O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi


mutolaa qilish va tez o ‘qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati - matndan zarur axborotlarni olishdan iborat


Download 1.47 Mb.
bet61/68
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1556119
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor

mutolaa qilish va tez o ‘qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati - matndan zarur axborotlarni olishdan iborat.
Mutolaa turlari
Mazmunga kirib borish darajasiga ko‘ra mutolaa quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • ko‘z yugurtirib chiqish - umumiy taassurot olish uchun;

  • matn bilan tanishib chiqish - umumiy mazmunni bilib olish uchun;

  • o‘rganuvchi mutolaa - mavjud ma’noning eng ko‘p hajmini o‘zlashtirish uchun.

Matn bilan tanishib chiqish va o‘rganishdan oldin odatda kitobga ko‘z yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari, asar muallif bilan tanishib olish uchun shunday qilinadi.
Ko‘z yugurtirib chiqishda odatda kitobning titul varag‘i, mundarijasi, annotatsiya, matndagi ayrim parchalar va gaplar bilan tanishib olinadi. Ana shu axborotning o‘zi ushbu manbaning qanchalik zarur bo‘lishini belgilashga yordam beradi.
Matn bilan tanishib (tanlangan joylarni o‘qish) bir necha manbalardan ayrim masalalarni ajratib olish, shuningdek mazkur masala bo‘yicha o‘zining nuqtai nazarini hosil qilish maqsadida olingan axborotlarni qiyoslash va solishtirish uchun qo‘llaniladi.
O‘rganish uchun mutolaa - mutolaaning faol turi. O‘quvchi tomonidan asarni diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz to‘xtalib va axborotlarni mushohadadan o‘tkazib o‘qish hollarida bunday tur ishlatiladi.
O‘rganish uchun mutolaa matndagi asosiy mazmunni, uning maqsadini o‘zlashtirish, dalillar mantiqini anglab olish, oldingizga qo‘ygan savollarga javob topishga qaratilgan.
Mutolaaning bu turi materialni o‘rganishda uni paragraflar, boblar, qismlar bo‘yicha izchil o‘qib chiqishni talab qiladi, matn haqida o‘z fikringizni hosil qilishga undaydi, axborotlarni tanqidiy nuqtai nazardan idrok etish malakasini shakllantiradi.
Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish qoidalari

  1. Mutolaa g‘oyat jiddiy va sermulohazali bo‘lishi kerak.

  2. Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilishda:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling