O‘zbek tilining izohli lug‘ati


Download 251.86 Kb.
bet1/22
Sana24.12.2022
Hajmi251.86 Kb.
#1053057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Semaaiologiya shpargalka


OMAD YOR BO'LSIN AZIZ KURSDOSHIM


1.“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning necha turdagi nashri mavjud. Ularni o‘zaro qiyoslang: qachon va qayerda nashr etilgan; necha qismdan iborat; qancha so‘z bor...

ʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)


1981-yil chop etilgan oʻzbek tilining ikki jildli izohli lugʻati
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Oʻzbek tilining izohli lugʻati (maʼnolari).
„Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ — oʻzbek tilining ikki jildli izohli lugʻati. Bu lugʻat shu kungacha chiqarilgan eng keng koʻlamli oʻzbekcha izohli lugʻatlardan biridir. Uning chop etilishi oʻzbek lugʻatchiligi tarixida yangi bosqichni boshlab bergan. Lugʻat 1981-yil chop etilgan va kirill alifbosida yozilgan.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati


Dictionary of the Uzbek Language (1981) title page.JPG
„Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ I jildining titul beti
Asl nomi
Ўзбек тилининг изоҳли луғати
Janr
Izohli lugʻat
Til
oʻzbekcha
Nashriyot
„Rus tili“
Nashr etilgan sanasi
1981
Sahifalar soni
632 (I jild)
715 (II jild)
Bosh muharrirlar
Zokir Maʼrufov

Lugʻatga hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng qoʻllaniladigan 60 000 soʻz va soʻz birikmalar, fan, texnika, sanʼat sohalariga oid atamalar, shevaga oid va eskicha soʻzlar kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarning qoʻllanilishi oʻzbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan.

Lugʻat Zokir Maʼrufov tahriri ostida tayyorlangan. 2006-2008-yillarda „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“dagi materiallardan foydalanib yangi besh jildli lugʻat chop etildi.

Lugʻat oʻzbek tilining ilk izohli lugʻatidir. Lugʻatni tuzish uchun 1959-yil chop etilgan „Oʻzbekcha-ruscha lugʻat“ bevosita asos boʻlgan. Lugʻatga oʻzbek tilining barcha soʻz boyligi emas, balki Ulugʻ Oktabr sotsialistik revolutsiasidan keyingi davrda rivoj topgan hozirgi zamon oʻzbek tilining keng qoʻllaniladigan soʻzlari kiritilgan.

Lugʻat oʻzbek tilining normativ lugʻati boʻlib, unda adabiy tilning imlo, talaffuz, soʻz yasash va ishlatish normalari tavsiya etilgan. Lugʻatda har bir soʻzning qabul qilingan yozilish shakli, kelib chiqishi, zarur hollarda, talaffuzi berilgan, maʼnosi (yoki maʼnolari) aniqlangan va izohlangan, soʻzlarning aniqlangan maʼnolari va shu maʼnolarda toʻgʻri qoʻllanilishi oʻzbek badiiy adabiyoti va matbuotidan olingan misollar, iqtiboslar bilan tasdiqlangan.[1]

„Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ning chop etilishi oʻzbek lugʻatchiligi tarixida yangi bosqichni boshlab bergan. 2006-2008-yillarda chop etilgan besh jildli izohli lugʻatni tayyorlashda 1981-yilgi lugʻat materiallaridan foydalanilgan.[2]

Dastlabki tahrir jarayonida lugʻatga kirgan ayrim harf qoʻl yozmalari (masalan, Е, Ё, П, У, Ў, Ғ, Ҳ) toʻldirilgan yoki qayta ishlangan. Lugʻatda berilgan soʻzlarning kelib chiqishi – manbaiga doir maʼlumotlarni lugʻat boʻlimining katta ilmiy xodimi G. N. Mixaylov tayyorlagan. Lugʻatga kiritilgan soʻz birikmalari, maqola, matal va idiomatik iboralarning lugʻat maqolalarida oʻzaro muvofiqligini lugʻat boʻlimining katta ilmiy xodimi T. Aliqulov tekshirib chiqqan.

Lugʻat qoʻl yozmasining leksigorafik tahririni boʻlimning katta ilmiy xodimi N. A. Alhamova qilgan. Lugʻatda ilmiy atamalarga berilgan izohlarning toʻgʻriligini va aniqligini taʼminlash uchun zoologiyaga oid atamalar izohini OʻzSSR Fanlar akademiyasining akademigi Tesha Zohidov, botanikaga oid atamalarni akademik Qodir Zokirov, ijtimoiy-siyosiy atamalarga oid lugʻat maqolalarini OʻzSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, falsafa fanlari doktori Muzaffar Xayrullayevlar koʻrib chiqqan.

Lugʻatning ayrim haflarini OʻzSSR Fanlar akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori professor Shonazar Shoabdurahmonov, filologiya fanlari doktorlari professor Hodi Zarifov, professor Fattoh Abdullayev, falsafa fanlari doktori professor Qoʻchqor Xonazarov, respublikada xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari nomzodi O. U. Usmonovlar koʻrib chiqqan.

Lugʻat qoʻl yozmasi, barcha fikr-mulohazalar hisobga olinib, lugʻat bosh muharriri OʻzSSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti lugʻat boʻlimining mudiri Zokir Maʼrufov tomonidan soʻnggi marta tahrir qilinganidan keyin „Sovet ensiklopediyasi“ nashriyotiining SSSR xalqlari lugʻatlari redaksiyasiga topshirilgan. „Sovet ensiklopediyasi“ keyinroq „Rus tili“ nashriga kiritilgan. Nashriyotda lugʻat tahrirdan oʻtkazilgan.[1]




Download 251.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling