O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi
o ‘qib chiqilgan matnni tahlil etish kerak
Download 1.47 Mb.
|
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor
o ‘qib chiqilgan matnni tahlil etish kerak;
notanish atamalar va tushunchalar ma ’nosini bilib olish lozim, o ‘zingizga ahamiyatli bo ‘lgan savollarga javob izlash zarur; axborotlarni markirovkalash - belgilar qo ‘yish kerak. Sizning ilmiy ishingizda asqotadigan joylarini: qiziqarli fikrlar, faktlar, raqamlar, har xil nuqtai nazarlarni ko‘chirib olish lozim. O‘qib chiqqandan keyin olingan axborotlami ularga tanqidiy nuqtai nazardan, shuningdek sizning tadqiqotingiz uchun ahamiyatini hisobga olib yondashgan holda baholash. KITOBNING TARKIBIY TUZILISHI Kitob bilan ishlash mahorati ko‘p jihatdan kitobning tuzilmaviy elementlarining rolini bilish va tushunishga, kitobni o‘qib chiqishdan oldin undan zarur axborotni ola bilishga bog‘liqdir. Sarlavha: ilmiy adabiyotda mavzuni bildiradi. Annotatsiya: titul varag‘ining orqasida joylashadi; mazmunning qisqacha tavsifi va kimga mo‘ljallanishini anglatadi. Mundarija: mavzu bayonining rejasi, kitobning ko‘rsatkichi. So‘zboshi: muallif qo‘ygan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta nashrning zaruratini asoslaydi. So‘ngso‘z (xotima): yakun, qisqacha xulosalar. Bildirgichli tuzilma: tushuntirilishi lozim bo‘lgan tushunchalar, atamalar, faktlar va shu kabilarga izohlar. Axborotlarni yozma shaklda yetkazish REJA Reja - eng qisqa yozuv: fikr bayonining izchilligini aks ettiradi va umumlashtiradi; matnning mazmunini ochib beradi; manbaning mazmunini xotirada qayta tiklaydi; konspekt va tezislar o‘rnini bosadi; har xil yozuvlarni (ma’ruza, axborot, hisobot) tuzishga yordam beradi; bajarilgan yozuvni yaxshilaydi; o‘zini o‘zi nazorat qilishni tezlashtiradi; e’tiborni jamlaydi; yaxshi tanish bo‘lgan matnni xotirada jonlantirish uchun ishlatiladi. Rejaning turi va tuzilmasi Oddiy: Asosiy bandlardan tashkil topadi. ... ... ... va boshqalar Murakkab: Asosiy bandlardan tashqari, mazmunni aniqlashtiradigan va detallashtiradigan kichik bandlarni ham o‘z ichiga oladi. ... 1.1. ... 1.2. ... ... 2.1.. va boshqalar. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling