Adabiy til va uning me’yorlari haqidagi gaplar nutq madaniyati masalasiga bevosita borib taqaladi. Nutq madaniyati adabiy tilning me’yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda foydalanish layoqati darajasi demakdir. Bu layoqat darajasi har kimda har xil namoyon bo’ladi (uning kasb-kori, ma’lumoti, madaniyligi darajasiga qarab). Nutq madaniyati keng tushuncha bo’lib, shaxsning atrofdagilarga muomalasi, madaniyati ham, yozma va og’zaki nutqining barcha ko’rinishlari ham shu tushuncha doirasiga kiradi - Adabiy til va uning me’yorlari haqidagi gaplar nutq madaniyati masalasiga bevosita borib taqaladi. Nutq madaniyati adabiy tilning me’yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda foydalanish layoqati darajasi demakdir. Bu layoqat darajasi har kimda har xil namoyon bo’ladi (uning kasb-kori, ma’lumoti, madaniyligi darajasiga qarab). Nutq madaniyati keng tushuncha bo’lib, shaxsning atrofdagilarga muomalasi, madaniyati ham, yozma va og’zaki nutqining barcha ko’rinishlari ham shu tushuncha doirasiga kiradi
- Nutq madaniyati adabiy til rivojining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri;
- Nutq madaniyati bu adabiy til me’yorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo‘lgan faoliyat, ya’ni til rivojiga ongli aralashuvdir;
- Nutq madaniyati tilni, uning qonun-qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahoratidir; (A.Gurachyov va boshq).
- Nutq madaniyati kishilarni o‘zaro to‘liq va teran fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir; (B.N.Golovin va boshq).
- Nutq madaniyati faqat to‘g‘ri nutqqina emas, o‘quvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir; (G.O.Vinokur).
- Nutq madaniyati til vositalaridan o‘rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so‘zlash va yoza olish san’atidir; (A.N.Efimov).
- Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir; (D.E.Rozental).
- Milliy, o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir. (M.Agofanova).
Do'stlaringiz bilan baham: |