O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi


Referatning o ‘ziga xosligi


Download 1.47 Mb.
bet64/68
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1556119
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor

Referatning o ‘ziga xosligi:

Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o‘zlashtirib olishdan iborat bo‘lib qolmasligi, ya’ni ko‘chirmachilik va kompilyatsiya mahsuli bo‘lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo'lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.
Annotatsiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotatsiya boshlang‘ich hujjatda so‘z boradigan savolga javob beradi. Annotatsiya turlari
Mazmuni va maqsadli vazifasi bo‘yicha:

  • bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi);

  • tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan tavsifini va bahosini beradi).

Mazmunni to‘liq qamrab olishi bo‘yicha:

  • umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi);

  • ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan jihatlardagi tavsifini beradi);

  • guruhli (mavzui bo‘yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi).

Annotatsiya tuzilmasi

  1. Bibliografik bayon: F.I.Oi. Asar nomi.- Nashriyot - yil - № - bet.

  2. Annotatsiya matni: Matn tipi va vazifasi haqidagi ma’lumotlar; muallif qo‘ygan vazifalar; uslublar; annotatsiya qilinayotgan asar tuzilmasi bayoni; predmeti va mavzui, matnning asosiy qoidalari.

Annotatsiya matni standartlashtirilmagan!
Annotatsiyani tuzishga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. Kompozitsiyasi mazmunan mantiqiy bo‘ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi mumkin.

  2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotatsiya tusiga bog‘liq bo‘ladi.

  3. Tili lo‘ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.

  4. Dissertatsiya, maqolaga annotatsiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.

  5. O‘rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda - 800 - 1000.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling