O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
-topshiriq. Berilgan matnni o‗qing va mazmunini bir gap bilan ifodalang. AVVAL TINGLASHNI O„RGAN
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
1-topshiriq. Berilgan matnni o‗qing va mazmunini bir gap bilan ifodalang.
AVVAL TINGLASHNI O„RGAN Tinglash kishidan sabr-qanoatni, chidam-bardoshni va o„ziga xos odob-axloqni talab etadigan xislatdir. Bir kuni qadimgi yunon faylasufi Arastuning oldiga juda ham sergap yosh yigit kelib unga notiqlik san‟atini o„rgatishni iltimos qilibdi. U dabdabali so„zlarni izhor etgandan so„ng Arastudan o„qish uchun qancha haq to„lashini so„rabdi. Sendan boshqalarga qaraganda ikki barobar ko„proq haq olinadi,– qovog„ini solib javob beribdi faylasuf. –Nima uchun? –hayron bo„libdi yigit. Chunki sen bilan ikki barobar ishlashga to„g„ri keladi: senga so„zlashni o„rgatishdan avval jim turishni o„rgatishim lozim... topshiriq. Berilgan matn tarkibidagi har bir so‗zni ma‘nosi shu so‗zga teng keladigan boshqa shakl bilan almashtirib matnni qayta shakllantiring. O„quvchilar bu kabi topshiriqlarni bajarishda kichik guruhchalarda jamoa bo„lib ishlaganlari ma‟qul. Kichik guruhchalarda ishlaganda o„quvchilar o„zaro fikrlashadilar, bahslashadilar, o„rni kelganda o„z fikrlarini hioya qilishni o„rganadilar. Yuqorida berilgan matn o„quvchi tomonidan qayta ―yaratiladi”. Bu, taxminan, shunday bo„ladi: DASTLAB ESHITISHNI BIL Eshitish odamdan toqat-irodani, qat‘iyat-matonatni hamda alohida adab-tarbiyani taqozo qiladigan jihatdir. Kunlarning birida grek donishmandi Aristotelning yoniga o‗ta gapdon navqiron kishi 233 tashrif buyurib, o‗ziga so‗zlash mahoratidan saboq berishini o‗tinib so‗rabdi. Gapdon odam balandparvoz kalomlarni aytgandan keyin Aristoteldan saboq uchun necha pul berishi zarurligini bilmoqchi bo‗libdi. –O‗zingdan atrofingdagilarga nisbatan ikki hissa ortiqroq mablag‗ undiriladi, –qoshlarini chimirib javob aytibdi donishmand. –Nega ?–lol qolibdi yigit. –Sababi, o‗zing bilan ikki hissa ko‗proq mehnat qilish zarur bo‗ladi: mahmadonaga gapirishni o‗qitishdan oldin tinglashni anglatishim zarur... O„quvchilar topshiriqni bajarish davomida o„qituvchiga ba‟zi so„zlarning (masalan, Arastu, dabdabali...) muqobili xususida murojaat etishlari mumkin. Shunday paytlarda o„qituvchi, masalan, Yevropa xalqlari Arastuni Aristotel deb atashlarini yoki ko„chma ma‟nodagi dabdabali so„zining ma‟nodoshlari sifatida lug„atlarda balandparvoz, hashamdor, havoyi, quruq, jimjimador, bejama kabilar berilganligi, o„quvchi ulardan aynan shu matnga mosini tanlab olishi zarurligini bildirib turishi mumkin. topshiriq. Berilgan matn mazmuni xususida xulosa chiqaring. Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so„zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim yoki Haqiqiy gapdonlik– kerakli hamma gapni aytish va keragidan ziyod hech narsa demaslikdir. topshiriq. Berilgan so‗zlardan ma‘nodoshlik qatorlarini hosil qiling va shu qatordagi so‗zlardan qaysi biri eng ko‗p ishlatilishini aniqlang. Sаrа, аsаr, аvvаldan, аsorаt, nishon, iz, аsos, аsil, g„аmxo„r, boshdan, sof, bаxt, hаmdаrd, sаrxil, burundan, qаdimdan, tаyanch, tozа, iqbol, bаzа, tole, dаrdkаsh, negiz, sаodаt, ilgаridan, poydevor, аzаldan... O„quvchilar topshiriqni bajarish davomida quyidagi 6ta sinonimk qatorni yuzaga keltirishlari zarur: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling