`tishi bilan laqablardagi nominativ xususiyati bo`shashib, ekspressivlik tomoni kuchayib bordi. S.Ayniy asarlari personajlarining nomlariga qo`shilib kelgan turli laqablar ham ma`lum funksiyani ado etgan. Chunki laqablarda kulgili ma`no ottenkalar, turli xil ijobiy yoki salbiy stilistik bo`yoq qahramonlarining xarakterini ochib beruvchi vosita bo`lib xizmat qilgan. Masalan, Hayit bo`ri, Rahimi qand, Fayzi avliyo, Hamdam forma va boshqalar fikrimizning guvohi bo`ladi. Ayrim personajlar nomidagi laqablar xuddi o`zining ikkinchi nomidek o`rnashib qolgandir. Shuning uchun ham personajlarning dialogi boshida ism bilan birgalikda qo`llanilgan bo`lsa, undan so`ng faqat laqab bilan nomlanadilar. Masalan, ,,Buxoro jallodlari`` asaridagi Qodir bo`z, Hamro gavbozlar o`zaro gaplashganida ,,bo`z`` yoki ,,gavboz`` deb bir – birilariga murojat qiladilar. Laqablar o`zi qo`shilib kelgan nom egasini u yoki bu tomonidan xarakterlab turadi. Bu jihatdan ,,Sudxo`rning o`limi`` povestining bosh qahramoni Ismatullo nomiga qo`shilgan laqablar xarakterlidir. Bu personaj bir jihatdan Qori, ,, Qur`on``ni yod biluvchi shaxs. Diniy qoida – qonunlarni yaxshi bilgan, ayni zamonda dinni, musulmonchilikga bir qorinni to`yg`azishga, sudxo`rlikka sotuvchi ,,ishkamba``dir. Yozuvchi shu laqabni tanlaganda o`zining satirik qalamini yanada o`tkirlashtirgan: Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling