O‘zbek tilining izohli lug‘ati


Semantika va semasiologiyaga ta’rif bering. O‘zaro qiyoslang, farqli jihatlarini yoriting


Download 251.86 Kb.
bet19/22
Sana24.12.2022
Hajmi251.86 Kb.
#1053057
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Semaaiologiya shpargalka

23.Semantika va semasiologiyaga ta’rif bering. O‘zaro qiyoslang, farqli jihatlarini yoriting.


Semantika (yun. semantikos — bildiruvchi, ifodalovchi) — 1) til yoki uning bironbir birligi (soʻz, soʻzning grammatik shakli, frazeologizm, soʻz birikmasi, fan) orqali ifodalanadigan butun mazmun, maʼno, axborot; 2) turli til birliklarining maʼnoviy tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi; semasiologiya. Ayrim lugaviy unsurlar tushunchalarni bildiradi, bu tushunchalarni esa faqat toʻliq gaplar va ularning qoʻshilmalari ifodalashi mumkin. Binobarin, S.ning oʻrganish obʼyekti ham, asosan, toʻliq, mustaqil maʼnoli soʻzlar va gaplarning maʼnolar tizimidir. S. fan sifatida 19-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlagan va hozirgacha bir-biridan sifat jihatidan farqlanuvchi bir necha bosqichni oʻtgan.Semantika axborot texnologiyalarda ham qo'llaniladi.[
Semasiologiya (yunoncha: semasia — maʼno, mazmun va ... logiya) — 1) tilning, til birliklarining hissiy idrok qilinadigan tomoniga, tovush, akustik yoki grafik koʻrinishiga qarshi qoʻyiladigan maʼnoviy tomonini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi. S. nafaqat alohida olingan leksik unsurlar — morfema va soʻzlarning, balki grammatik unsurlar — soʻz shakllari, grammatik morfemalarning ham semantikaati oʻrganadi. Jahondagi barcha tillarni parallel oʻrganishda til va tafakkur munosabati muammosini oʻrganuvchi umumiy S. kerak boʻladi; 2) leksik unsurlar — morfema va soʻzlarning semantik mazmuni haqidagi fan, shu maʼnoda, asosan, leksikologiya bilan muvofiq keladi. Ayrim olimlar S.ni leksik unsurlarning maʼnoviy oʻzgarishlari (maʼno taraqqiyoti) haqidagi taʼlimot bilan — ichki (affikssiz) soʻz yasalishi bilan chegaralab qoʻyadilar. Bu holatda S, etimologiya singari, leksikologiya bilan chambarchas bogʻliq boʻladi va soʻzlarning Kuchma maʼnolari, shakl va maʼno munosabatiga koʻra turlari (omonimlar, sinonimlar, antonimlar, paronimlar) S.ning tadqiqot obʼyekti boʻlib hisoblanadi.
24.Semasiologiya bilan maxsus shug‘ullangan o‘zbek tilshunoslari va ularning ishlari (monografiya, o‘quv qo‘llanma) nomini aniq keltiring. (eng kami 4 ta)


D.Bozorova Kishi muchasi nomlariga bagʻishlangan
Abduraxmonovning Koʻlam sifatlariga bagʻishlangan
R.Yunusovning oʻrin bildiruvchi otlarga bagʻishlangan
T.Musayevning sezgi bildiruvchi fe'llarga bagʻishlangan nomzodlik ishlari
Qoʻchqortoyevning nutq fe'llariga bagʻishlangan doktorlik dissertatsiyasi
25.Semema va semalarni misol asosida tushuntiring.



Download 251.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling