O`zbek tilida antroponimlar
Himoyaga olib chiqilayotgan holatlar
Download 279 Kb.
|
O`zbek tilida antroponimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati
- Ishning tuzilishi.
Himoyaga olib chiqilayotgan holatlar.
Bitiruv malakaviy ishi O`zbek tilshunosligi kafedrasida bajarildi va kafedra muhokasidan o`tkazililib, himoyaga tavsiya etilgan. Ishning ilmiy yangiligi quyidagidan iborat: Til lug`at boyligining sistemaviy tadqiqida antroponimlar o`rni aniqlandi. Ushbu tadqiqotda antroponimik qurshov “Odam ”, “Erkak”, “Ayol” leksimalarning eng chekka nomlar qurshovidan o`rin olishi, bu qurshovning o`zi muayyan so`zlar bilan to`ldirilmaganligi sababli antroponimlar lisoniy lug`aviy tizimga, leksemalar tizimiga yarim aloqador ekanligi asoslandi. “Odam ”, “Erkak”, “Ayol” leksimalarning nomlar qurshovi bo`sh qurshov sifatida mavjudligi va bu qurshovning ijtimoiy hayotiga mos ravishda to`ldirilib borishi antroponimlarning har bir shaxsning faol so`z boyligi tarkibidan to`la o`rin olishiga imkoniyat beradi. Bu bilan antroponimlarning lisoniy lersemalar tizimiga to`la kirmasdan turib, har bir shaxsning faol so`z boyligi tarkibidan o`rin olishi dialektikasi ochib berildi. Shu asosda Ergash Jumanbulbul o`g`li dostonlarida antroponimlar tizimi tavsiflanib, uning o`z qahramonlariga nom berish omillari, jumladan , tarixiylik, badiiy – uslubiy, (qahramonni tavsiflash), badiiy qahramonga o`z munosabatini ifodalash maqsadlari sharhlandi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Ishdan leksikani tizimiy o`rganish jarayonida onomastik birliklarning o`rnini belgilashda, ularning o`zaro ichki tizimiy munosabatlarini aniqlashda, shuningdek, antroponimlarning badiiy adabiyotda tutgan o`rni va uslubiy vazifasini tadqiq etishda nazariy jihatdan foydalanish mumkin. Shuningdek. tadqiqot til va nutq dialektik munosabatining ayrim tomonlarini yanada chuqurroq tushunish va hal qilishga ko`maklashadi. Tadqiqot natijalari amaliy jihatdan antroponimlar bo`yicha oliy o`quv yurtlari talabalari va maktab o`quvchilariga mo`ljallangan darsliklar yozish uchun manbaa bo`ladi. O`zbek tili onomastikasi amaliy va nazariy uslubiyat asoslari bo`yicha maxsus kurslar o`qishda foydalanish mumkin. Ishning tuzilishi. Tadqiqot ishining umumiy tavsifi, kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyot ro`yxatidan iborat bo`lib, hajmi 58 betni tashkil etadi. KIRISH Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo`l, avvalo, ta`lim-tarbiyadan boshlanadi1. Ta`lim-tarbiya masalasini esa ona tilida savod chiqarish, tilni hurmat qilish, adabiy tilda so`zlashish, so`zlashish madaniyati, chiroyli so`zlash (so`zamollik) kabi holatlar til fani bilan bog`laydi. Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalar, internetni nafaqat maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlariga, balki har bir oilaga joriy qilish harakatlari bugungi kunda tobora kuchayib bormoqda. Aynan zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimini keng ko`lamda rivojlantirish mamlakatimiz va jamiyatimizning taraqqiyot darajasini ko`rsatadigan mezonlardan biri bo`lib xizmat qiladi… Hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega2. Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida ko`p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi. Bunday keng miqyosdagi ishlar natijasida faqat keyingi 10 yilning o`zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko`payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi... Efir orqali uzatiladigan materiallarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy raqamli va multimedia texnologiyalari joriy qilinayotganida namoyon bo`lmoqda. Yurtimizda Internet tizimidan foydalanuvchilar safi jadal sur`atlar bilan kengayib bormoqda. Bugungi kunda ularning soni 6 milliondan ortib ketgani ham buni tasdiqlab turibdi3. Antroponimika (yunoncha antropos – odam va onuma - nom) – onomastika (nomshunoslik) ning bo`limi bo`lib, kishining ismi (Aziz), ota ismi To`rayevich, To`rayevna), familiyasi (Qayumov), taxallusi (Navoiy, Bobur). nisbasi (Nasafiy, Samarqandiy, Buxoriy), laqab (Muhammad uzun) lari antronimikada o`rganiladi. Ism, ota ismi, familiya, taxallus, nisbaning asosidagi so`z, ularning ma`nosi, qaysi tillarga mansub so`z va qo`shimchadan tarkib topganligi, yasalishi, tovush tarkibini, shaxsning nima sababdan shu ism bilan atalish sababini o`rganish antroponimikaning asosiy vazifasi sanaladi1. Nom (mantiqda) – til ifodasi. Predmet (atoqli nom) yoki bir guruh predmetlar (umumiy nom) ni anglatadi. Bunda predmet keng ma`noda tushiniladi. Atoqli nomlar ayrim predmetlarning nomlari (masalan ,,Bobur``,,,O`tgan kunlar`` muallifi) hamda bir guruh predmetlarning umumlashgan nomlar (masalan,,,insoniyat``) bo`linadi. Guruhlar nomini umumiy nom (masalan, ,,inson``)dan farqlash lozim. Sodda yoki elementlar nomlar va murakkab nomlar bo`ladi. Sodda nomlar boshqa nomlardan yoki tilning boshqa ma`noli ifodalaridan tuzilmaydi. Murakkab nomlar esa ma`no kasb etuvchi qismlardan tuzilgan bo`ladi (,,insoniyat``- sodda nom bo`lsa,,,hozirgi insoniyat`` murakkab nom). Nominatsiya (lot. nomination – nomlash, nom qo`yish, atash) (tilshunoslikda) – nomlash hususiyatiga ega bo`lgan, ya`ni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib ko`rsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari – so`zlar, so`z birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni hosil qilish. Nomlar jarayonining natijasi hisoblangan ma`noli til birligi ham ayni shu termin orqali ifodalanadi. Ayrim olimlar nomlar terminini tilshunoslikning nomlash jarayonlari tarkibini o`rganuvchi bo`limini bildirish uchun ham qo`llaydilar. Nomlarda 3 jihat farqlanadi: nomlanuvchi obekt, tanlab olinadigan til unsurlari. Alohida tushuncha, predmed, belgi (,,go`zallik``,,, kitob``, ,,aytmoq``, ,,yashil``), muayyan belgilari bo`lgan predmed (,,yashil daraxt``) yoki butun bir voqea – hodisa (,,Bahor!``,,,Qushlar uchdi``) kabilar nomning obekti bo`lishi mumkin. Shu jihatidan nomlar lug`aviy va propozitiv (so`z birikmasi va gap shaklidagi) nomga bo`linadi. Nom jarayonida nomlash uchun asos sifatida tanlab olinadigan belgilar nomning ichki shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir obekt o`zining turli belgilari asosida turlicha nomlanishi mumkin (masalan,,,Bolalar stulchasi`` – mo`ljallangandik;,,katta stul`` – hajm, shakl belgisi). Nomning tashqi shakli nomlash jarayonida tanlab olinadigan leksik – gramatik vositalar bilan belgilanadi. SHu sababli ichki shakl jihatidan bir hil bo`lgan nomlar o`zlarining tashqi shakli bilan farqlanadilar (,,nuroniy``, – ,,keksa odam``– ,,chol``). Nomni vazifasi va kelib chiqish jihatidan tekshirish uni azaliy, avvaldan mavjud bo`lgan (yoki hozirgi tilda tub deb qaraladigan) nom va yasama (ma`no va so`z yasalishiga ko`ra) nom deb ikkiga ajratishga imkon beradi. Avvaldan mavjud bo`lgan yoki birlamchi nom jarayonlari hozirgi tillarda juda kam uchraydigan hodisa: tilning nominative boyligi, asosan, o`zlashmalar va ikkilamchi nomlar hisobiga - nom jarayonida olinadigan mavjud bo`lgan birlikning fonetik shaklidan yangi ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida foydalanish hisobiga boyib bormoqda. Birlamchi nom natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlabki nom tarzida idrok qilinadi (masalan, suv,tog`, ichmoq, qora kabi). Bunday nomlarning yasama ekanligi faqat etmologjk yoki tarixiy tahlil orqaligina aniqlanishi mumkin. Ikkilamchi nom natijalari esa morfologik tarkibi yoki ma`nosiga ko`ra, yasama nom sifatida idrok qilinadi. Tulda tasviriy vositalar, perifaza va ideomalarning hosil bo`lishi ikkilamchi nomning alohida holatidir. Tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga mos keladigan va muayyan til vakillari ehtiyojlariga javob bera oladigan nomlar, odatda, umumes`timoldagi lug`at tarkibidan o`rin oladi. Lekin mahsus terminologik tushunchalar uchun yaratilgan yoki tor ijtimoiy guruhlar doirasida (jargonlar), shuningdek, alohida muallif tomonidan so` z qo`llashda paydo bo`ladigan nomlar haqida bunday deb bo`lmaydi. Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling