O`zbek tilida antroponimlar


-§. Antropoindikatorlarning semantik-uslubiy xususiyatlari


Download 279 Kb.
bet10/11
Sana28.12.2022
Hajmi279 Kb.
#1069916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`zbek tilida antroponimlar

4-§. Antropoindikatorlarning semantik-uslubiy xususiyatlari

Indikator (lot. ko`rsatgich) lar antroponimlarni til lug`at boyligi tizimida o`ziga xos alohida bir tizimga birlashtiruvchi vositalardir. Jumladan, antropoindikatorlar antroponimlarni alohida bir tizmga ajratib oladi. Chunonchi: G.Nematova [6], [5] o`quvchilarga quyidagi testlarni bergan edi:


Qaysi qatordagi qo`shimchalar Lola atoqli otiga qo`shiladi?
A–cha, -zor, -xon;
B –xon, -jon, -oy;
C–li, siz, -jon;
D–hoq, -ser, -niso;
Tesda to`g`ri javob “B” bo`lib, faqat -xon, -jon, -oy affiksoidalari antroponimlar bilan oladi. Bundan ko`rinib turibdiki, 6-sinf o`quvchilari indikator orqali antroponimlarni appelyativ leksikadan farqlay olish qobiliyatiga ega.
O`zbek tilshunosligida toponimlik indikatorlar haqida [ 31; 71] alohida maqola e`lon qilinganyu Ammo antroponimik indikator haqida biror fikr uchratmadik. Antropoindikator atamasi (termini) biroz munozarali bulishi mumkin. Ammo kishi ismlar tarkibi kelib, uni biror jihatdan xarakterlab, konnotativ ma`no ifodalaydigan (112) ayrim suz yoki affiksoidlarni shunday atama bilan atash maqsadga muvofiq deb uylaymiz. Antropoindikatorlar ko`pincha atoqli otga qushilib kelishi, atash xususiyatiga ega bulmasligi va boshqa bir xil xususiyatlari bilan laqablardan farq qiladi. Xar bir indikatorni qabul qilgan antroponim shu indikator uchun mikrotekst vazifasini bajaradi.
Antroponimik indikatorlar mohiyatan ikki xildir:
a) ichki indikatorlar;
b) tashqi indikatorlar.
Ichki indikatorlar deganda, antroponim uzining antroponim ekanligini uz-uzidan kursatib turishi nazarda tutiladi. Chunonchi, yozuvda antroponimlarning bosh harf bilan yozilishi, antroponimlarning ma`lum bir qurshovlarda uchrashi (Temur keldi), nutqiy qurshovlarda uzining ma`nosiga kura antroponimlarning qanday ichki guruhlarga xos ekanligini kursatib turishi (Guzal, Ra`no – ayollar ismi) va h.k.
Tashqi indikatorlar turli xil qushimcha affiksoid va ma`no umumlashgan suzlar bulib, ular kupincha antroponimlar bilan birika oladi.
Antropoindikatorlar antroponimlarni ichki tarkibiy qismlarini, ichki tizimchalarini ajratishda va belgilashda eng muhim omildir. Chunki antropoindikatorlarning uzi bir necha guruhlarga ajraladi:
Ayol ismiga xos antropoindikator.
Erkaklar ismiga xos antropoindikator.
Ayol va erkak ismiga qushilishiga kura betaraf bulgan antropoindikator.
Ayollar ismiga qushilib ishlatiladigan antropoindikator. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, indikatorlarning deyarli barchasi ingerent konnativ ma`noga ega. Bunday ma`no ayrim suz va affiksoidlarning mag`ziga joylashgan bulib, uzi birikib kelayotgan ismga turli xil qushimcha ma`nolarni kiritishga xizmat qiladi. Bunday qushimcha ma`nolar sirasiga kichraytish, sevish, erkalash,hurmat, iltifot, mehribonlik, yaqinlik kabi qator ijobiy baho hamda kamsitish, masxaralash, past nazar bilan qarash kabi salbiy baho ma`nolarini kiritish mumkin. Bu haqda Ya.Gremm shunday yozadi: “Erkalatish formalari faqatgina kamchilik ma`nosini emas, balki iltifot, mehribonlik, erkalatish ma`nolarini ham ifodalaydi. Shuning uchun ham biz kichraytish formalarini ulug`, muqaddas, hatto, dahshatli predmetlarga ham ularga yaqinlashish, uning muruvvatini, iltifotini qozonmoq uchun qushamiz” (sitata R. Qung`urovning (115) kitobidan olindi).
Darhaqiqat, bizning doimiy mehribonligimiz, muruvvat va hurmatimizga sazovor bulgan xotin-qizlarimiz ismlariga qushilishi lozim bulgan antropoindikatorlar: -oy, -oyim, -beka, -bibi, -bibim, - suluv, -begim, -gul, -pari kabilar Ergash Jumanbulbul dostonlarida kuplab uchraydi. Bunday indikatorlar uzi birikib kelgan atoqli ot tarkibida mustaqil suz sifatida qaralmaydi. Chunki u, asosan, usha negiz orqali ifodalangan ma`noga erkalatish ottenkasini kiritadi. Suzlovchi yoki yozuvchi bu elementlar vositasida uzining sub`ektiv munosabatini ifodalaydi. Bunday antropoindikatorlar vazifasida kelgan suzlarning ma`nosida ma`lum bir konnotativ ma`no (ingerent konnotasiya) ottenkasi movjud. Bu konnotativ ma`no ushbu suz alohida olinganida ham yaqqol sezilib turadi.
Inson uzi uchun eng yoqimli, eng guzal, ma`qul deb hisoblagan narsa va tushunchalarning kishilarga nisbatan ishlatilishi ham betaraf qiymatli suzlarining ekspressiv ottenka qabul qilishi va suzlovchining ob`ektga munosabatini kursatishi mumkin. Masalan, pari, sanam, guzal, poshsho, gul kabi suzlar alohida mustaqil holatda, ba`zan esa kishilarga nisbatan metaforik epitet, indikator vazifasi tarzida ishlatilib, sub`ektning ijobiy munosabatini ifodalashi mumkin:
Jon dustim, Nug`aydir uynagan joyim,
Sabil bulib qoldi tilla saroyim,
Izlab keldim Xolbekaday sanamni,
Yurtingda bormikan Xolbeka oyim? (99, 184).

-oy, -bika, -bibi, -poshsho, -pari, -bonu, -niso, -gul kabi suz affiksoidlar faqat ayollar ismlariga qushilib, ajratuvchi belgi (A.G`ulomov) sifatida keladi. Ularda erkalash, suyish, ulug`lash ma`nosi kuchli ifodalanadi.


-oy affiksoidi uzbek tilida xotin-qizlarni oyga nisbat berish asosida hosil bulgan: Ravshanbek qarasa, zulxumorning kamoli, oyday jamoli, oq yuzida xoli, yangi tulgan oyday ikki qoshi hiloli (100, 427) yoki
Quloq solgin oy Misqolning suziga,
Jimma-jimma yoshi tulgan kuziga,
Iqbol bersin bek Ravshanday quziga,
Qichab etsin, Hasan bulsin bearmon (100, 516).

Ismlardagi -oy affiksoidi uxshatish, chiroylilik semasi bilan bog`liq konnotativ ma`noli indikatordir. Dostonlarda Oftob ismi Oftoboy, Zulxumor ismi Oyxumor, Xumoroy, Zulxumoroy, Qaldirg`och ismi Qaldirg`ochoy kurinishlarida uchraydi. Bu indikator kishi ismidan oldin ham, kishi ismidan keyin ham qullanganini kurish mumkin. Ba`zan -oy affiksoidi kishi ismining tarkibiy qismi bulib, qushma ism hosil qiladi: Baxiloy, Oysuluv, Oydona, Zaydinoy kabilar. Baxiloy degan pari har haftada, un kunda kelib, Qaldirg`achoy bilan gaplashib ketar edi (99, 79). Yoki


Sensiz Xumoroyga davron haromdir,


Sen bulganda Xumoroyga ne g`amdi?
Sen bilan edi ayshu mudomim,
Ming marta xumoring rozi bulgandi,
Zindonning ichida turam bormisan? (100, 492).

-oy indikatori ayollar ismi tarkibida erkalatish ma`nosida -niso, -xon, -bika, -bibi elementlari bilan sinonimlik hosil qiladi:


Opkel degan, meni otam buyurgan,


Shu vaqtda na mardlar Chambil yig`ilgan,
ymon etsang olib ketay Chambilga,
Bulmasa ulasan aniq, Dallixon (100, 119).
Dostonlarda -oy affiksoidi kengayib, -oyim shaklida ham uchraydi:

Jon dustim, Nug`aydir uynagan joyim,


Sabil bulib qoldi tilla saroyim,
Izlab keldim Xolbekaday sanamni,
Yurtingda bormikan Xolbeka oyim? (99, 184).
Yoki:
Kanizlari kaptarday bup,
Girdin olib yig`ilgandi,
Parizodday Qunduz oyim,
Og`ir libos kiygandi (102, 311).

Bunday vaqtda ulug`lash, ehtirom ma`nolari yanada burttirilganligi kurinadi.


“Oyim” suzi yakka holda matnda personaj ismi urnida ishlatiladi. Bu hol muhim uslubiy ahamiyatga ega bulib, tasvirda bir ismning takror-takror qullashdan xalos qiladi:

Yig`lab oyim junadi,


Sallonib oyim junadi (102, 311).
(Bu urinda gap “Qunduz bilan Yulduz” dostonidagi Qunduzoyim haqida bormoqda).
-beka affiksoidi dostonlarda kishi ismining tarkibiy qismi bulib kelgan, bunday hollarda indikator hisoblanmaydi:
Xolbeka qizlar qorasi,
Menman qizlar sarasi (99, 194).
-bibi, -biyi, -biy kabilar atoqli otlar tarkibida hurmat, izzat qilish kabi qushimcha ma`no ottenkalarini ifodalaydi. Bunday affiksoidlar Ergash Jumanbulbul dostonlarida kishi ismlariga qushilib ishlatilishi hodisasi uchramaydi.
-bonu, -niso, -gul indikatorlari sub`ektiv baho ottenkasini ifodalaydi. Atoqli otlarning tarkibida erkalash ma`nosini beradi:

Ichki kuylaging kiyingchi,


Toblab zulfingni tuyingchi,
Bir munosib yoring keldi,
Zamongul, bergin suyunchi (99, 191).
... mening Zamongul jonim ham tuladan kegan, iylab tashlagan puladan kegan...
-bonu, -niso, -gul, pari kabilar atoqli otlarga qushilib, uzi birikkan ismlarga singib ketsa, erkalatish ma`nosi yuqoladi: Avazxonga Gulqiz degan bir barno suluv olib berib, uyini tushirib berib, davrini surib yuraverdi, yoki Gurug`libek quvonib, suyunib bunga ham tuylar qilib, otini Gulanor quydi (100, 362).
Gul, komponentli ismlarni odatda yangi tug`ilgan chaqaloqni ota-onalar kupincha gulga nisbat berib, gul kabi pokiza, nafis, toza, chiroyli bulishini istab quyadilar. Shu sababli “gul” suzi vositasida yasalgan xotin-qiz ismlari kup uchraydi. Ergash Jumanbulbul dostonlarida bunday “gul” unsurli ismlar (9ta): Bahragul, Gulxadicha, Gulasal, Gulqiz, Zamongul, Guloyim, Tutigul, Gulanor, Gulnor kabilar.
Shunday qilib, Ergash Jumanbulbul dostonlaridagi xotin-qizlar ismiga biriktirib quyilgan turli affiksoid va tavsifiy elementlar shu personajga bulgan sub`ektiv munosabatni kursatuvchi muhim uslubiy vosita bulib kelgan. Bu uslubiy vositalar urni bilan personajga muallif munosabati, urni bilan personajga personaj munosabatini ifodalagan. Keyingi holatda esa personajning ichki hissiyoti tulqinlanishi, ruhiy kechinmalari yorqin aks ettirilganligini kurish mumkin.
2. Erkak ismlariga xos antropoindikatorlar.
Bunday indikatorlardan Ergash Jumanbulbul ug`li dostonlarida quyidagilar uchraydi -bek, -boy, -shoh, -xon, -qul, -xuja, -zur, vallomat, -shunqor, -sher, -arslon, -poshsho, -mahram, -mirzo, -botir. Bu indikatorlar dostondagi obrazlar xarakter va xususiyatini ochishda ularning odatlari xatti-harakatlarini baholashda muhim uslubiy vosita bulib xizmat qilgan. Yuqorida qayt qilingan indikatorlardan -boy, -bek, -shoh, -xuja, -xon, -qul kabilar aslida kishilarning urtasidagi amal va ijtimoiy urin munosabati bilan bog`liq bulgan farqlarni kursatish uchun ishlatilgan. Shu ma`noda hozirgi uzbek tili nuqtai nazaridan bular “ulik” holatga kelgan va istorizmga utgan (116, 186).
-boy, -bek, -shoh, -xuja, -xon, -qul kabi elementlar ikki xususiyatga ega: 1) ism tarkibida qotganlik; 2) forma yasovchilik. Ism tarkibida qotganlik holatida kelganida emosional-ekspressivlikka ega bulmaydi. Dostonlarda bunday ismlarga quyidagilar misol bula oladi: Turaqul, Juraqul, Qoraxon, Bektosh, Xisravshoh, Bulakboy, Tulakboy, Mingboy, Dingboy, Saraqul, Muminboy, Jomg`irboy, Tolg`irboy, Yortiboy, Qanorboy, Jayraboy kabilar.
Yuqorida eslatilgan elementlar forma yasovchi bulib kelganda, uslubiy vazifa bajaradi. Bunda ular ma`lum bir personajlarning asl yoki tub nomiga muallif yoki boshqa personajlar tomonidan qushimcha qushilib, erkalash, suyish, hurmat kabi ma`nolarni ifodalaydi:
Hamma qoyil Hasanxonday bolaga,
(Yer ho`l bular kuklam yomg`ir jalaga),
Gurug`lining bu suzlarin eshitib,
Soqi chol chiqardi G`irni dalaga (100, 24).

Huyt deb Shodmonbek bosib chiqadi.


Shodmonbekning kungli usib chiqadi.
Tarafkashlik, ular kup-da, bu bitta.
Qizilbosh kukayin kesib chiqadi (103,24).

-boy affiksoidi dostonlarda kupincha hurmat manosida qullanganligini kuramiz:


Gurkirab arzimni eshit, uylagin,
Davlat bersa gulday bulib jaynagin,
Men bilmayman, Gurki, aslizotimni,
Agar bilsang menga bayon aylagin.

Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling